«Savdo boyligi
to‘g‘risida...»
kitobida (1803) sanoat to‘ntarihshining ijtimoiy-iqtisodiy
mazmuni va imkoniyatlarini yuksak baholadi. S.Sismondi Angliyaga
ikkinchi marta borib kelganidan keyin endi kapitalizmni, shuningdek,
klassik maktabni qattiq tanqid qila boshladi.
«Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga
munosabatlari» (1819) kitobi uning shuhratini yanada oshirdi.
S.Sismondi odamlar baxt va tenglikni ta’minlash uchun birlashdilar,
degan fikrga asoslanadi. U mayda ishlab chiqarishni ko‘klarga ko‘tarib,
maqtaydi, mehnatkashlaming manfaatlarini himoya qilishga intiladi,
hammaga hamdardlik bildiradi, fabrikaga oid qonunlami tabriklaydi,
bolalar mehnatining ekspluatatsiya qilinishini qoralaydi. Kapitalizmni
ijtimoiy adolatdan mahrum bo'lgan jamiyat deb ma’lum qiladi.
S.Sismondi iqtisodiy qarashlarining sistemasida daromad to‘g‘risidagi
ta’Iimot alohida o‘rin olishini kitob nomining o'ziyoq ko'rsatib turibdi.
U taqsimotning ko‘pdan-ko‘p muammolari to‘g‘risida fikr bildiradi.
Kapitalni, krizislami, mahsulotni realizatsiya qilish masalalarini tadqiq
etadi, jamiyatni o‘zgartirishning mayda buijuacha dasturini ilgari suradi.
A. Smitning ta’limotida mehnat qiymat va boylikning birdan-bir
manbayi deb tahlil qilingan edi. Zarur ish vaqti tushunchasi birinchi
bor joriy etildi. S.Sismondi pul ichki qiymatga ega bo‘lgan mehnat
mahsulotidir va shu sababli qiymatning umumiy mezoni tarzida
namoyon bo'ladi, degan to‘g‘ri xulosaga keldi. Pulning qadrsizlanishi
qog'oz pullar muomalaga chiqarilishi haddan oshib ketishining natijasi,
deb talqin etiladi. Ammo u pulning vujudga kelishi jarayonini, uning
vazifasini tadqiq etmaydi. S.Sismondi iste’mol qiymat o‘rtasidagi
ziddiyatni ko'ra bilgan bo‘lsa ham, ammo uning mohiyatini
tushunmaydi. U qiymatdan chetga chiqishni qiymat qonunining
buzilishi deb hisoblaydi. S.Sismondining ta’biricha, ijtimoiy fan ikki
qismdan: oliy siyosat va siyosiy iqtisoddan iborat. Siyosat davlat
tartibining qanday vujudga kelishini o'rgatsa, fuqarolami diyonat va
din ruhida tarbiyalasa, siyosiy iqtisod xo'jalikni qanday boshqarishni,
ijtimoiy tartibni saqlashni hukumatga tavsiya qilishi kerak. Umuman,
siyosiy iqtisod ma’naviy fan bo'lib, u odamlaming his-tuyg‘ulari,
ehtiyojlari va ehtiroslarini o'rganishi kerak. S.Sismondining fikricha,
«odamlaming moddiy farovonligi, inson tabiati» siyosiy iqtisod
predmeti bo'Ushi kerak, bu esa davlatga bog‘liq. S.Sismondi siyosiy
iqtisod predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan ayni bir narsa
deb bildi, uni sinflardan ustun turadigan fan deb talqin etdi. Ishlab
chiqarish munosabatlarini, iqtisodiy qonunlami bilish zarurligini
inkor qildi. U insonning fe’l-atvorini birinchi o'ringa qo‘ydi.
S.Sismondi uslubiyatiga 1. ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami subyek-
tiv-ideaUstik talqin etish; 2. ilmiy abstraksiya usulining yo'qligi; 3.
tarixdan tashqari yondashuv; 4. ayirboshlash konsepsiyasi xosdir.
Mayda buijua nazariyotchisi bo‘lgan S.Sismondi iqtisodiy qonunlaming
obyektiv xarakterini tan olmadi. U kapitalistik iqtisodiyotning notekis
rivojlanishini haqli ravishda ko'rsatgan bo‘lsa ham, bu narsa iqtisodiy
qonunlar amal qilishining o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi ekanligini
ko‘ra bilmadi. U o'zining rahmdillik bilan (sentimental) qilgan tanqidini
ijtimoiy fanning alohida usuli darajasiga ko‘tarishga intildi. S.Sismondi
insonni unutib, abstraksiyaga berilgan A. Smit va uning tarafdorlarini
qattiq tanqid qildi. U kapitalizm ko‘p mamlakatlarda amal qila boshlagan
bo'lishiga qaramay, kapitalistik rivojlanishdan voz kechish mumkinligini
asoslamoqchi bo‘ldi. U iste’mol ishlab chiqarishdan ustun degan fikrga
asoslandi. Butun iste’molni shaxsiy iste’moldan iborat deb bildi.
S.Sismondi kapitalizmni antagonistik jamiyat deb bildi va shu bilan
klassik iqtisodiy maktabning namoyandalaridan ilgarilab ketdi. U
kapitalizmning o‘ziga xos xususiyatini — boylikning oz sonli kishilar
qo'lida to'planishi va ko'pchilik mehnatkash aholining chor-nochor
kun kechirishini, jamiyat bilan xususiy sohibkoming manfaatlari bir-
biriga mos emasligini, qishloq xo‘jaligining savdodan va sanoatdan
orqada qolayotganini ko‘rsatdi. S.Sismondi burjua boyligining
ko‘payishini bosh vazifa va iqtisodiy taraqqiyot mezoni deb hisoblashdan
voz kechdi, «kapitalizmning ziddiyatlari» masalasini birinchi bo‘lib
maydonga tashladi va tahlilni yanada davom ettirish vazifasini qo‘ydi.
Klassik maktabga qarama-qarshi o‘laroq mayda tovar ishlab
chiqaruvchilaming xonavayron bo‘layotganini, «ortiqcha» aholi paydo
bo‘layotganini, mashinalar ishchilami siqib chiqarayotganini ko‘rsatdi,
biroq kapitalizm ziddiyatlarining asl sababini payqay olmadi. S.Sismondi
klassik maktabning krizislar bo'lishi mumkin emas va kapitalizm
ziddiyatlar nimaligini bilmaydi degan mulohazalarini tanqid qildi. Uning
tarixiy xizmati mana shundan iborat.
Shu bilan birga, S.Sismondi kapitalizmning ilg‘or mazmunini, uning
feodalizmdan ustunligini tushunmadi. U kapitalizmni romantik tarzda
g‘ayri ilmiy asosda tanqid qildi, kapitalistik tuzumning imkoniyat-
lariga mayda burjuaziya nuqtayi nazaridan baho berdi.
U kapitalizmni tartibga solish, mayda hunarmandlaming sex tuzumi
tarzida orqaga qaytish ehtimoli bor, deganlarida ham mayda buijuacha
romantizm namoyon bo‘ldi. S.Sismondi revolutsiyaga qarshi, u
kapitalizmni isloh qilish, uni tiyib turish tarafdori.
Milliy daromad va kapital S.Sismondining iqtisodiy qarashlari
sistemasida yetakchi muammodir. U o‘zining «Siyosiy iqtisodning yangi
ibtidolari» asarining dastlabki uch bobini ayni shu muammoga
bag'ishlaydi. A.Smitdan keyin S.Sismondi ham daromadlaming uch
turini: foyda, renta va ish haqini alohida ajratib ko'rsatadi, dastlabki
ikki tumi umumlashtirib, ustama qiymat tushunchasidan foydalanadi,
ulami ichki mahsulotdan chegirma deb hisoblaydi. Biroq S.Sismondi
shu tariqa qo'shimcha qiymat nazariyasini maydonga tashladi deb aytish
uchun asos yo‘q. U ish haqi ishchi mahsulotining jami qiymatiga teng
bo'lishi kerak deb aytish bilan birga, shu zahotiyoq kapitalistning
kapital yaratish sohasidagi «dastlabki mehnati» uchun unga odilona
mukofot deb, rentani esa yeming ehsoni deb e’lon qiladi. A.Smitning
iqtisodiy taraqqiyot davomida ish haqi oshishi xususidagi umidiga
S.Sismondining qo'shilmaganligi uning ijobiy jihatidir.
S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan «boyliklardan olingan
foyda» va ishchi ish haqining yig‘indisi bo‘lmish milliy daromad
muammosiga o‘tadi. Milliy daromad bilan yalpi mahsulot aynan bir
narsa deb bilganligi uning asosiy nazariy xatosidir. Agar u birlamchi
mahsulotda A. Smitning izidan borib uch qismdan: xom materialning
va mehnat qurollarining o‘mi qoplanishini, ish haqi va foydani ajratgan
bo‘lsa, yig'indi mahsulotdan faqat so‘nggi ikki qismni ajratadi. Doimiy
qism yo‘q bo‘Hb ketadi.
Kapital deganda S.Sismondi ishlab chiqarish zaxiralarini (ishlab
chiqarish vositalarini) tushunadi. U kapital jamg‘arilishini tejamkorlik
bilan bog‘laydi. S.Sismondi asosiy mashinalar, ish qurollari va aylanma-
lar, urug‘lik, xomashyo, ish haqi kapitalini bir-biridan ajratib,
A.Smitning hamma xato va yutuqlarini takrorlaydi. U kapitalni doimiy
va o'zgaruvchi kapitalga ajrata bilmadi. Oxir-oqibatda S.Sismondi
kapitalning milliy daromaddan farqini izohlay olmadi va buning usti-
ga ASmitning shu ikkisi o‘rtasidagi tafovutni nazariy jihatdan isbot-
lash yo'lidagi intilishlarini pisand qilmadi.
S.Sismondi kapitalistik aholi nufusi jarayonini tahlil etishga harakat
qildi. U iqtisod fanida birinchilardan bo‘lib foydani ko'paytirish
manfaatlari yo‘lida mashinalami joriy etish ishsizlar vujudga kelishiga
olib boradi, ishsizlaming mavjudligi esa ishlab tuiganlaming ahvolini
yomonlashtiradi degan faktni tan oldi. Ammo S.Sismondi ortiqcha
aholini kapitaUstik fabrika mexanizmining zarur tarkibiy qismi deb
bilmadi. S.Sismondi kapitaUstik fabrika nochor ishchini kelajakka
boqqanda kelgusini ko'rmaslikka o‘rgatganligini, undagi ahloqiy
tuyg‘ulami siyqalashtirib yuborganUgini ishsizlar paydo bo'Ushining
sabablaridan biri deb hisobladi. U din ishchilaming «nojo‘ya nikoh»larini
qoralamayotganligini aytib, dinga hujum qUdi.
«Uchinchi shaxslar» nazariyasi S.Sismondi nazariy qarashlarida
asosiy o‘rin tutadi. U ishlab chiqarish va ijtimoiy daromad hajmlarining
birUgini ijtimoiy mahsulotni to‘la-to‘kis realizatsiya qilishning asosiy
sharti deb biladi. Bunday tenglikka avtomatik tarzda o‘z-o‘zidan
erishilmaydi deb hisoblaydi. Aksincha, yirik sanoatning rivojlanishi
ishlab chiqarishning muqarrar ravishda iste’moldan o'zib ketishiga
oUb boradi. Kapitalizm qiymat va «ustama qiymat»ni realizatsiya qilish
muammosini keltirib chiqaradi, yalpi ortiqcha ishlab chiqarish krizisi
kapitaUzmga xos xususiyatdir. S.Sismondining o'ylashicha, ichki
kapitalistik bozor qisqarib boradi, chunki ishchilaming daromadlari
kamayadi. Kapitalistlar o‘z daromadining bir qismini iste’mol
qilmaydi, balki jamg'aradi, mayda ishlab chiqaruvchilar xonavayron
bo'ladi va ulaming iste’moU kamayadi. Vaziyatni tashqi bozorlar
yengiUashtirishi mumkin. Ammo bunday bozorlami qidirish tobora
qiyinlashadi. Kapitalizm maqbul va mumkin ham emas.
S.Sismondi «uchinchi shaxslar», ya’ni mayda ishlab chiqaruvchi-
larga madad berishga umid bog‘laydi. U buijua mamlakatlarining
hukumatlariga murojaat etib: «Kapitalistik rivojlanishni to‘xtatinglar»,
- dedi. Jamiyat mayda ishlab chiqarishga qaytgan taqdirdagina mo‘l-
ko‘lchilik boshlanar emish. S.Sismondining tutgan o‘mi - takror
ishlab chiqarish asosiy qonunlarini tushunmaslik natijasidir. Ishlab
chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi ziddiyatni, takror ishlab chiqarish
ziddiyatini, shaxsiy iste’molning takror ishlab chiqarish jarayonlari
uchun muhimligini tan olganligi S.Sismondi o‘rtaga tashlagan
konsepsiyaning ijobiy jihatidir.
S.Sismondi iqtisodiy krizisni daromadlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik
deb tushunadi, ayrim olimlar chinakam ilmiy nazariya — kapitalizm
sharoitida ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi nomuvofiqlikni
tan oladi, biroq unga tobe o‘rin beradi deb ta’kidlaydi. Yetarli iste’mol
qilmaslik nazariyasi krizislar arafasidagi davrda ishchilaming iste’mol
quwatining oshib borishi, yetarsiz iste’mol qilish esa kapitalizmdan
awal ham mavjudUgi, ammo krizislar faqat kapitalizmning belgisi
ekanligi va surunkali bo'lmasligi vaziyatini izohlay olmaydi. Iqtisodiy
krizislaming haqiqiy sababi ishlab chiqarishning ijtimoiy xarakteri
bilan iste’molning xususiy xarakteri o‘rtasidagi ziddiyatdir.
S.Sismondi kapitalistik yo'ldan voz kechishni taklif qildi, kapita
lizmni tartibga solishga, ishchilar bilan kapitalist o‘rtasida patriarxalchilik
munosabatlarini o'rnatishga, ishchilarni foydani taqsimlashda
qatnashtirishga, ishsizlar va nogironlar haqida g‘amxo‘rlik qihshga va
buning uchun maxsus fondlami vujudga keltirishga, mayda ishlab
chiqarishni saqlab qolish va qo‘llab-quwatlashga, manufakturaga
bo‘lgan yirik mulkchilikni ko‘p sonli kapitalistlar o'rtasida taqsimlashga
chaqirdi. U yollanma ishchilami ham mulkdorlar sinfi safiga qo‘shishni
orzu qildi. S.Sismondi davlatning yordamiga umid qildi.
Uning ijtimoiy tadbirlar dasturi mayda buijuacha va reaksion
xayolparastlik xarakteriga ega. S.Sismondi obyektiv tarixiy jarayonga
to'sqinlik qilishga urindi. Shu sababli u reaksioner bo‘lib qoladi, o‘z
mulohazalarini Fransiyada hali ham kuchli bo'lgan feodal tuzum
himoyachilariga qo‘l kelishini sezmadi.
XIX
asr oxirlarida rus narodniklari S.Sismondining xulosalarini
ko‘klarga ko‘tarib maqtaganUklari sababli Lenin S.Sismondining
iqtisodiy qarashlarini batafsil tahlil etish zarur deb bildi. Chunki
S.Sismondining xulosalarini bunday maqtash marksizmning iqtisodiy
ta’limotini yoyishga xalaqit berar edi. U o‘zining
Dostları ilə paylaş: |