chiqarilgan mahsulot miqdoriga to‘g‘ri, pulning aylanish oborotiga esa
teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning me’yorda bo‘lishini qo'llab-
quwatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi
va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to‘g‘ri
hal etmadi).
Petti «Siyosiy arifmetika» va boshqa asarlarida statistika, aniqrog‘i
demografik statistika faniga asos soldi. «AhoU - boylik asosi» masalasini
to‘g‘ri qo‘ydi. Milliy daromad masalasini qo'ydi va uni qisman hal etdi.
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.
Buagilber
ham muhim g'oyalami ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan
ancha farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi.
Agar Petti ko'proq sanoat va savdoni qo‘llagan bo‘lsa, Buagilber
asosan qishloq xo‘jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muhim
xulosalarlarini chiqardi.
Qiymatni aynan iste’mol qiymati shaklida tushundi. «Proporsional
baholar»
tarafdori edi, erkin tadbirkorlik,
raqobat va erkin baholami
qo‘lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to‘g‘ri tushuntirib berdi,
pulga salbiy munosabatda bo‘ldi, oltin va kumushlami yovuzlik sababi
deb bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo'llab-quwatladi,
sanoat va savdoga kam e’tibor qildi.
Buagilbeming iqtisodiy islohotlari bo'yicha takliflari o‘z davri uchun
nihoyatda ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: