Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi buijua-kapitalistik
munosabatlar tug‘ila bosliladi. Lekin dehqonlaming o‘z yerlaridan siqib
chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy
xalqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning shakllanishi bilan uni
tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar
Tomas Мог
(1478-1535) va
Tommazo Kampanella
(1568-1639) amalga oshirdi.
Ideal jamiyat to‘g‘risidagi awalgi g‘oyalar dastlabki sotsialistik
konsepsiyalar bilan davom ettiriladi.
Т. Mor
«Utopiya»
(lot. yo‘q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki
kapitalning jam g'arilishi jarayonida dehqonlaming ommaviy
qashshoqlanishi jarayonini aks ettiigan. T.Mor gumanist, davlat aibobi
va yozuvchi bo'lgan (1529-32-yillarda Angliya kansleri). U Uyg'onish
davrining atoqli arbobi
Erazm Rotterdamskiyning
do‘sti, katolik edi.
Qirolni ingliz cherkovining Oliy boshlig‘i deb qasamyod qilmaganligi
uchun T.Mor davlat xoini sifatida qatl etilgan. Katolik cheikovi tomonidan
muqaddaslashtirilgan (1535). U
«qo‘yIar odamlami yeb qo‘ydi»
iborasi-
ning muallifidir. Shu davrda dehqonlami cheklash, ya’ni yerdan siqib
chiqarish siyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq
esa fabrika rivoji bilan bog‘liq edi. Mato to‘qish, jun, ayniqsa qo‘y juniga
bo'lgan ehtiyoj oshdi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o‘rab olindi
va qo‘y boqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik
qilinayotgan yerlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida
tugatildi. Bu o‘ziga xos agrar inqilob - sanoat to'ntarilishi uchun sabab
bo‘ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. Shu voqealami
o‘z ko‘zi bilan ko'rgan T.Mor qayerda xususiy mulk hukmron bo'lsa,
asosiy boylik bir hovuch odamlar qo‘liga to‘planadi, degan xulosaga keldi.
Dostları ilə paylaş: