tadqiqotining predmetini tashkil etadi. Qanday shart-sharoitlar va qanday qilib insonlar yuqori-
roq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asaming
asosiy g‘oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o‘sishning pul shakli inkor etiladi
va asosiysi moddiy ne’matlar yaratish deb qaraladi, bular esa faqat
ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb
hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo‘jaligi) soha afzalligi aniq
aytilmaydi. Asaming 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo‘yish yaxshiroq
samara beradi deb uqtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat
tovarlami narxi pasayish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi esa o'sish
tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak agrar soha ustun (bu xato).
Metodologik jihatdan bu tadqiqot
iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga,
ya’ni fiziokratlaming tabiiy tartibi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
asoslanadi.
Olim o‘z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba’zi tabiiy xususiyatlarga
ega, ana shunday xususiyatlardan biri
egoizm (xudbinlik) bo‘lib,
odamlar o‘z xo‘jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim
shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb
uqtiradi. Har bir odam o‘z shaxsiy manfaatini ko'zda tutadi, ammo
bu holatda ko‘p boshqa holatlardagi kabi, u
«ko‘rinmas qo‘l» tomonidan
uning niyatida ham bo‘lmagan maqsad sari yo'naltiriladi...
Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilgandan ko‘ra
ko‘proq haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi.
«Ko'rinmas qo‘l» bu — obyektiv iqtisodiy qonunlaming stixiyali
harakati. Bu qonunlar odamlaming xohish-irodasidan qat’i nazar,
unga qarama-qarshi harakat qiladi. Har bir odam ko‘proq foyda olish
uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga urinadi,
chunki u jamiyatning emas, o‘zining shaxsiy manfaatini ko‘zlaydi.
Ammo inson o‘z shaxsiy manfaatini o'ylagan paytda, bu holat muqar-
rar ravishda jamiyat uchun ko‘proq naf keltiruvchi mashg‘ulotni tan-
lashiga olib keladi. Smitning ta’rifi bo'yicha, foyda ketidan quvish va
raqobat jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatga aylanadi.
Hozir «ko‘rinmas qo‘l» iborasi bilan birga