ta’sir etishi mumkin. Bunday holda yuklarni vaqt mobaynida qanday taqsimlanishi ahamiyatga ega bo'lmaydi. Agar yukning ta’sir etish vaqti ( г ) 0,1 T dan kichik bolsa, u holda ta’sir impulsining qiymati quyidagi formuladan topiladi: I = \P{t)dt li
3.2. Yig‘iq va yoyiq statik yuklarni o‘rnatish usullari Sinashlar jarayonida obyektni yuklash uchun donali og'ir narsalar; sochiluvchan materiallar; suv to'ldirilgan idishlar; pnevmatik yostiqlar; gidravlik va vintik domkratlardan foydalaniladi. Donali og'ir narsalar sifatida qadoqtoshlar, metall quymalar, beton va temirbeton bloklar ishlatiladi, bular sinashdan ilgari tortiladi va belgi qo'yiladi. Zo'riqishlar uyg'otish maqsadida tal, polispast va lebyodkalardan ham foydalaniladi. Tashqi ta’sirlarga qo'yiladigan asosiy talab ularning vaqt davomida barqarorligi va miqdorlarini aniq nazorat qilish imkoniyati mavjudligidan iborat. Modellar va material namunalarini laboratoriya sharoitida sinashda standart presslardan va sinash t mashinalaridan foydalaniladi. Sinash mashinalari ikki xil bo'ladi: deformatsiya vujudga keltiruvchi bikir yuklovchi mashinalar va kuchlar o'zgarish qonunini belgilovchi yumshoq yuklovchi mashinalar. Keyingi xili ma’qul sanaladi. Og'irliklarni osib qo'yish yig'iq kuchlar hosil qilishning eng soda usuli hisoblanadi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, osma yuklar ta’siri sinalayotgan konstruksiyaning solqiligiga bog'liq emas. Biroq bu usul ko'p mehnat talab etadi. Misollar keltiramiz. 3.3-rasmda yig'iq yuklarni ferma (1) ning pastki poyasiga osmalar (2) orqali osib qo'yilgani aks ettirilgan. Yuk maydonchasi