bir qismini to‘laydi. Bu qiymatning ikkinchi qismini esa foyda
sifatida
o'zlashtiradi. Olim qiymat qonuni buzilayotir, deb e’lon qildi va
qiymatning mehnat nazariyasi kapitalizmgacha bo'lgan sharoitlarda
qo‘llanilishi mumkin, deb hisobladi. Uning fikricha,
qiymat faqat
«jamiyatning dastlabki holatida», kapitalist va yollanma ishchilar
bo‘lmagan, ya’ni oddiy tovar ishlab chiqarilishi sharoitlaridagina
mehnat bilan aniqlanadi (ekvivalentlik to'la mavjud).
A.Smit ishchi kuchi degan kategoriyani bilmagan, u ishchi o‘z
mehnatini sotadi deb o'ylagan. Shu sababli u kapitalizmda haq
to'lanmagan mehnatning o‘zlashtirilishini
qiymatning mehnat
nazariyasi asosida tushuntirib bera olmagan. A. Smit qiymatni daromad
bilan ham tenglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, foyda va renta
har qanday daromadning, har qanday almashuv qiymatining dast
labki uch manbayidir. Demak, Smit kapitalizmga xos yana bir qiymat
daromad nazariyasini o'ylab topdi, bu yerda daromad ish haqi
darajasi, foyda va renta bilan aniqlanadi. Qiymatni daromadlar asosida
tushuntirish olimning qiymatning
mehnat nazariyasiga qarama-
qarshidir. Bu g‘ayriilmiy konsepsiyadan boshqa siyosiy iqtisod namo
yandalari keng foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: