Gidravlik usul siqilgan suyuqlik eneigiyasidan foydalanishga asoslanadi. Pnevmatik usulda esa siqilgan gaz energiyasidan foydalaniladi. Elektrik usullar tsiklik tebranishlar hosil qilishda qoMlaniladi. Tebranish uyg‘otadigan krivoship — shatun mexanizmning sxemasi 3.11-rasmda keltirilgan. Agar shatun AB ning uzunligi krivoshipga nisbatan ancha uzun bo‘lsa, В nuqtasi garmonik harakat qiladi. Agar s prujinaning bikirligi uncha katta bo'lmay, qarshilik kuchlari hisobga olinmasa, u holda tekshirilayotgan sistema berilgan uyg'otuvchi kuch ta’sirida chastotaning ma’lum diapazonida tebranadi. Har ikkala holda ham sinalayotgan obyektning massasi m platforma massasi M ga nisbatan kichik deb qaraladi. Bu usulning afzalligi uning soddaligida, kamchiligi — undan faqat statsionar (doimiy) rejimlarda foydalanish mumkinligida. Bunday uskunalardan asosan modellami vibrostol va vibroplatformalarda sinashda foydalaniladi. Real konstruksiyalami sinashda markazdan qochirma uyg‘otish mashinalari keng qoMlaniladi. Mexanizm vibratorlar yo‘naltirilgan va yo‘naltirilmagan xarakterga ega boMgan tebranishlar uyg‘otishi mumkin. 3.12-rasmda turli yo'nalishlarda tebranish uyg'otadigan uch xil mexanik vibrator tasvirlangan. 3 .12-rasm, a da mexanik vibratorning yo'nalish bermaydigan turining sxemasi berilgan. Bu vibrator ishlaganda ikkita koordinat o'qlari yo‘nalishida tebranishlar uyg'onadi. Agar sinalayotgan obyektning dinam ik xarakteristikalari hisobga olinmasa yoki obyekt massasi platforma massasidan 3 .1 1 -rasm. Krivoship-shatun mexanizmi orqali tebranish uyg'otish sxemasi. 36