to‘g‘riki, mehnat boylikning yakka-yu yagona manbayi emas, chunki
gap moddiy boylik, iste’mol qiymatlari hosil qilish ustida boiganda
faqat
mehnat emas, balki tabiat ham ishtirok etadi, ammo to‘g‘ri qoi
da tovaming qiymatiga ham xato ravishda noo‘rin qo‘llaniladi. Shunday
qilib, V.Petti o‘zining qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-qarshi
o‘laroq, qiymat manbayi sifatida mehnat bilan biiga tabiatni ham qabul
qilishni talab etadi. Buning sababi shuki, u iste’mol qiymati manbayi
sifatida ham, qiymat manbayi sifatida ham bir xil gavdalangan.
Qiymat nazariyasi bilan daromadlar, ish haqi va renta to‘g‘risidagi
nazariyalar bevosita bir-biriga bog'liq. V.Petti boshqa (D.Rikardo,
T.Maltus) klassik maktab vakillari kabi, ish kuchini emas, balki
mehnatni tovar deb hisobladi (aslida ish kuchi ham tovardir).
V.Petti mehnatni tahlil etishga kirishadi.
Har bir konkret mehnat
aniq narsani (baxt-saodatni), iste’mol qiymatini yaratadi. Qiymat ikki
qismdan iborat: 1) iste’mol qiymati; 2) almashuv qiymati - mahsulot
almashsa yoki sotilsa, yuzaga chiqadi. Masalan, dehqon mehnatida
shunday umumiylik borki, unga ko‘ra barcha mehnatlami bir-biri bilan
solishtirish (chog‘ishtirish) mumkin, narsalar (baxt-saodat)
tovarlami almashuv qiymati bilan, ish vaqtini sarflash,
umuman
ishchilaming unumli energiya sarflashi bilan aniqlash mumkin. Bundan
abstrakt mehnat tushunchasi kelib chiqadi va buni birinchilardan bo‘lib
V.Petti tushuna boshladi. U mehnatning tabiiy bahosini ish haqi deb
biladi va uning miqdorini aniqlashni o‘zining vazifasi qilib qo‘yadi.
0 ‘sha davrda Anghyada ish haqi qonun bilan tartibga solingan, uning
eng yuqori pog‘onasi ishchilaming hayoti uchun zarur bo'lgan
jismoniy minimum mablag‘lardan iborat edi (sog‘lom odamning kunlik
o‘rtacha ovqati). Petti har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va
ko‘payish uchun» kerakli narsani olsa bas, degan qisqa xulosalarga
keladi. Bu holatni V.Petti nazariy jihatdan isbotlamoqchi bo‘ldi. U
o‘yladiki, agar ishchilarga ko‘rsatilgan minimumdan, masalan, ikki
hissa ko‘p haq to'lansa, ular ikki marta kamroq ishlaydilar.
Tirikchilik uchun zarur mablag‘lar nazariyasi xato bo‘lib, awalo,
ishchi kuchi qiymatiga kiruvchi tarixiy va axloqiy elementlami o‘z
ichiga oladi. Shu bilan biiga, bu nazariyaning ijobiy tomoni ham mavjud
bo‘lib, ishchilar o‘zlari yaratgan qiymatning faqat bir qismini (tiriklik
uchun kerakli minimum mablag'ni) olayotgani ma’lum bo‘lib qoldi.
Mehnat tufayh yuzaga kelgan qiymatning boshqa qismi esa qo‘shimcha
mehnat natijasi sifatida namoyon bo‘ladi, bu qo‘shimcha qiymat,
uningcha, rentadir.
U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlaiga
salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek,
u sotuvchilar sonini ham
keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va yer egalarining
daromadlarini belgilash uchun umumiy bo‘lgan «Renta» tushunchasi
kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir
eslang). Uning fikricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi
va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng
bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo‘shimcha mahsulotga teng. Pul
holidagi renta qo‘shimcha mahsulotning kumush miqdoriga teng
qiymatidir.
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo‘q, renta
barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu
sababli
renta to‘g‘risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap
boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin
renta (qo‘shimcha qiymat)ni qo'shimcha mehnat natijasi ekanligini
aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi.
Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir
bo'lagi sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki,
unga ko'ra ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, — deydi u, —
bir bushel (36,4 kg) bug‘doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi
yer rentasiga, 40 pensi yer egasining ish haqi
sifatida berilsa va ish
haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko‘tarilsa, yer egasining 1
bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, yer rentasi esa 20
dan 15 pensga (ya’ni 5 pensga) kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to‘g‘risida ham muhim va qiziqarli
fikrlami beradi (umuman, renta absolut va differensial bo‘ladi).
Differensial rentaning kelib chiqishini u yer uchastkalarining turlicha
joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya’ni bozoiga uzoq-
yaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini
ham aniqlab, yeming tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini
ko‘rsatgan. Olimlaming fikricha, V.Petti differensial rentani Adam
Smitdan ham yaxshi bayon etgan.
Absolut renta haqida gap boiganda shuni aytish kerakki, bu renta
yeiga xususiy mulkchilik bo'lganda namoyon bo‘ladi. V.Petti yer bahosi
masalasini juda qiziq va noyob ravishda hal etishga uringan.
Uning
fikricha, yemi sotib oluvchi har yili renta olish huquqini qo‘lga kiritgan
shaxsdir. Shu sababli yeming bahosi bir yillik rentani ma’lum bir
songa ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Hamma masala shunda bo‘lib, uni
tanlash talab etiladi. Xo‘sh, u nima bo‘lishi mumkin?
V.Petti bu savolga javoban shunday deydi: yer sotib oluvchi o‘zi va
o‘ziga yaqin avlod-ajdodlarining manfaatlarini e’tiboiga olib ish yuritadi.
Uningcha, odatda, uch avlod vakillari bir vaqtda hamkorlikda yashay-
dilar buva (50 yosh), o‘g‘il (28 yosh) va nabira (7 yosh). U shu uch
avlodning hamkorlik davrida yashagan yillar rentasi yig'indisini yer
bahosi deb qabul qiladi. U Angliya uchun bunday son 21 yilga teng
ekanligini aniqlaydi. Demak, yeming bahosi shuncha bir yillik rentalar
yig‘indisiga teng, degan xulosa chiqariladi.
V.Petti yemi sotib oluvchi uchun yer yillik daromad manbai ekan
ligini tushungan. Shunga muvofiq u yeming bahosi shunday summaga
teng bo'lishi kerakki, bu summa har yili olinadigan renta huquqini
beradigan bo‘lishi kerak, deb to‘g‘ri hisoblagan. Amalda
Dostları ilə paylaş: