‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


П b о b. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184
61aef8397723d3.50813536

П b о b. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING
YEMIRILISH DAVRIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR
Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V 
asridan G ‘arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab 
chiqarish usuli bilan almashdi.
Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm 
davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik, 
qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865-yillardagi fuqarolik urushidan 
keyin to‘la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan, Turkistondagi qullik 
davri ham shu davrda, ya’ni o‘lka Rossiya tomonidan bosib olingach, 
qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga 
ko‘ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab 
chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda yerga 
xususiy mulkchilik mavjud bo‘lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan, 
rasman ozod dehqonlami ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari
- feodallar yoki davlat dehqonlardan 
barshchina
(ishlab berish), 
natural
(mahsulot) yoki 
pul obrogi
(soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga 
ega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda 
ishlab chiqaruvchilar - dehqonlaming hamkorligiga asoslangan.
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan xiyla manfaatdor 
bo‘lgan, o‘zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo‘jalik 
mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab 
chiqarish kuchlari ancha o‘sdi. Feodalizm shu jihatdan awalgi ibtidoiy 
jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda 
hali ham qoloq texnika mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining 
rivoji sekin borgan. G ‘arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V 
asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi)dan buijua inqiloblari (XVII- 
XVIII asrlar), aniqrog'i, sanoat to'ntarilishi davrigacha yashadi. Ko‘p- 
gina mamlakatlarda (masalan, 0 ‘rta Osiyo, jumladan, O'zbekistonda) 
bu davr undan ham uzoq vaqtni o‘z ichiga oladi (III-XX asrlar).
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli bo‘lib, 
yerga egalikning qonuniy ekanligini ko‘rsatish, tovar-pul munosabatlari


muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan. 
0 ‘sha davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda tovar-pul munosabatlari 
(sudxo‘rlikdan tashqari) qo'llab-quwatlanad, shu bilan birga, feodal 
jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin