Yangi sharoitda to ‘lov balansini tartibga solishda asosiy e’tibor
davlatning hisob stavkasiga ta’siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga
solish chorasi sifatida importni kamaytirish va eksportni rag'batlantirish,
buning uchun esa mehnatkashlaming ichki to'lov imkoniyatlari talabini
pasaytirish (deflatsiya yo'li) yoki milliy valutani devalvatsiya qilish
usuli taklif etiladi.
60-yillardagi iqtisodiy jarayonlar neokeynschilik metodlaridan voz
kechishga sabab bo'ldi, yana neoklassik yo‘lga qaytildi, ya’ni davlatning
iqtisodiy, shu jumladan, valuta ishlariga aralashuvi cheldandi, valutalar
kursining erkin tebranishiga imkon berildi. Bu esa, o‘z navbatida,
avtomatik barqarorlashuvga olib kelishi kerak edi. Ammo valuta kursi
o‘zgarib turishining to'lov balansiga ta’siri cheklangan xarakterga ega
bo'ladi (masalan, valutaning «suzib yuruvchi kursi» paytida bu narsa
aniq bo‘lib qoldi), chunki to'lov balansining barqaror emasligi
muomala sohasiga emas, balki ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq.
To'lov balanslari passivi davlatning chet eldagi xarajatlariga, ayniqsa,
turli harbiy-siyosiy aksiyalarga bog'Uq bo'ladi. Valuta kursining qalqib
turishining o'zi ham xalqaro valuta tizimining beqarorligini kuchaytiradi.
So'nggi yigirma yil ichida industrial rivojlangan mamlakatlar chega-
ralangan (fiksasiya qilingan), ammo har holda tartibga solinadigan
kursdan elastik valuta kursiga o'tib oldilar. Absolut elastik valuta kursida
almashuv kursi valuta bozoridagi teng kuchli valuta bahosida belgilanadi,
cheklangan kurs chog'ida esa valuta kursi Markaziy bank tomonidan
belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs bo'yicha xorijiy valutani har
qancha miqdorda olish va sotish majburiyatini o'ziga oladi.
Dostları ilə paylaş: