bilan «quyi sinflar»ning ahvoli yaxshilanadi va ular «yuqori sinflar»
safini to'ldirib boradi, deb o'ylagan. Sey sanoat to'ntarilishi bilan
vujudga kelgan salbiy hodisalami yumshatib ko'rsatishga urindi,
«kompensatsiyalar nazariyasi»ni ilgari surdi. Uning tasdiqlashicha,
mashinalar birinchi paytda ishchilami
ishdan siqib chiqaradi,
keyinchalik ular ishchilaming ish bilan bandligini oshiradi va mahsu-
lotlar ishlab chiqarishni arzonlashtirib, ishchilarga «eng yuqori foyda»
keltiradi. Shunday qilib, Seyning fikricha, kapitalizm davrida sanoat
to‘ntarilishidan ishchilar sinfi manfaatdordir. Oqibatda mehnat man-
faatlari kapital bilan «garmoniya»da — uyg‘unlikda bo'lishi «isbotlanadi»
(uyg'unlik nazariyasi).
Takror ishlab chiqarish nazariyasi
Seyning eng muhim kashfi-
yotlaridan biri «Sey qonuni», «bozorlar qonuni» yoki «sotish naza
riyasi» hisoblanadi. Fiziokratlar merkantilizmni tanqid qilganda shu
g'oyadan foydalanganlar. Unda shunday fikr keltiriladi: «Har bir odam
bir vaqtning o‘zida ham sotib oluvchi, ham sotuvchidir». Kenening
fikricha, hamma sotib olingan narsa sotilgan,
barcha sotilgan narsa
sotib olingan («Iqtisodiy jadval»ga e’tibor bering) bo‘ladi. Seyga asos-
lanib, J.M. Keyns «taklif shunga mos talabni yaratadi» degan fikmi
ilgari suradi. Bu fikr Sey g‘oyasini chippakka chiqarish uchun o‘ylab
topilgan, chunki u yoki bu tovar alohida-alohida ortiqcha ishlab chiqa-
rilishi mumkin. Vaholanki, barcha tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishi
mumkin emas.
Keynsning fikricha, Sey qonunini tan oluvchi barcha mualliflar
klassik deb atalishi mumkin ekan. Bundan
kapitalistik jamiyatning
takror ishlab chiqarishida «garmoniya» mavjudligi va oqibatda umumiy
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari «prinsipda bo‘lmasligi» isbotlana
di, ya’ni taklif avtomatik ravishda talabni vujudga keltiradi. Bu qonun
Maltusning «Nufus qonuni»ni eslatadi (keyinroq ko‘rib chiqiladi).
Agar barter (mahsulotni mahsulotga almashuv - T-T) iqtisodiyoti
ko‘zda tutilsa, bunda pul faqat hisob birligi bo'ladi, unga umumiy
talab barcha pulga almashtirilishi kerak bo‘lgan tovarlar qiymatiga teng
bo‘ladi, bunda esa ortiqcha ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qoladi.
M.Blaugning fikricha, «Mahsulotlar mahsulot uchun to‘lanadi»
qoidasining ichki va tashqi savdoda qo'llanilishi Sey qonunining mo-
hiyatidir.
Seyning «bozorlar nazariyasi» ko‘p munozaralarga sabab bo'ldi.
Haqiqatan ham, ibtidoiy davrda almashuv natural holda
olib borilgan,
ya’ni mahsulot boshqa mahsulotga ma’lum nisbatda almashtirilgan,
unda xarid qilish va sotish jarayonlari mos kelgan. Ammo eng oddiy
tovar muomalasida yoki xarid qilishda tovami sotgan odam darhol
boshqa tovar xarid qilmasligi ham mumkin bo‘lib qoldi. Sotish va
xarid qilish vaqt va makon jihatdan ajralib turadi,
shu tufayli inqiroz-
laiga abstrakt imkoniyat tug'iladi. Kapitalizm davrida bu imkoniyat
haqiqatga aylanib qoldi. Dastlabki kuchli iqtisodiy krizis 1825-yilda
ro‘y berdi va ma’lum qonuniyatlar asosida takrorlanib turibdi.
0 ‘z davrida Sismondi, Maltus va J.Mill bu qonun to‘g‘risida fflcr-
mulohazalar bildirdilar. Bunda kapitalistik xo‘jalikda tovarlaming bahosi
xo‘jalik konyunkturasiga mos ravishda absolut moslashuv va darhol
reaksiya qilish xususiyatiga ega deb hisoblanadi.
Hozirgi davrda ham bu masala bo'yicha iqtisodchilar o‘rtasida
neoklassik yo'nalish bilan keynschilik tarafdorlari orasida munozara
davom etmoqda (bu haqda quyida gapiriladi). «Sey qonuni»ning
ijobiy
tomoni shundaki, unga ko‘ra kapitalizm o‘z rivoji davomida o‘ziga o‘zi
bozor yaratadi, kelajagi bor jamiyat deb qaraladi va Sismondining
kapitalizm rivojiga qarshi fikrini inkor etadi, realizatsiya muammosini
hal etishda «Uchinchi shaxslar»ga ehtiyoj qolmaydi (bu haqda oldingi
bobda fikr yuritilgan).
Sey aigumentlariga asoslanib, buijuaziya demokratik davlat apparatini
qisqartirish, savdo va sohibkorlik erkinliklari to‘g‘risida
progressiv
g‘oyalar ilgari surildi.
Dostları ilə paylaş: