‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Asosiy tushuncha va iboralar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, musta- 
bid tizim merosi, o‘tish zaruriyatining omillari, «o‘zbek modeli», 
o‘tish davri davomiyligi, o‘tish davri bosqichlari, tartibga solinadigan 
bozor iqtisodiyotiga yondashuvlar, iqtisodiyot negizi, ustuvor yo‘na- 
lishlar, tarkibiy o'zgarishlaming maqsadlari, inson taraqqiyoti indeksi, 
islohotlarni tasniflash, yutuq va muammolar.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyati va uning 
oqibatlarini izohlang.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish deganda nimani tushunasiz?
3. 0 ‘tish davri davomiyhgi qancha bo‘lishi mumkin?
4. 0 ‘tish davridagi umumiy qoidalar nimadan iborat?
5. «0‘zbek modeli» nima?
6. Milliy iqtisodiyotning negizini nima tashkil etadi?
7. Milliy iqtisodiy islohotlar modelining xususiyatlari.
8. Islohot bosqichlariga oid qanday qarashlar mavjud?
9. Milliy iqtisodiyotning ilmiy-nazariy manbalarini kengaytirishga 
hissa qo‘shayotgan olimlar kimlar?


XOTIMA
Taniqli iqtisodchi olim Mark Blaugning ta’kidlashicha, iqtisodiyot 
fani va ta’limotlarining tarixi o‘ziga xos laboratoriyadir. Har bir iqtisodchi 
buni tushungan va tushunmagan holda bu laboratoriyani o‘zi bilan 
birga olib yuradi (Блауг М. Экономическая мыслъ в ретроспективе, 
с.659). Bu laboratoriya doim harakatda, doim izlanishda bo'lib, 
o‘tmishdoshlar tomonidan qoldirilgan intellektual merosni bilish 
muhimdir.
Oddiy tushunchalardan boshlangan iqtisodiy g‘oyalar tarixi 
davomida bir nechta muhim yo'nalishlami ajratish mumkin. Bular 
boylikning asosi muomala sohasida degan aqidaga asoslangan 
merkantilizm iqtisodiy ta’limotigacha bo‘lgan davr, merkantilizmning 
o‘zi, klassik iqtisodiy maktab, sotsialistik yo'nalish va marjinalizmdir. 
Hozirgi davr iqtisodiy ta’limotlarida vujudga kelgan uch asosiy 
yo‘nalish tamoyillari turli mamlakatlaming iqtisodiy siyosatlariga asos 
qilib olingan.
Sotsialistik deb atalgan yo'ldan borgan 28 davlat 90-yillar boshida 
bozor iqtisodiyotiga qaytishni yoki o‘tishni ma’qul deb hisobladilar. 
Bu davlatlaming bozor munosabatlariga o'tishi o‘ziga xos bo'lib, «o‘tish 
davri iqtisodiyoti» sifatida qaraladi. Albatta, bu o‘tish klassik mamla­
katlar (Angliya, Fransiya, AQSH, Germaniya va boshqalar) rivojlani- 
shidan ancha farq qiladi, chunki bu yerda gap ma’muriy-buyruqboz- 
likdan erkin bozor munosabatlariga o‘tish to‘g‘risida boradi. Ko‘pchilik 
mamlakatlarda o'tishning dastlabki qiyinchiliklari bartaraf etilib, normal 
rivojlanish davri boshlangan. Shu bilan birga, ko‘p yillardan buyon 
bozor munosabatlarida yashayotgan, ammo qoloqlik va qashshoqlik- 
dan chiqa olmayotgan davlatlar ham ko‘pligini alohida ta’kidlash ke­
rak. Demak, gap samarali bozor iqtisodiyoti to‘g‘risida borishi zarur.
Bozor iqtisodiyotining muhim afzallik tomoni shundaki, u barcha 
tadbirkorlar (sohibkor)lar uchun teng erkin imkoniyatlar beradi, 
xususiy mulk asosiy o‘rinni egallagani uchun yaratuvchanlikka rag'bat 
(ishtiyoq)qa sharoit yaratiladi, boqimandalik (ilgarigi sotsialistik


jamiyatdagi) kayfiyatini inkor etadi. Cheklangan moddiy-texnika 
resurslaridan samarali foydalanib, tobora oshib borayotgan talablami 
to‘laroq qondirish imkoni yaratiladi.
Ko‘rinib turibdiki, bozor munosabatlari rivojlanish uchun bir 
vosita, undan unumh foydalanib, yutuqqa erishayotgan mamlakatlar 
talaygina, ammo shu yo'ldan borayotgan, lekin qoloq davlatlar ham 
ko‘p. Gap shundaki, xuddi tabiatdagi kabi umumiy va xususiy holat- 
laming birligida. Masalan, bizga oq bo'lib ko‘ringan rang prizmada 
yettita boshqa-boshqa rangga ajraladi, undan esa minglab boshqa ranglar 
hosil bo‘ladi. Muzikada yettitagina nota mavjud, ammo undan minglab, 
millionlab ohanglar vujudga keladi.
Bozor tizimi hozirgi davr iqtisodiyotining eng samarali usulidir, 
ammo bu tizim bekam-u ko‘stmi degan savol tug'iladi. R.Xeylbroner 
va L.Tyugolaming fikricha, («Экономика для всех», с.296-298), 
bozoming uchta nozik joyi, muammosi mavjud.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin