Keynschilik — J.M.Keynsning fikrlarini ilgari suruvchi yo'nalish,
uch oqimi mavjud: 1. 0 ‘ng oqim — o‘ta reaksion oqim, qurollanish
tarafdori, tartibga solish takliflari bor. Germaniya va Italiyada keng tarqalgan.
2. Liberal oqim — monopoliya manfaatlarini himoya qiluvchi va
qurollanishni inkor etuvchi oqim. Uning asosiy vakili Jenni Robinson
xonim, bu oqimda kasaba uyushmalariga keng o'rin berilgan. Fransiyada
«dirijizm» (dirijer so‘zidan olingan) nazariyasi vujudga kelgan. 3. Yangi
keynschilik, keyinroq ortodoksal keynschilik - J.M.Keynsning qoidalari
to‘la qabul qilingan holda A.Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi
bilan to ‘ldiriladi. A.Xansen va K.Klark multiplikator prinsipini
akselerator prinsipi bilan to‘ldirdilar, indutsirlangan investitsiya
tushunchasini kiritdilar. Imperativ (zaruriy) va Indikativ (taklif majburiy
emas) rejalashtirishlardan foydalanish mumkinligi aytiladi (Fransiya va
bir qancha mamlakatlarda keng tarqalgan). Asosiy vakillari fransiyalik
G.Ardan, G.Mendes-Frans, F.Perru, S.Xarrislardir. Yangi keynschilik
o'rniga postkeynschilik vujudga keldi, uning vakillari J.Robinson,
N.Kaldor, P.Sraffa (Angliya), L.Eyxner, Vayntraub (AQSH); bu
oqimda o‘sish va taqsimot markaziy deb hisoblanadi. Iqtisodni tartibga
solish mexanizmini yanada takomillashtirish taklif etiladi.
Multiplikator — ko'paytiruvchi; iqtisodiyot ta’limotlarida ma’lum
bog‘lanishlarni o‘rganishda, multi plikatsiya effekti bor joylarda
qo'llaniladi. Masalan, Keyns ta’limoti bo'yicha qo‘yilgan investitsiya
va daromadlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi koeffitsient.
Akselerator — multiplikatorgateskari bo‘lgan koeffitsiyent bo'lib,
milliy daromad o‘sishining investitsiya o‘suviga ta’sirini ko'rsatadi
(neokeynschilar qo‘llagan).
Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish — G ‘arb iqtisodiy adabiyotida
«Yangi klassik ekonomiks» deb ataladi va bu yo‘nalish asosida maijinalizm
g‘oyalari yotadi. Buyuk ingliz iqtisodchisi A.Marshall (1842-1894) nomi
bilan bog‘liq. Shu davrda «Siyosiy iqtisod» o‘miga mafkurasiz «Ekonomiks»
atamasi paydo bo‘ldi. Unda sof erkin bozor iqtisodiyoti targ‘ib etiladi,
davlatning roli imkoni boricha kam bo‘lmog‘i kerak. Bu yo‘nalishda
liberalizm va neoliberalizm oqimlari mavjud. Amerika monetarizmi —
M.Fridman (1912, AQSH) o‘zining «Kapitalizm va erkinlik» (1960)
kitobida «erkin ishbilarmonlik»ni himoya qiladi. «Ozodlik yo‘lida qurbon
berish»ni va «tabiiy ishsizlik»ni qo‘llab-quwatlaydi, davlat tomonidan
beriladigan yordamga qarshi chiqadi, iqtisodiyotni to‘g‘ri pul siyosati
bilan (davlat kam aralashadi) tartibga solish tarafdori. Bu oqim g‘oyalari
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotida qo'llanilmoqda.