‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


F.Kene - fiziokratizm ta’limotining asoschisi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

7.2. F.Kene - fiziokratizm ta’limotining asoschisi.
Uning «Iqtisodiy jadval» asaridagi g‘oyalar
Fransua Kene 
(1694-1774) har tomonlama keng bilimli olim bo'lib, 
Versal yaqinida, kambag'al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan 
tibbiyotga havas qo‘ydi, qishloq jarrohidan dais oldi, tibbiyot amaliyoti 
unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga 
(Ludovik XV qirol saroyiga) o‘tdi. 1718-yilda vrachlik kasbini oldi.


1744-yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752-yildan 
esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (leybmedik). Tibbiyot va 
biologiyaga oid ko'pgina asarlar yaratdi. U oltmish yoshdan boshlab 
iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug'ullana boshladi.
1766-yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo‘lgan 
edi. Didro va D’Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus»da F.Kenening 
dastlabki iqtisodiy maqolalari: 
«Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar»
paydo bo‘ldi (1756-1757). 1758-yilda uning asosiy va eng muhim asari - 
«Iqtisodiy jadval» 
kitobi dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida fiziokratizm 
maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab 
berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asming ikkinchi yarmida 
Fransiyaning taniqli davlat arbobi A.Tyurgo (1727-1781) davom ettirdi. 
Fiziokratizm g‘oyalarini (ayniqsa, F.Kene ta’limotini) 
Dyupon de
Nemur, D ’Alamber, V.Mirabo, G.Letron
va boshqalar keng taig'ib etdilar. 
Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki, o‘sha davr tili bilan 
aytganda, «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan 
davri XVIII asming 60-70-yillariga to‘g‘ri keladi.
F.Kene «
tabiiy tartib»
konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslu- 
biy platformasi edi («tabiiy huquq» konsepsiyasini eslang), bunda u 
paydo bo'layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy 
mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor 
bahosining stixiyali o‘zgarishi, ya’ni davlatning aralashuvini inkor 
etadigan jarayonni qo'llab-quwatladi, boylikning adolatli taqsimlani- 
shini istardi. Iqtisodiy rivojlanish odamlaming istak-xohishiga bog‘Uq 
bo'lmagan tabiiy jarayon bo'lib, uning ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysu- 
nishini tan oUsh fiziokratlaming so'zsiz yutug‘i edi. Bu qonunlar, 
ulaming fikricha, tarixiy bo‘lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. 
Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va 
abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish 
buni ko‘p jihatdan isbotlamoqda).
F.Kene almashuvning ekvivalentligi ta’limotini ilgari surdi. U 
almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni 
hech narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sharoitida 
almashuv sohasida teng miqdorli qiymatlaming almashuvi ro‘y beradi. 
Bu qiymat tovarlarda ular bozorlaiga kirmasdan oldin ham mavjud 
bo‘ladi (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo'ladi, 
degan fikri noto‘g‘ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida


boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo'lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi 
to‘g‘risidagi ta’Iimot merkantilistlaming qarashlarini inkor etish uchun 
nazariy asos bo‘ldi. Bu holat, shu bilan, birga fiziokratlardan boylik 
manbayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo 
F.Kene miqdorli qiymatlaming almashuvi sababini to‘g‘ri tushuntirib 
bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to‘la ishlab chiqilmagan edi 
va u qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aynan bir deb hisobladi.
Fiziokratlaming iqtisodiy tizimida «sof mahsulot» to‘g‘risidagi 
ta’Umot markaziy o'rin egallaydi. F.Kene yalpi ijtimoiy mahsulot va 
ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, 
boshqacha qilib aytganda, bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha 
mahsulotdir. F.Kene «sof mahsulot» faqat qishloq xo'jaligida, 
dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol 
qiymatlari miqdori ko'payishini ta’kidlaydi. Sanoatda esa iste’mol 
qiymatlari faqat turli kombinasiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida 
dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o‘zgaradi, lekin uning 
miqdori ko‘paymaydi, shuning uchun «sof mahsulot» paydo bo‘lmaydi 
va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto‘g‘ri mantiq bor).
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) 
unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar 
bu sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga 
sof qo‘shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. ATyuigo 
esa bu sinfga yuqori baho berib, «haq to‘lanadigan sinf» deb qaraydi.
Fiziokratlar qiymatni iste’mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga 
tenglashtiiganlar (almashuv qiymati ham bor). Ulami faqat miqdoriy 
soha, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste’mol qiymatlarining 
ortiqcha qiymati (iste’mol qilingandan ortig'i) qiziqtiigan. Bu narsa asosan 
dehqonchilikda aniq namoyon bo‘ladi. Ammo F.Kene ta’limotining 
boshqa tomoni ham bor. Uning fikricha, «sof mahsulot» miqdori ishlab 
chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog‘liqdir, bu chiqimlarga xomashyo 
sarflari, materiallar va ish haqi kirad.i. Materiallarning qiymati 
belgilanganhgi tufayli, ish haqi lirikchilikning minimum xarajatlariga 
keltirilgan ekan, «sof mahsulot» (qo'shimcha qiymat) qo‘shimcha 
mehnatning samarasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda 
qo‘shimcha qiymat tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni 
tabiatning sof hadyasi, ya’ni dehqonlaming qo'shimcha mehnati 
natijasidir, deb qaraganlar (qo‘shimcha qiymat yaratishda tabiat ham


ishtirok etadi). Fiziokratlaming bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy 
tabiatini tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste’mol qiymati 
bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi 
mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor etilgan. Renta qo'shimcha 
qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilingan ekan, foyda ishlab 
chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo‘lishi mumkin edi. Ular 
foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda 
g o ‘yoki 
odatdagi 
ish haqidan o'zining kattaroq miqdori bilan farq qilgan va u kapitalistlar 
tomonidan foyda sifatida to‘la iste’mol qilingan.
Fiziokratlaming «

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin