Bundan shunday xulosa chiqadiki, foyda o‘tgan mehnat hisobiga emas,
balki kundalik mehnat tufayli yuzaga keladi. Lekin asosiy kapital o‘z
egasi uchun mehnatdan ustunlik qilish vositasi hisoblanadi. Yuqorida
aytilganlarning barchasidan T.Godskinning ikkinchi tezisi kelib chiqadi:
kapitalist tomonidan o‘zlashtirib olingan foyda ishchilaming mehnatdan
oladigan to‘liq mahsulot huquqini buzish demakdir. Bu zo‘ravonlik
kapitalistlar tomonidan mehnatning bo‘ysundirilishi bo'lsa, ulaming
hokimiyati ishchi mahsulotni o'zlashtiradi. T.Godskinning aytishicha,
jamiyatdagi barcha jamg‘arma kapitalistlar tomonidan amalga oshiriladi.
Lekin mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlami va kapitalistga
foyda ko'rinishida tegadigan mahsulotni ham faqat ishchi ishlab
chiqaradi. Foyda ko‘p bo‘lgan sari ish haqi kam bo‘lishini ko'rsatib
o‘tadi. «Haqiqiy adolatni tiklashning birdan-bir vositasi yoki chorasi
ishchilami kasaba uyushmalariga birlashtirishdir», - deb hisoblaydi olim.
J.Grey yoshlik yillaridanoq R.Ouen pamfletlarini o‘qib, ulami
targ'ibot qildi. 1825-yilda u o'zining
«Inson baxti haqida ma’ruzalar»
kitobini nashr qildirdi. XIX asming 20-30-yillarida ingliz ishchilarining
sevimli kitobi bo‘lgan bu asar R.Ouen ta’siri ostida yozilgan edi.
J.Greyning fikricha, jamiyat uch kategoriyadagi kishilaiga bo'linadi:
birinchisi
ishchilar, ular barcha moddiy boyliklami yaratuvchilardir.
Ikkinchisi shifokor, o'qituvchi va boshqalardir. Uchinchisi esa «mustaqil
sinflar»dir.
«Bu mustaqil sinflami tashkil qiluvchi kishilar ikki xil holatga
bogliqdir. Birinchidan, atrofdagilamingmehnatsevarligiga, ikkinchidan
nohaqlikning mavjudligiga. Bu esa ular ustidan hukmronlik qilish
imkoniyatini beradi.».
Olimning fikricha, jamiyatning asosini ayirboshlash munosabatlari
tashkil qiladi. Kishilar orasidagi boshqa barcha munosabatlar esa mana
shu munosabatlar ustiga quriladi. Qashshoqlikning bosh sababchisi
esa raqobatdir. 1831-yilda J.Greyning
«Ijtimoiy tartib», «Ayirboshlash
asoslari haqida harakat» nomli asarlari e’lon qilindi. Bu asarlar siyosiy
iqtisodga oid asarlar hisoblanib, unda ishlab chiqarish, taqsimot, aholi
nufusi, soliq va soliqqa tortish muammolari,
shuningdek jamiyatda
ayirboshlash tartibini qayta tashkil etish ko‘rsatiladi.
Umummilliy savdo palatasi tashkil etilib, u barcha tarmoqlar -
dehqonchilik, sanoat va savdo ishlari boshqaruvini tashkil etadi.
Yer va kapital egalari o‘z mulklarini mazkur boshqaruv apparatiga
bir yilcha awaldan belgilangan mukofot hisobiga topshirib, o‘zlarini
turli tavakkallardan xalos qiladilar. Barcha xo‘jalik ishlariga rah-
barlikni palata topshirig‘iga ko‘ra amaldorlar yoki ziyolilar olib bora-
dilar. Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari milliy savdo omborlarida
saqlanib, o‘sha yerdan savdo do‘konlariga sotuvga chiqariladi.
Jon Brey. J.Breyning «Mehnatga nisbatan adolatsizlik va uni
bartaraf etish yo‘Dari» nomli kitobi 1839 yilda nashr qilindi. T.Godskin
va J.Greyning pamfletlari kabi Breyning
kitobi ham katta shuhrat
qozondi. U ham ishchilar orasidan yetishib chiqqan bo‘lib, bosma-
xonada harf teruvchi va muqova qiluvchi bo‘lib ishlar edi. Dunyoda
adolatsizliklar qayerdan vujudga keUshini, jamiyat va davlat nima
ekanligini,
mehnatning zaruriyati, kapital jamg‘arish va ayirboshlash
xususiyatlarini o‘rganishga o‘z e’tiborini qaratdi.
Uning fikricha, ayirboshlash tengsizligi bir sinfga hech narsa bilan
shug‘ullanmaslikni va dabdabali yashashni ta’minlaydi, boshqa bir
sinfni og‘ir mehnatga mahkum etadi.
J.Brey hech qanday siyosiy saylov islohotlari bu tartibni o'zgartir-
maydi, deydi. Mavjud tartibdagi ishchilar sinfi qanchalik aqlli, yuqori
ma’naviyatli yoki mehnatsevar kuch bo'lishidan qat’i nazar, to‘g‘rilab
bo'lmaydigan qullikka mahkumdirlar. Shuning bilan birgalikda, u
ishchilar sinfining
kurashi kishilarga qarshi emas, balki tuzumga
qarshi, u kapitalistlar bilan yoki kapital bilan emas, balki kapitalni
qo‘llash usuli bilan ekanligini uqtiradi.
12.4. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari
Sismondi Prudon, qisman Smit, Rikardo,
xayoliy sotsiaUstlar va
boshqalar kapitaUstik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib
bergan edilar. Ana shu Ulatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va
kapital, ishchilar va sohibkorlar o'rtasidagi qarama-qarshilik tobora
ortib bordi. 1831-34-уШаг Fransiyada Lion to‘quvchilari, 30-40-yiUarda
AngUyadagi vuddistlar va chartistlar harakati ishchilar sinfining musta
qil sinf sifatidagi chiqishlari edi. 1844-yilda Sileziya to‘quvchilarining
qo‘zg‘oloni Germaniyadagi inqilobiy harakat darakchisi bo‘ldi. 1848-
yilda buijua inqilobi tufayU marksizmning vujudga kelish jarayoni yanada
kuchaydi. Awalgi davrdagi iqtisodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola
boshladi.
Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va awalgi davrdagi
bir qancha iqtisodiy g‘oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy
maktab, utopik sotsializm ta’limotlari tufayli marksizm shakllandi.
Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda, bozor iqtisodining
bekam-u ko‘st emasligi, uning ijobiy tomonlari bilan birga hal etilishi
shart bo'lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy ta’Iimot
paydo bo'lishiga turtki bo'ldi.
12.5. K.Marksning iqtisodiy ta’limoti
K.Marksning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo‘lib, unda asosiy
iqtisodiy g'oyalar ilgari suriladi (1-jildi 1867-yilda nashr etilgan).
Marksning iqtisodiy merosida klassik maktab g'oyalari asosiydir. Bu
olimning tadqiqot predmetida iqtisodiyotda ishlab
chiqarish sohalari
muammolaming tahlili ustuvordir. V.Petti tadqiqotlariga baho berib,
ishlab chiqarishning buijua munosabatlarini ichki aloqalari o‘rga-
nilishini ta’kidlaydi.
Tadqiqot uslubi boshqa olimlardan keskin farq qilmaydi, iqtisodiy
jarayonlar siyosat va davlatga nisbatan ustuvor hisoblanadi, ammo
kapitalizm va shunga muvofiq xo'jalik yuritishning bozor mexanizmi
o'tkinchi deb qaraladi.
Dostları ilə paylaş: