‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

«Marshall xochi» 
— talab va taklif egri chiziqlarining kesishganligini 
ko‘rsatadi; kesishgan nuqta ulaming muvozanatini hamda turg'un 
bahoni ko‘rsatadi.
Fridman Milton 
(1912-2006, Nyu York) — iste’mol: pulning ta­
rixi va nazariyasi sohalaridagi tadqiqotlari uchun 1976-yilda Nobel 
mukofoti bilan taqdirlangan. Uning pul to‘g‘risidagi g'oyalari (moneta- 
rizm) AQSHda R.Reygan, Buyuk Britaniyada M.Tetcher iqtisodiy 
siyosatida qo'llanilgan.
Samuelson Pol 
(1915, AQSH) — ko‘p marta qayta nashr etilgan 
«Ekonomiks» (1948) darsligini yaratdi (rus tiliga ham ag‘darilgan), 
1970-yilda iqtisodiyot fanlarida ilmiy tahlil darajasini oshirishga qo‘sh- 
gan hissasi uchun Nobel mukofotini olgan. Iqtisodiyotning barcha 
sohalariga oid ilmiy ishlari bor. «Aralash iqtisodiyot»ning nazariyotchisi. 
Neoklassik tahhl bo‘ycha, taraqqiyotning «to‘rt g‘ildiragi» asoschisi.
Neoliberalizm 
neoklassikaning bir oqimi, klassik iqtisodiy 
maktabni va keynschilikni birga qo‘llash tarafdori, bunda davlatning 
iqtisodiyotga aralashmasligi taklif etiladi. Asosiy vakillari L. fon Mizes 
(1881-1973), F. fon Xayek (1899-1992) bo‘lib, bu oqim Avstriya 
maktabi deb ham yuritiladi. Sotsialistik (imperativ) rejalashtirishga qat’iy 
qarshi, chunki bu rejalangan tartibsizlikka olib keladi, mehnat 
taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv sivilizatsiyaning mutlaq 
asosi deb sanaladi. Xayek 1974-yilda Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan. 
Neoliberalizm g‘oyalari asosida «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti» yuzaga keladi, uning asoschilari — nemis olimlari V.Rebke 
(1899-1966), V.Oyken (1891-1950), L.Eixard (1897-1977)lardir. Bu 
konsepsiya GFR va Shvetsiyada yaxshi natija berdi, uning asosiy g‘oyalari 
mustaqil 0 ‘zbekiston iqtisodiyotida qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining asosiy qoidalari: erkin baholaming 
zarurligi; erkin raqobat; talab va taklifning muvozanati; iqtisodiyotning 
muvozanati; davlat bozor xo‘jaligida shu shartlami kafolatlashi va uning 
ijtimoiy yo‘naltirilgan rivojini ta’minlash. U nafaqat ma’muriy- 
buyruqbozlik tizimidan, balki kapitalizmning erkin raqobatlarga 
asoslangan davridan ham qat’iyan farq qiladi. Mustaqil 0 ‘zbekistonda 
undan ijobiy foydalanilmoqda.


Lukas R.I. - neoliberalizmning tarafdori, «Ratsional kutilmalar» 
nazariyasi uchun 1995-yilda Nobel mukofoti sovrindori. Ijtimoiy- 
institutsional yo‘nalish evolutsiyasi industrial jamiyatdan postindustrial, 
superindustrial (neoindustrial) jamiyat sari boradigan konvergensiya 
nazariyalarida (Gelbreyt, P.Sorokin — AQSH, Raymon, Aron — 
Fransiya, Tinbergen — Niderlandiya) kapitalizm va sotsializmning ilg'or 
tomonlarini olish va amalda qo‘llash taklif etiladi.

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin