‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


tub islohotlar zaruriyati



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   184
61aef8397723d3.50813536

tub islohotlar zaruriyati
Insoniyat XXI asrga kelib, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining 
mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga 
barham berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, 
0 ‘zbekiston Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va 
soxta mafkuraning oqibatlari quyidagilarda o‘z aksini topishi Respublika 
Prezidenti, akademik I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan:
1. Bir yoqlama rivojlangan, mo‘rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan 
markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat.
2. Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz 
foydalanishga hamda puxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiy tizim.
3. Mahalliy xomashyolami qayta ishlash quwatlarini ibtidoiy 
darajadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va butlovchi 
qismlar, shuningdek, yoqilg‘i ta’minotida markazga qaramlik.
4. Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go‘sht-sut mah- 
sulotlari)va boshqa xalq iste’moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi.
5. Paxta xomashyosi mahsulotlarining tashib ketilishi, oltin, 
qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar, 
jahon bozorida o‘ta xaridoigir bo‘lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlami 
ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydadan 0 ‘zbekiston xazinasiga 
tushmaslik.
6. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari samaradorligi ко‘rsatkichlarining salbiy 
darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi.
7. Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalaming 
cheklanganligi.


8. Qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush 
darajalaridagi farqning ortib borishi.
9. 0 ‘zbekiston ahoUsi turmush darajasi ko‘rsatkichlarining sobiq 
SSSRdagi eng oxirgi o'rinlardan biriga tushib qolganligi.
10. Ekologik muammolaming keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan 
ayovsiz foydalanish, yerlar sho‘rlanishining ortishi, cho‘1 zonalarining 
kengayishi.
Keltrilgan ma’lumotlar va dalillar asosida bozor munosabatlariga 
o'tish zaruriyati to‘g‘risida I.Karimov shunday degan:
«...Bozorga o‘tish muqarrar. Bu - davr amri, obyektiv reallikdir. 
Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlami shakl- 
lantirish, odamlar faoUyatining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga 
erishish uslubi va vositasidir» (Karimov I.A. 0 ‘zbekistonning o‘z istiqlol 
va taraqqiyot yo‘li. — Т., «0 ‘zbekiston», 1992, 44-bet).
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan 
ham kelib chiqadi. Tashqi omillar:
1. Jahon hamjamiyatining geopolitik tarkibida ijtimoiy dunyoqa- 
rashda chuqur sifat o‘zgarishlami amalga oshirish.
2. Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlaming kuchayishi.
3. Yagona xalqaro me’yorlar, qoidalar va andozalarga o'tilishi bilan 
yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlaming shakllanishi.
4. Sotsialistik deb atalgan lageming parchalanishi va ma’muriy- 
buyruqbozlik tizimining barham topishi.
5. Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha 
G ‘arbdan ortda qohshning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli.
Ichki omillar:
1. Mustabid tizim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy 
oqibatlari.
2. Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulk va shaxsning 
ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi.
3. Xarajatlarni tejashdan manfaat yo'qligi, pifovardida esa, 
resurslami samarasiz taqsimlanishining kuchayishi.
4. Mehnat unumdorligini oshirishni rag‘batlantirishning pasayishi 
va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi.
5. Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg'unlik.
6. Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik 
munosabati sifatida pinxoniy iqtisodiyotning kuchayishi.


7. Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta ’minlash 
samaradorligining pastligi.
8. Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va 
xo‘jaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining 
cheklanganligi. Natijada, quyi bo‘g‘inlarda 
xaridor va sotuvchi, 
iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog'liqlikni 
ta’minlashga ma’muriy rejalashtirishning salbiy ta’siri.
9. Korxonalararo raqobatning yo‘qligi tufayli samaradorlikka 
moyillikning pastligi.
10. Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investitsion talabning 
kuchayishi.
11. Sotsialistik xo'jalik yuritishda fondlaming markazlashgan taq- 
simotiga asoslanganligi tufayli ko'proq resurslar taqchilligi namoyon 
bo'ladi. Bozor iqtisodiyotida esa sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish 
qiyinchiligidan muhimroq hisoblanadi.
12. Korxonalaming pul mablag'lari bilan ta’minlashda yagona dav­
lat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mab- 
lag‘lari aylanmasidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosa- 
tining mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog‘lanmaganligi.
13. Davlat budjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo‘g‘indagi 
xo‘jaliklar daromadiga bog‘Uq bo‘lib, uning to'planishi va taqsimlanishi 
to‘liq markazlashtirilgan. Korxonalaming budjetdan moUyalashtirilishi 
zaxiralardan samaraU foydalanishni rag‘batlantirmagan.
Sobiq tizim o‘z iqtisodiy g'oyalarida ish kuchining qayerlardadir 
tovar sifatida sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o‘zidagi inson 
resurslariga e’tibor faqat kundalik moddiy ehtiyojlami arang qondirish 
darajasida qolib ketganligini inkor etadi. Keyinroq, 1999-yilga keUb, 
Prezidentimiz I.Karimov bu haqda ta’kidlaganidek: «Shunday ulkan 
salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatni kamsitadigan og‘ir ahvolga solib 
qo‘yib, u qonuniy, haqh ravishda o‘ziga qarashli bo'lgan mablag‘ni 
markazdan dotatsiya sifatida so‘rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga 
majbur edi. Boz ustiga, noinsoniy g‘oya hukmron bo'lgari mustabid 
tizim o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini
butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongini keng miqyosda 
zaharlar edi. Ulaming milliy va diniy tuyg'ularini qo‘pol ravishda 
kamsitar edi. 0 ‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini 
bilmaslik, ko‘plab odamlaming shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. 
Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilardi....


...Biz eski tizim o‘z o'mini osonlikcha bo‘shatib bermasligini, uning 
zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z ta’siri iskanjasi- 
dan chiqarmasligini yetarli darajada tasawur qilishimiz va hisobga oli- 
shimiz zarur edi».
Yuqoridagilami va boshqalami hisobga olgan holda, 0 ‘zbekiston 
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga o'tishni 
zarur deb topdi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin