«Xalq kapitalizmi» nazariyasi - kapitalizm transformatsiyasi
(o‘zgarishi) bilan bog‘liq. Go‘yoki hoziigi kapitalizm «eski kapitalizm»dan
keskin farq qiladi, ilgarigi illatlar yo‘qolgan. Uning vakillari: Berli,
Nidler, Cheyz, Klark, Gelbreyt... «Kapitalning demokratizatsiyalashuvi»
(«Mulk diffuziyasi») yo‘li bilan aholining barcha qismi mulkka egalik
qiladi (aksionerlik jamiyatlari)
Konvergensiya nazariyasi — bu nazariyaning asosida kapitalistik ijtimoiy
sistemalar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy tafovutlar go‘yo
asta-sekin bartaraf etiladi, degan g‘oya yotadi. Asosiy vakillari: U.Rostou,
J.Gelbreyt (1908), Ya.Tinbergen (1903).
Ekonometrika konsepsiyalari - iqtisodiyotda matematika metodlaridan
keng foydalanishga asoslangan konsepsiyalar. Asosiy vakillari L.Valras,
V.Pareto (Lozanna universiteti), fon Neyman, U.Mitchell, E.Barone,
M.Panteleoni. 1910-yildapolshalik iqtisodchi P.Chompa «Ekonometriya»
(«Ekonomterika») matnini qo‘llagan. Ilmiy muomalaga (1926)
norvegiyalik R.Frish kiritgan. AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya
va boshqa mamlakatlarda keng rivoj topmoqda. Turli iqtisodiy ta’Iimot
yo‘nalishlarida qo‘llaniladi, ilmiy va amaliy ahamiyatga molik. V.Leontev
ham bu konsepsiyalardan (1906) o‘zining «chiqim - chiqarish» uslubida
foydalangan (U 1973-yilda Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi). 60-70-
yillarda bu yo'nalish sobiq SSSR, xususan, O'zbekistonda rivoj topdi.
Respublikamizning olim va mutaxassislari tomonidan iqtisodiy
modellashtirish va algoritmlash bo‘yicha muhim tadqiqotlar amalga
oshirilgan.
Jahon xo‘jaligi — qadimdan vujudga kelgan, ammo XVI asrdagi
buyuk geografik kashfiyotlar tufayli rivoj topgan, ayniqsa, II Jahon
urushidan keyin avj olgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmuyi.
Xalqaro mehnat taqsimoti bu xo'jalikning moddiy asosini tashkil etadi.
Xalqaro integratsiyada baynalmilallik xos.