Daromadlar to‘g‘risidagi ta’Iimot
A.Smit kapitalistik jamiyatning sinfiy strukturasini baholashda ishlab
chiqarish vositalariga bo‘lgan munosabatga ko‘ra uchga bo‘ldi: ishchilar,
kapitalistlar va yer egalari.
Har bir sinf o ‘zining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi,
kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit turli qatlam va
oraliq guruhlar mavjudligini ham aniqladi va asosiy sinflar daromadni
oladilar, boshqa guruhlaming daromadi esa qayta taqsimlangan yoki
ikkilamchi ekanligini aytadi.
Ish haqi, ya’ni ishchining daromadi Smitning fikricha, mehnat
mahsuloti bo‘lib, mehnat uchun to‘lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy
takror ishlab chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab
chiqaruvchi bilan yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi.
Oddiy takror ishlab chiqarishda «ish haqi» ishchining butun mehnat
mahsulotiga teng.
Smit ish haqi masalasini F.Kene va V.Pettilardan boshqacharoq
hal etdi. Ma’lumki, V.Petti tirikchilik uchun zarur bo'lgan minimum
xarajatlar nazariyasini ilgari surgan, fiziokratlar ham shunday fikrda
edilar. Smit «tabiiy baho» tushunchasini ishlatgan va ish haqi tirikchilik
uchun zarur minimum xarajatlardan ancha ortiq bo‘lishi, bolalar
hayoti va tarbiyasiga oid xarajatlar ham hisobga olinishi kerak, ish
haqi milliy boylik o‘sishiga bevosita bog'liq degan fikrda edi.
Smit ta’limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo‘q, u kapitalist va
ishchi o‘rtasidagi munosabatda ishchi mehnati sotUadi deb hisoblaydi.
Ammo ish haqining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi
kuchining qiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to‘g‘risida
gap borganda esa tirikchilik xarajatlari qiymati hisobga olinishi kerak,
deydi. U, shuningdek, ish haqi miqdori o‘zgarishining mexanizmini
o‘rganib, uning quyi chegarasi jismoniy tirikchilik minimumi bo'lishi
kerak degan xulosalar chiqardi. Agar ish haqi undan past bo‘lsa, ish
chilaming ommaviy qirg‘ini ro‘y beradi, Hindiston va Xitoydagi
ishchilaming ish haqlari iqtisodiyotning tushkunlik yoki turg‘unlik
holatida jismoniy minimumga yaqinlashadi.
Angliya va Shimoliy Amerikada, ya’ni rivojlanish me’yorida yoki
tez sur’atlar bilan borgan davlatlarda ish haqi minimumdan yuqori
bo‘ladi, bundan tashqari, ish haqi an’ana, madaniy saviya, tarkib
topgan iste’mol me’yoriga ham bog‘liq. Ish haqi miqdorining o‘zgarishi
bozor mexanizmining harakati asosida shakllanadi, uning o‘zga-
rishining bevosita sababi mehnat bozoridagi talab va taklifning tebranib
turishi hisoblanadi. Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan
progress, statsionar - turg‘un va tanazzul - regressga uchragan holat-
larini farqlagan. Birinchisida boylik ko'payadi va mehnatga talab-ehti-
yoj ortadi. Statsionar holatda ishchilaming ahvoU og‘ir, tushkunlikda
esa ayanchli bo'ladi.
Smitning fikricha, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot - progressga
yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun
rag'batlantiradi. U ish haqini oshirish mehnatga bo‘lgan layoqatni
kamaytiradi, ishchilami dangasa qilib qo‘yadi, degan g'oyalarga qarshi
edi (buni V.Pettining fikrlari bilan solishtiring). Yollanma ishchilar
aholining asosiy qismini tashkil etadi va bironta jamiyat, shubhasiz,
agar uning asosiy qismi kambag'al va og‘ir ahvolda bo‘lsa, baxtli
jamiyat bo‘la olmaydi.
Olimning davlat xizmatchilari, advokat, sudya, ruhoniy va
o‘qituvchilaming ish haqlari to‘g‘risidagi fikrlari diqqatga sazovordir.
U, ayniqsa, oliy o'quv yurtlarida «natijaga qarab haq to‘lash»ning
yo‘qligini qattiq tanqid ostiga oladi. Uning asosiy fikri shuki, cheklangan
maosh olayotgan o‘qituvchi hech qachon to‘la kuch bilan ishlamaydi,
chunki u bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq to‘lash qanchalik
ziyon keltirsa, ortiqcha ko‘p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi.
A.Smit sohibkorlarga ishchilar sinfining qashshoqligi uning
manfaatlariga qarama-qarshi ekanligini uqtiiadi va hatto foyda kamaygan
holda ham ish haqi oshishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma
ishchi mehnatiga to‘lanmagan mahsulotdir, degan A.Smit qo‘shimcha
qiymat kelib chiqishining haqiqiy sababini aniqlashga yaqinlashgan.
Chunki foyda kapitalist bilan bevosita bog‘langan, bunda ishchi o‘z
mehnat samarasini kapitahst bilan bo‘lishishga majbur bo'ladi. Bu
holatda foyda yangi paydo bo'lgan qiymat bilan ish haqining farqi
ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan tovaming bir qismi tegadi, xolos.
Qolgan qismini kapitalist foyda sifatida oladi. Amalda foyda qo‘shimcha
qiymatdir. Fiziokratlardan farqli ravishda, ASmit qo‘shimcha mahsulot
faqat qishloq xo'jaligida, iste’mol qiymatlaming ortishi hisobigagina
emas, balki xodimning mehnati yaratgan yangi qiymatdir, degan
to‘g‘ri xulosalarga keldi. Ammo boshqa holatda u foydani boshqacha
tushunadi: yer egasiga rentani to'lagandan keyin sanoat kapitaUstida
qoladigan daromad, pul kapitali egasi ssuda foizini to'lagandan keyin
qoladigan daromad. Bu yerda foyda xizmat chi kapitalistning korxona
daromadi sifatida amal qiladi. Smit bu holdagi foydani korxonani
boshqarish bilan bog‘liq bo'lgan boshqa ko'rinishdagi ish haqi deb
e’lon qilishga qarshi chiqdi. U foyda miqdori korxonani boshqarishdagi
mehnatning miqdori va murakkabligiga emas, balki avans (bo‘nak)
qilingan kapitalning hajmiga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi.
Smit qo'shimcha qiymatga ilmiy izoh bera olmadi va uning paydo
bo'lish mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha avanslangan kapital
tufayli tug‘iladi, deb o‘yladi. Foyda normasining tekislanib borishini,
o‘rtacha foyda paydo bo‘lishi jarayonini sezgan olim bu orada yuzaga
keladigan qarama-qarshilikni ko‘ra olmadi. Agar qo'shimcha qiymat
to'lanmagan mehnat mahsuli bo‘lsa, u kapitalga proporsional bo‘la
olmaydi. Smit tarixiy rivojlanish tizimi «o'zgaruvchi kapital - qiymat
- qo‘shimcha qiymat»dan «yalpi avanslangan kapital - o‘rtacha foyda -
ishlab chiqarish bahosi» tizimiga o'tilganligini inkor etib, o‘rtacha
foydani qo‘shimcha qiymat bilan qorishtirib yubordi. Oqibatda Smit
qiymatga kapitalning unumi natijasi yoki kapitalistga uning faoliyati
uchun to'lanadigan haq sifatida qaraydigan bo'ldi. Shu fikr bilan bog'liq
ravishda u foizni to'lagandan keyin qoladigan foydaning bir qismi
kapitalni qo‘llash bilan bog'liq bo'lgan mehnat va tavakkalchilik uchun
to'lanadigan mukofot ko‘p hollarda arzimas mukofot yoki haq deb
gapira boshladi.
Smit foyda normasi va protsentning past darajasini iqtisodiy
rivojlanish va «millatning ravnaqi» ko'rsatkichi deb xarakterladi, ammo
foyda normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera
olmadi. U boy davlatlarda kapital ortiqligi, kapitalistlar raqobatini foyda
normasi pasayishiga sabab deb ko‘rsatdi.
Smit sohibkorlami progressiv ilg‘or sinf deb hisoblaydi, chunki
u kapital jamg‘arilishiga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat
yaratadi. U yirik yer egaligini qo‘llab-quwatlamagan, yer rentasi
yer egasining daromadini foyda kabi ishchining mehnat mahsulotidan
chegirilgan qismi, deb tushuntirgan. Smit rentani ijara haqidan ajratgan
va uning yemi yaxshilash uchun sarflangan kapitalga aloqasi yo‘q,
deydi, chunki bu yaxshilashni ko‘pincha ijarachi qoplaydi. Ammo
ijara shartnomasi yangilanganda yer egasi rentani oshiradi, yemi
yaxshilash go‘yoki uning hisobiga amalga oshirilgan bo‘ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asosida rentaning haqiqiy tabiati
ochib beriladi. Yer kapital kabi o‘zga mulk sifatida mehnatkashlarga
qarshi turadigan moddiy sharoit hisoblanadi. Yer xususiy mulkka
aylangach, ishchi o‘z mehnati yakunlarining bir qismini yer egasiga
qaytarishga majbur. Renta yerga xususiy mulkchilik monopoUyasi paydo
bo‘lishining oqibatidir. Yer unumi va joylashuvining turli bo'lishi ham
rentaga sabab bo'lishi mumkin, deydi Smit. Ammo unda absolut va
differensial renta tushunchasi bo‘lmagan (absolut renta yerga xususiy
mulk bo'lgandagina paydo bo'ladi, differensial renta esa har doim
mavjud). Fiziokratlardagi kabi tabiiy kuch ta’siri ham e’tiboiga olingan.
Bu variantda rentani hosil qilishda qishloq xo‘jaligi ishlari va ishchi
hayvonlari ishtirok etadi. Dehqonchilik kapital qo‘yish uchun eng
foydali, samarali soha deb hisoblangan. Uning renta to‘g‘risidagi boshqa
bir qancha fikrlari ham bor, lekin ular masalani o‘ta chalkash va
noto‘g‘ri talqin etadi.
|