ishlab chiqarish asosiy qonunlarini tushunmaslik natijasidir. Ishlab
chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi ziddiyatni, takror ishlab chiqarish
ziddiyatini, shaxsiy iste’molning takror ishlab chiqarish jarayonlari
uchun muhimligini tan olganligi S.Sismondi o‘rtaga tashlagan
konsepsiyaning ijobiy jihatidir.
S.Sismondi iqtisodiy krizisni daromadlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik
deb tushunadi, ayrim olimlar chinakam ilmiy nazariya — kapitalizm
sharoitida ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi nomuvofiqlikni
tan oladi, biroq unga tobe o‘rin beradi deb ta’kidlaydi. Yetarli iste’mol
qilmaslik nazariyasi krizislar arafasidagi davrda ishchilaming iste’mol
quwatining oshib borishi, yetarsiz iste’mol qilish esa kapitalizmdan
awal ham mavjudUgi, ammo krizislar faqat kapitalizmning belgisi
ekanligi va surunkali bo'lmasligi vaziyatini izohlay olmaydi. Iqtisodiy
krizislaming haqiqiy sababi ishlab chiqarishning ijtimoiy xarakteri
bilan iste’molning xususiy xarakteri o‘rtasidagi ziddiyatdir.
S.Sismondi kapitalistik yo'ldan voz kechishni taklif qildi, kapita
lizmni tartibga solishga, ishchilar bilan kapitalist o‘rtasida patriarxalchilik
munosabatlarini o'rnatishga, ishchilarni foydani taqsimlashda
qatnashtirishga, ishsizlar va nogironlar haqida g‘amxo‘rlik qihshga va
buning uchun maxsus fondlami vujudga keltirishga, mayda ishlab
chiqarishni saqlab qolish va qo‘llab-quwatlashga, manufakturaga
bo‘lgan yirik mulkchilikni ko‘p sonli kapitalistlar o'rtasida taqsimlashga
chaqirdi. U yollanma ishchilami ham mulkdorlar sinfi safiga qo‘shishni
orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga umid qildi.
Uning ijtimoiy tadbirlar dasturi mayda buijuacha va reaksion
xayolparastlik xarakteriga ega. S.Sismondi obyektiv tarixiy jarayonga
to'sqinlik qilishga urindi. Shu sababli u reaksioner bo‘lib qoladi, o‘z
mulohazalarini Fransiyada hali ham kuchli bo'lgan feodal tuzum
himoyachilariga qo‘l kelishini sezmadi.
XIX
asr oxirlarida rus narodniklari S.Sismondining xulosalarini
ko‘klarga ko‘tarib maqtaganUklari sababli Lenin S.Sismondining
iqtisodiy qarashlarini batafsil tahlil etish zarur deb bildi. Chunki
S.Sismondining xulosalarini bunday maqtash marksizmning iqtisodiy
ta’limotini yoyishga xalaqit berar edi. U o‘zining
Dostları ilə paylaş: