‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   184
61aef8397723d3.50813536

22.3. Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va
yangi asr strategiyasi
Xalqaro mezonlar va demokratik talablarga to‘liq javob beradigan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bo‘limi (Jamiyat va 
shaxs), XII bobida (Jamiyatning iqtisodiy negizlari)gi 53- moddada: 
«Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan 0 ‘zbekiston 
iqtisodiyotining negizini хИта-хИ shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat 
iste’molchilarining huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, 
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining 
teng huquqliligini va huqiqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini 
kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat 
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va 
tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin», - deb belgilangan. 
Ushbu modda iqtisodiy munosabatlaming huquqiy kafolatlarini bayon 
etadi va barcha iqtisodiy islohotlar tizimiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Konstitutsiyamizning hamda xalqimizning o‘ziga xos xususiyatlari 
va ilg‘or jahon tajribalarini uyg‘unlikda mujassamlashtirilgan — dunyoda


«o‘zbek modeli» deb e’tirof etilgan iqtisodiy islohotlar modelining 
asosiy muallifi I.Karimov «inson islohot uchun emas, islohot inson 
uchun xizmat qilishi kerak» deb ta’kidlagan mezon muhim hisoblanadi.
Islohotlarning «o‘zbek modeli» nimalarga asoslanadi degan savolga 
quyidagicha javob berish mumkin:
• bozor iqtisodiyoti va demokratiya tamoyillariga asoslanadigan 
jamiyatni barpo etish;
• SSSR parchalangandan keyingi 0 ‘zbekistonning haqiqiy holati;
• xalqning mentaUteti va tarixiy an’analarga, islohotlarni amalga 
oshirishning u yoki bu sur’atlariga aholining tayyorlik darajasi;
• «Shok terapiyasi» dan voz kechish.
Demak, islohotlardan asosiy maqsad — yurtimizning yanada 
rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o‘zimizga 
munosib o‘rin egallashdan iborat.
XXI 
asr boshida 0 ‘zbekiston taraqqiyotining I.Karimov tomonida 
ishlab chiqilgan strategiyasida quyidagi muhim ustuvor yo‘nalishlar 
mavjud. Bular:
1. Iqtisodiyotning izchil o‘sishi va samaradorligini oshirish, demokratik 
bozor islohotlarini chuqurlashtirish asosida xalq turmush darajasining 
barqaror va uzluksiz yaxshilanib borishini ta’minlash hamda aholini 
kuchli ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.
2. Siyosiy va iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini erkin- 
lashtirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfa- 
atdor va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan 
kuchli mexanizmni shakllantirish zarur. Xususan, iqtisodiy sohani 
yanada erkinlashtirish maqsadida davlat boshqaruv rolini chegaralash, 
xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlaming mavqeyi va 
huquqlarini mustahkamlash, kichik biznes rivojlanishiga har tomonlama 
ko'mak berish hamda bozor infratuzilmasini keng rivojlantirish lozim.
3. Shaxsiy manfaatlami mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg‘un 
holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlami tarbiyalash 
asosida jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish lozim.
4. Har qanday muammolami amaliy yechishga qodir bo‘lgan kadrlar 
salohiyatini tayyorlashga erishish kerak. Chunki mamlakatning buyuk 
kelajagi bugungi kadrlar o‘miga zamonaviy fikr yuritadigan, o‘z xalqi 
va Vatani manfaatiga g'oyat adolatli avlod kelishiga bog‘liq.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish maqsadlari 
quyidagilarda ifodalanadi:


• iqtisodiyotning xomashyoviy bir tomonlama rivojlanishiga chek 
qo'yish;
• iste’molga tayyor tugallangan ishlab chiqarishga o‘tish;
• importga qaramlikni cheklash;
• eksport salohiyatini oshirish;
• istiqbolli sohalarga ustuvorlik berish, barqaror o‘sish;
• mehnat resurslarining oqilona foydalanilishini ta’minlash;
• milliy bozomi ichki ishlab chiqarish hisobiga to'ldirish va aholi 
talablarini to'laroq qondirish.
6. 
Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuv- 
Ukni, sarhadlarimizning daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yah- 
litligini ta’minlashdan iborat.
Ushbu yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar mamlakatimiz salo- 
hiyatining qisqa muddatlarda yuqori darajada rivojlanishini ta’minla- 
shga imkon berdi. Shuning uchun ham, 2005-2010-yillarda iqtisodiy 
salohiyatda erishilishi ko'zda tutilgan tarkibiy o'zgarishlar jumlasiga 
quyidagilar kiradi:
• qishloq xo‘jaligini yangi texnika bilan ta’minlash, qishloq xo'jaligi 
va unga bog‘liq bo'lgan sohalarning iqtisodiy munosabatlarini 
takomillashtirish;
• iqtisodiyotning yuqori samarali, eksportga yo‘naltirilgan tuzil- 
masini shakllantirish;
• iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini texnika bilan qayta jihozlash 
va yanada rivojlantirish;
• yengil va qayta ishlash sanoati korxonalarini texnika bilan qayta 
jihozlash va zamonaviylashtirish;
• yuqori texnologiya va ilm talab ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish;
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi islohotlarning yaqin
muddatdagi yo‘nalishlari quyidagilarga qaratilishni ko‘zda tutadi:
• budjetU tartibga solish darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish 
hamda budjet mablag'lari ishlatilishi samaradorligini oshirish.
• iste’molga ketadigan daromad emas, ko'chmas mulk, zeb-ziynat 
va qimmatbaho tovar va xizmatlar soliqqa tortilishi lozim, foyda- 
lanadigan resurslar (yer, suv, ko‘chmas mulk) ga soliq oshirilgani 
holda, birlamchi tarmoqlar, boshlang‘ich texnologik sikldagi soliqlami 
kamaytirish;
• iqtisodiyotning real sektoridagi moliyaviy vaziyatni sog‘lom- 
lashtirish uchun davlatning antimonopol va narx tartiblashtirish


faoliyatini oshirish, to'lovlar bo‘yicha inqirozlami yumshatish, baho 
disparitetiga barham berish;
• raqobatda afzallikka ega bo‘lgan qayta ishlash sanoati korxo- 
nalarining iqtisodiy o‘sish ustuvorliklarini aniqlash orqali mamlakat 
eksport samaradorligini oshirish;
• milliy valuta almashuv kursi barqarorligiga erishish.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin