tuman va ko‘p bo‘lganligi uchun insonlar birlashgan holda turaijoy
va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u
davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb bilgan. Eng muhim
g‘oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi
va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi
emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi.
«Har bir davming urf-odatlari o‘ziga xos bo‘ladi va inson ahli ularga
rioya qil-mog‘i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo‘qolsa, tartib
ham yo‘q bo‘ladi», - deb uqtiradi buyuk donishmand.
Beruniy og‘ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya’ni konda ishlovchilar,
yer ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to‘g‘risida, ularga berilishi
kerak bo‘lgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng
muloaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon ishlariga alohida
e’tibor beriladi, yerosti konlarini mustahkamlash (falokatning oldini
olish uchun), yerosti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqo-
riga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kon atrofida konchilar qishlog'ini Ьафо etish zarurligi ko‘rsatiladi.
Yerosti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat,
ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: