‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

«Xalqlar boyligi» 
asari chop etildi) iste’foga chiqishga 
majbur bo‘ldi. Eski tuzum davom etdi, barcha ijobiy ishlar inkor


etildi, demak, hali ulami amalga oshirish uchun kerakli shart- 
sharoitlar mavjud emas edi.
1778-yili A.Tyurgo amerikalik do‘sti Franklinga atab o‘zining so‘nggi 
iqtisodiy asari bo‘lgan «Soliqlar to‘g‘risidagi esdaliklar»ini yozadi.
Olimning zamondoshi E.Kondilyak (1715-1780) tomonidan 1776- 
yilda qimmatga oid subyektiv qarash ilgari surildi. Uning fikricha, qimmat 
bu buyumda emas, balki unga biz berayotgan bahoga bog‘liq. Bu baho 
esa bizning talab - ehtiyojlarimizga bog‘liq: baho ana shu talabga qarab 
yo ortadi, yo pasayadi. Narsalaming qimmati uning noyobligi bilan 
oshadi va mo‘lligi bilan pasayadi. Deyarli 100 yil awal aytilgan bu g‘oya 
XIX asr 70-yilJarida maijinalistlar tomonidan isbotlandi. Iqtisodchilar 
butun asr davomida qiymatning insonlar xohishidan qat’iy nazar, 
substansiyasi (obyektiv asosi) nimada degan savolga javob izladilar. Bu 
kashfiyot fiziokratlaming savdo (almashuv) sohasida boylik yaratilmaydi, 
chunki almashuvda teng qiymatlar almashadi degan g'oyalarini chip- 
pakka chiqardi. Aksincha, bozoiga o'ziga kerakmas buyum bilan kelgan 
xaridor o'ziga ko‘proq foydali boylikni olib qaytadi.
7.4. Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
ASmit o‘z vaqtida: «Fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal 
bo'lmasin, shu davigacha chop etilgan iqtisodiy g‘oyalar ichida haqiqatga 
eng yaqini edi», - deb aytgan. Bu ta’limotning merkantilizmni inkor 
qilishi, mehnat bilan yer boylikning asosi ekanligini tan olishi, savdo- 
sotiqda bojxona cheklovlarini olib tashlashni taklif etishi nihoyatda 
muhimdir. Fiziokratlar boylik tezisi to‘g‘risida fikr yuritib, boylik jamiyat 
mehnati bilan har yili yaratiladigan iste’mol qiymatlaridir, deydilar.
Bu tezis ham A.Smit tomonidan qabul qilingan. Ishlab chiqarish va 
taqsimot jarayoniga xos umumiy m ehnat doktrinasi, ishlab 
chiqarishning takroriyligiga alohida urg‘u berilishi katta yutuq 
hisoblanadi. Kapital va uning ikki qismga ajratilishi (asosiy va aylanma), 
takror ishlab chiqarish, erkin sohibkorlik to‘g‘risidagi g'oyalar, 
jamiyatning sinflaiga ajratilishi iqtisodiy ta’limotlaming rivojida keyingi 
muhim qadamdir. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof 
bozor munosabatlarining unsurlarini, asosan, to‘g‘ri hal etib berdilar. 
Ulaming mehnat bilan birga yemi boylik asosi deb qabul qilinishida


davr ta’siri kuchlidir. Chunki mamlakatdagi asosiy sinf dehqonlar 
bo'lib, asosiy boylik qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan edi.
F.Kene misolida uch sektor o‘rtasidagi munosabatlar keltirilgan. 
Amalda, ayniqsa, hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori xiyla ko‘p 
bo'lib, ular o‘rtasidagi aloqalar V.Leontevning «xarajatlar - chiqarish» 
tizimida N ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Ko'rinib turibdiki, bu 
g'oyaning kurtaklari flziokratlaming asarlarida ko‘ringan. Hozirgi davrda 
bu tarmoqlararo balans deb yuritiladi va u makroekonomik tahlilda, 
umuman, iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. 0 ‘sha paytda bo'lajak 
iqtisodiy modellaming asoslari vujudga kelgan edi. Bu g‘oya klassik iqtisodiy 
maktab ta’limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin 
egallaydi. Shu bilan birga, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtayi 
nazaridan fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va o'tkinchi 
xarakterga ega bo‘ldi, chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi 
o‘zgarishlar nisbatan mukammal g‘oyalar ishlab chiqilishi zarurligini 
taqozo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa, boylikning asosi (sof 
mahsulot) faqat qishloq xo‘jaligi sohasi bilan chambarchas bog'liq qilib 
cheklab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi xato tez namoyon bo'lib qoldi, sanoat 
inqilobi natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlar tufayU fiziokratizm g'oyalari 
unutilayozdi.

Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin