‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


«D»  harfi bilan, baho  esa «г» harfi bilan belgilanganda uning funksiyasi  D = f (p)



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   184
61aef8397723d3.50813536

«D» 
harfi bilan, baho 
esa «г» harfi bilan belgilanganda uning funksiyasi 
D = f (p) 
shaklida 
yoziladi. Kumo tadqiqotlarda birinchi bo‘lib grafika metodini qo‘llagan. 
Bunda tovar sotilish hajmining uning bahosiga bog‘liqligi ko'rsatiladi, 
ya’ni talab (egri chiziqi) paydo bo'ldi.
Kumo shuni ham ta’kidlaydiki, turU tovarlar uchun bu bog'lanish 
turlicha bo‘ladi. Uningcha, baholaming nisbatan uncha katta bo‘lmagan


o‘zgarishlari tufayli talab ancha keskin o'zgarishi mumkin. Bu talabning 
yuqori elastiklik holatidir. Va aksincha, baholar o‘zgarishi talabga kam 
ta’sir qiladigan holat talabning past elastikligidir. Oxirgi holat zeb- 
ziynat predmetlari va hatto eng kerakli mahsulotlarga ham tegishli 
bo‘lishi mumkin. Masalan, skripka yoki astronomik teleskopning 
bahosi ikki hissa pasayganda, ularga bo‘lgan talab deyarli o‘zgarmaydi, 
chunki bu buyumlar tor doiradagi muxlislarga kerak va ulami bu 
buyumlaming bahosi uncha qiziqtirmaydi. Boshqa tomondan, o‘tin- 
ning narxi ikki marta oshsa ham, unga bo'lgan talab kam, chunki 
qish sovug‘ida issiq o‘tirish uchun boshqa narsalardan voz kechiladi. 
Shunday qilib, talab funksiyasi turlicha bo‘ladi va turli egri chiziqlar 
bilan ifodalanadi, lekin muhimi, bu funksiya uzluksizdir, ya’ni 
bahoning cheksiz kichik o‘zgarishiga talabning cheksiz kichik o‘zga- 
rishi mos keladi. Bu iqtisodiy prinsip, ya’ni tamoyil bozor qancha- 
lik keng va iste’molchilar orasidagi kombinatsiyalar soni qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, shunchalik to‘laqonli amalga oshadi. Ba’zi hollami istis- 
no qilganda, uzluksiz fimksiyalami differensiyalash mumkin. Kumo 
birinchi marta oliy matematika (matematik analiz)ni iqtisodiyotga bevo­
sita qo‘llash mumkinUgini isbotlab berdi va bu favqulodda muhim va 
kelajagi bor bo'lgan talab va tovaming bahosi o‘rtasidagi o'zaro 
bog‘lanish misolida qarab chiqilgan.
Mazkur tovaming ma’lum P D yoki P f(p) ko'paytma soni uchun 
umumiy tushum, ya’ni pul miqdori funksiyasi v shaklida izohlanishi 
mumkin. Kumo bu funksiyani differensiyalaydi va uning maksimumini 
qidiradi, bunda har bir tovar ishlab chiqaruvchi «iqtisodiy odam» 
sifatida o‘z daromadining imkoni boricha yuqori bo‘lishiga intiladi. Turli 
o'zgartirishlar orqali eng yuqori tushum (daromad)ga tegishli tovar 
bahosi topiladi.
Bu baho talab funksiyasi ko'rinishiga, ya’ni uning elastiklik 
(egiluvchanlik) xarakteriga bog‘liq. Ravshanki, har doim ham eng 
yuqori baho maksimum tushumni beravermaydi, bir qancha 
sinovlardan so‘ng sotuvchi tomonidan belgilanadigan aniq bir baho 
tufayli eng katta daromad olinadi. Kumo o‘z tahlilini eng oddiy holatdan 
boshlaydi, masalan, tabiiy monopoliyani oladi. Masalan, bir odam 
xususiyatlari bo‘yicha juda noyob ma’danli suv chiqadigan buloqqa 
egalik qiladi, deylik. Suv egasi eng yuqori daromad olish uchun qanday 
bahoni qo‘yishi kerak? Bu savolga javob berish uchun Kumo nisbatan


ancha murakkab bo‘lgan holatlarga o‘tadi, yangi omiUami (ishlab 
chiqarish chiqimlari, raqobat va boshqa cheklashlar...) kiritadi.

duopoliya
(2 ta raqobatchi monopoliya), soni cheklangan 
raqobatchilar va erkin raqobat (ko'pchilik) holatlami tahhl qiladi. 
Shunday qilib, Kumo modelida XIX asrda ro‘y bergan tarixiy taraqqiyot 
jarayonlarga teskari (aslida rivojlanish erkin raqobatdan monopoliyaga 
qarab borgan) holatlar qarab chiqilgan.
Butun tahlilda yagona uslubdan foydalanilgan, bozor sharoitiga qarab 
talab funksiyasining ekstremal miqdorlari turli holatlarda aniqlanadi. 
Bu tadqiqotning matematik aniqligi va mantiqiyhgi kuchli taassurot 
qoldiradi. Bu olimning asarlari va iqtisodiy g‘oyalari o‘z davrida to‘liq 
tushunilmadi, ko‘pchilik uchun u chet tili kabi notanish bo‘ldi.
Kumo konsepsiyasida mehnatning kapital tomonidan ekspluata­
tsiya qilinishi, inqirozlar va kapitalizmning boshqa illatlari inkor etiladi. 
U muomala sohasida vujudga keladigan baholamigina tahlil etadi va 
ishlab chiqarish bilan bog'lanmaydi.
Deyarli Kumo bilan bir vaqtda (hatto undan sal oldin) nemis 
olimi Iogann 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin