langan mehnat bilangina emas, balki mehnat mahsulotining naflik
darajasi bilan ham o'lchanadi, bu katta yangilikdir. Shunday qilib,
Sey qiymatni iste’mol qiymati bilan aynan bir deb tushunadi. Demak,
qiymat va taqsimot muammosida taqsimot nazariyasi ajratib olinadi va
alohida qaraladi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, A.Smitgacha almashuv
qiymati foydalilik bilan bevosita bog'liq bo'lmasligi mumkin, masalan,
nihoyatda foydali, hayotiy zarur bo'lgan narsalar ham past qiymatga
ega bo'lishi mumkin, ayrim narsalaming esa umuman qiymati yo‘q,
bunga havo, buloq boshidagi suv va boshqalami ko'rsatish mumkin.
Bu masala bo'yicha turli fikrlar mavjud (marjinalizm g‘oyasining asosi
ham shu fikrdir). Iqtisodiyotning bu kategoriyasi davrdan, tarixdan
tashqari qaraladi va abadiy deb hisoblanadi, ekspluatatsiya inkor etiladi.
Qiymatni foydalilik bilan almashtirish oqibatida daromadlar masalasi
ham shu asosda yechib beriladi. Ishlab chiqarishda uch omil ishtirok
etadi (mehnat, kapital, yer) va ulaming har biri qiymatni hosil qilishda
ma’lum xizmatni amalga oshiradi. Uch omil uch xil daromadni yuzaga
keltiradi. Bunday tushuntirish nihoyatda sodda va yuzaki hisoblanadi.
Chunki unda ishlab chiqarish omillari to‘la huquqli hamkorlik asosida
uyg'un - garmonik harakat qiladi, hech qanday ekspluatatsiya tan
olinmaydi. Seyning izdoshi
Dostları ilə paylaş: