‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy g‘oyalarga qisqacha



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184
61aef8397723d3.50813536

2.2. G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy g‘oyalarga qisqacha
xarakteristika
G ‘arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o‘tdi: 
ilk feodalizm (V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar) va 
feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar).
Dastlabki davrda dehqonchilik xo'jalikning asosi edi, aholi o'rtasida 
keskin tabaqalanish ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank 
davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari 
shakllanishi (quldorlik formasiya shaklida tarkib topmadi - «Sali 
haqiqati», 481-614) qonunlar to‘plamida aks etgan. Bunda eski jamoa 
munosabatlari himoya qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim 
xo'jaliklaming mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik ham qo'llab- 
quwatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo‘la boshlaydi. 
Olimlar feodalizmdan oldingi Frank qishlog'ining o ‘ziga xos 
bo‘lganligini qayd qilib, erkin Frank dehqoni Rim koloni (qul) bilan 
yangi krepostnoy o‘rtasidagi figura ekanligini, ya’ni krepostnoylik 
munosabatlari endigina shakllana boshlaganligini qayd etgan edi. 
«Sali
haqiqati»
sinfiy differensiatsiyani ko‘rsatdi.


Natural xo‘jalik va dehqonlaming krepostnoylik ekspluatatsiyasiga 
oid dastlabki « 
Villalar to'g'risidagi kapitulyariy
» pomestyelar to‘g‘ri- 
sidagi qonun bo'lib (IX asr boshi), unda feodal yer egaligi va krepost­
noylik himoya etiladi. Unda endi jamoa, jamoa mulki to‘g‘risida gap 
yo‘q. Bu hujjatda votchinaning yagona egasi va votchina aholisining 
majburiyatlari to‘g‘risida gapiriladi.
Krepostnoylikning yuzaga kelish masalasi ko‘p olimlami qiziqtiradi. 
Yega monopoliya egaligi va dehqonlami majbur qilish apparatining paydo 
bo‘lishi hal qiluvchi rol o‘ynagan. Natural xo‘jalik yetakchi bo‘lsa ham, 
tovar ishlab chiqarish ham mavjud edi. Shaharlarda hunarmandchilik 
sexlari, savdo rastalari doimo ishlab turgan. Ishlab chiqarish almashuv 
va sotish uchun amalga oshirilgan. Sex nizomlarida ishlab chiqarishni 
uyushtirish, xalfa yollash, o'quvchilar olish tizimlari belgilangan edi. 
Master-usta bo‘lish uchun ancha yuqori mulk senzi qo‘yilgan.
Umuman, uy hunarmandchiligiga nisbatan sex ancha ustunlikka 
ega edi, awalo, keng mehnat taqsimoti boigan (bu ishning tez va 
sifatli bajarilishiga oUb kelgan), raqobat bor edi.
Klassik o'rta asr davridagi iqtisodiy g‘oyalar kanonik, ya’ni qonuniy 
doktrinalar asosida rivoj topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta 
faoliyat ko‘rsatdilar. XII asming o‘rtalarida boloniyalik rohib Grosian 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin