Xalqaro mehnat taqsimoti - butun jahon xo‘jaligining tashkil topish
va rivojlanishining hal qiluvchi omili. Birinchi bo‘lib uning zarurligini
D.Rikardo aytgan. Ayrim ishlab chiqarish korxonalaridagi kabi
(A.Smit), jahon xo'jaligida ham mehnat taqsimoti nisbiy chiqimlar
ustunligini beradi, ya’ni ayrim mamlakatlaming ma’lum sohada
ixtisoslashuvi yuqori samara beradi.
Jahon iqtisodiyoti nazariyalari - jahon bozorida mahsulot, valuta,
ishchi kuchi va boshqalaming harakat jarayonlariga xos qonun va
qonuniyatlarini o‘rganuvchi nazariyalar. «Ishlab chiqarish omMlarining
xalqaro taqsimoti» nazariyasi tipikdir (E.Xeksher, B.Olin, P.Samue-
lson); «Mahsulot hayoti sikli» nazariyasi (G.Xufbauer, R.Vernon,
M.Pozner); monopoUstik raqobat nazariyasi (E.X.ChemberUn) va
boshqalar.
Absolut (mutlaq) afzallik prinsipi - A. Smit tomonidan ilgari surilgan
g‘oya bo‘lib, savdo munosabatlaridagi mutlaq afzallikni anglatadi
(tovarlami ishlab chiqarishda sarf-xarajatlaming ustunligi hal qiluvchi
hisoblanadi).
Nisbiy afzallik prinsipi - D. Rikardo tomonidan izohlab berilgan
prinsip bo‘lib, ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer)
xarajatlarining afzalligini ko'rsatadi va tashqi iqtisodiy aloqalarda keng
qo‘llaniladi.
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi — BMT tomonidan 90-yillarda ilgari
surilgan. Unda taraqqiyot natijalarining inson bilan hamohang bo‘lishi
ko‘zda tutiladi, moddiy boylik (yalpi milliy mahsulot) bilan biiga sog‘lom
hayot, savodxonlik, demokratik institutlar bilan birinchi o‘ringa
qo‘yiladi (ayrim davlatlar kambag'al bo'lishiga qaramay, bu sohada
yuqori natijaga erishmoqdalar va aksincha) hamda «ijtimoiy rivojlanish
indeksi» (IRI) bilan o'lchanadi.
Nokapitalistik (kapitalizmni chetlab) rivojlanish konsepsiyasi — ilgari qoloq bo‘lgan, kapitalizm taraqqiyoti bosqichini to‘la bosib
o‘tmagan mamlakatlar uchun tavsiya etilgan rivojlanish yo‘li. Bir
qancha mamlakatlar shu yo‘ldan borib, sotsializm quryapmiz, deb
o'ylagan. Hayot buni inkor etdi.
0 ‘tish davri — bu yerda ma’muriy-buyruqbozlik (imperativ
rejalashtirilgan) iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tish davri.
0 ‘z davrida sotsiolistik deb atalgan mamlakatlaming, xususan,
0 ‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish davri.