1744-yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752-yildan
esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (leybmedik). Tibbiyot va
biologiyaga oid ko'pgina asarlar yaratdi. U oltmish yoshdan boshlab
iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug'ullana boshladi.
1766-yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo‘lgan
edi. Didro va D’Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus»da F.Kenening
dastlabki iqtisodiy maqolalari:
«Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar»
paydo bo‘ldi (1756-1757). 1758-yilda uning asosiy va eng muhim asari -
«Iqtisodiy jadval»
kitobi dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida fiziokratizm
maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab
berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII
asming ikkinchi yarmida
Fransiyaning taniqli davlat arbobi A.Tyurgo (1727-1781) davom ettirdi.
Fiziokratizm g‘oyalarini (ayniqsa, F.Kene ta’limotini)
Dyupon de
Nemur, D ’Alamber, V.Mirabo, G.Letron
va boshqalar keng taig'ib etdilar.
Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki, o‘sha davr tili bilan
aytganda, «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan
davri XVIII asming 60-70-yillariga to‘g‘ri keladi.
F.Kene «
tabiiy tartib»
konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslu-
biy platformasi edi («tabiiy huquq» konsepsiyasini eslang),
bunda u
paydo bo'layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy
mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor
bahosining stixiyali o‘zgarishi, ya’ni davlatning aralashuvini inkor
etadigan jarayonni qo'llab-quwatladi, boylikning adolatli taqsimlani-
shini istardi. Iqtisodiy rivojlanish odamlaming istak-xohishiga bog‘Uq
bo'lmagan tabiiy jarayon bo'lib, uning ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysu-
nishini tan oUsh fiziokratlaming so'zsiz yutug‘i edi. Bu qonunlar,
ulaming
fikricha, tarixiy bo‘lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi.
Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va
abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi
rivojlanish
buni ko‘p jihatdan isbotlamoqda).
F.Kene almashuvning ekvivalentligi ta’limotini ilgari surdi. U
almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni
hech narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sharoitida
almashuv sohasida teng miqdorli qiymatlaming almashuvi ro‘y beradi.
Bu qiymat tovarlarda ular bozorlaiga kirmasdan oldin ham mavjud
bo‘ladi (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo'ladi,
degan fikri noto‘g‘ridir). Bundan kelib chiqadiki,
almashuv jarayonida
boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo'lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi
to‘g‘risidagi ta’Iimot merkantilistlaming qarashlarini inkor etish uchun
nazariy asos bo‘ldi. Bu holat, shu bilan, birga fiziokratlardan boylik
manbayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo
F.Kene miqdorli qiymatlaming almashuvi sababini to‘g‘ri
tushuntirib
bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to‘la ishlab chiqilmagan edi
va u qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aynan bir deb hisobladi.
Fiziokratlaming iqtisodiy tizimida «sof mahsulot» to‘g‘risidagi
ta’Umot markaziy o'rin egallaydi. F.Kene yalpi ijtimoiy mahsulot va
ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan,
boshqacha qilib aytganda, bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha
mahsulotdir. F.Kene «sof mahsulot» faqat qishloq xo'jaligida,
dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol
qiymatlari miqdori ko'payishini ta’kidlaydi. Sanoatda esa iste’mol
qiymatlari faqat turli kombinasiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida
dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o‘zgaradi, lekin uning
miqdori ko‘paymaydi, shuning uchun «sof mahsulot» paydo bo‘lmaydi
va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto‘g‘ri mantiq bor).
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar)
unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar
bu sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga
sof qo‘shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. ATyuigo
esa bu sinfga yuqori baho berib, «haq to‘lanadigan sinf» deb qaraydi.
Fiziokratlar qiymatni iste’mol qiymatiga,
hatto tabiat mahsulotiga
tenglashtiiganlar (almashuv qiymati ham bor). Ulami faqat miqdoriy
soha, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste’mol qiymatlarining
ortiqcha qiymati (iste’mol qilingandan ortig'i) qiziqtiigan. Bu narsa asosan
dehqonchilikda aniq namoyon bo‘ladi. Ammo F.Kene ta’limotining
boshqa tomoni ham bor. Uning fikricha, «sof mahsulot» miqdori ishlab
chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog‘liqdir, bu chiqimlarga xomashyo
sarflari, materiallar va ish haqi kirad.i. Materiallarning qiymati
belgilanganhgi tufayli, ish haqi lirikchilikning minimum xarajatlariga
keltirilgan ekan, «sof mahsulot» (qo'shimcha qiymat) qo‘shimcha
mehnatning samarasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda
qo‘shimcha qiymat tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni
tabiatning sof hadyasi, ya’ni dehqonlaming qo'shimcha
mehnati
natijasidir, deb qaraganlar (qo‘shimcha qiymat yaratishda tabiat ham
ishtirok etadi). Fiziokratlaming bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy
tabiatini tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste’mol qiymati
bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi
mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor etilgan. Renta qo'shimcha
qiymatning yagona shakli
sifatida qabul qilingan ekan, foyda ishlab
chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo‘lishi mumkin edi. Ular
foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda
g o ‘yoki
odatdagi
ish haqidan o'zining kattaroq miqdori bilan farq qilgan va u kapitalistlar
tomonidan foyda sifatida to‘la iste’mol qilingan.
Fiziokratlaming «
Dostları ilə paylaş: