ш
ta’sirida bo'ladi.Shunga ko'ra yoriqlaming paydo bo'lish
sabablari
yoriqlaming kengligi va chuqurligini, betonning mustahkamligini, himoya
qatlamining qalinligi va armatura diametrini asboblar yordamida o'lchash
orqali aniqlanadi. Yoriqlar orasida konstruksiyaga (masalan, to'singa) nisbatan
ko'ndalang yo'nalgan yoriqlar havfli sanaladi. Paydo bo'lish sabablaridan
qat’i nazar bunday yoriqlar hisobiy kesimlaming zaiflashuviga olib keladi.
Temirbeton to'sinlaiga, masalan, kran osti to'sinlariga katta miqdorda
vertikal kuchlar qo'yilsa, og'ma yo'nalishda urchuqsimon yoriqlar paydo
bo'lishi mumkin (6.4-rasm, a). Yoriqlar kesimning og'irlik markazi yaqinida
polkada kengroq ochiladi.
Bunday yoriqlaming paydo bo'lishiga sabab, hisoblash jarayonida hisobga
olinmagan, relsning balka o'qidan qochishi natijasida paydo to'lgan vertikal
kuchlar ekssentrisiteti tufayli vujudga kelgan qo'shimcha burovchi momentlaming
hisobga olinmaganligidir (6.4-rasm, b).
6.3. Konstruksiyalarning geometrik va fizik parametrlarini
asboblar vositasida o'lchash
Naturada tekshirilayotgan konstruksiyalarning geometrik parametrlariga
quyidagilar kiradi:
. elementlar uzunligi va ko'ndalang kesimlaming hisobiy o'lchamlari;
. yuk ko'taruvchi elementlaming holatini belgilovchi o'lchamlar, fazoviy
sistemalar konstruksiyalarining siljishlari;
. elementlaming turli nuqtalari ko'chishlari (cho'kishlar, solqiliklar,
og'ish burchaklari va h.k.).
Geometrik parametrlami asboblar yordamida
nazorat qilish tanlash
yo'li bilan o'tkaziladi va teshiruv natijalariga qarab rejalashtiriladi.
Inshoot
konstruksiyalarining geometrik parametrlarini yoppasiga nazorat qilish juda
keng hollarda amalga oshiriladi. Instrumental tekshiruviar tanlab o'tkazilganda
qator elementlaming eng zo'riqqan uchastkalari tanlanadi. Uzunlik bo'yicha
elementning uchta kesimi tekshiriladi.
Yuk ko'taruvchi konstruksiyalari bir xil bo'lgan
sanoat binolarini
Dostları ilə paylaş: