Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos:
• iqtisodiyotda erkin raqobat sharoitida avtomatik mo'tadillik mavjud
bo'ladi;
• tovarlar va xizmatlar qiymatini belgilashda xarajatlar qoidasiga
amal qilinadi;
• milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat
manfaatlaridan ustunligi tan olinadi;
• xo‘jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli baho
berilmaydi va boshqalar.
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo‘li bilan qishloq
xo‘jaligining rohni ataylab mutlaqlashtiigan.
Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat uning jamiyat uchun
ahamiyatini ko‘ra bildi.
1691-yilda u Fransiyani og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini
taklif etdi. Dastlabki fikrlari bo'yicha turli islohotlar o‘tkazib (ular
buijua-demokratik xarakterga ega bo‘lishi kerak edi), 1707-yilda esa
uning g'oyalari etilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi:
1. Soliq tizimini o'tkazish. SoUq tizimining dehqonlar mehnatidan
manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soUq barchaga
tegishli bo‘lishi kerak edi.
2. Ichki savdoni har xil cheklovlardan ozod qihsh (ichki savdo
erkinligi); bu chora ichki bozomi kengaytirish, mehnat taqsimotining
o‘sishini ta’minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi;
3. Donning erkin sotilishiga yo‘l berish, donga tabiiy baho ta’sirini
cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun’iy ravishda baho
belgilangan bo‘lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas, don
yetishtirish o'smay qo‘ygan edi. Buagilbeming fikricha, iqtisodiyot erkin
raqobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga
ega bo‘lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlaiga homiylik qilishi
zarur, deb hisobladi.
Uning asosiy iqtisodiy asarlari
Dostları ilə paylaş: