ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mus-
taqillikka erishuvi tufayli, bu yo‘lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj
tug'ildi. Xitoy, Qirg‘iziston, 0 ‘zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy den-
gizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Yev-
ropa (Parij, Rotterdam)ga yetkazuvchi yo‘l loyihasi ishlab chiqildi va
amalga oshirilmoqda.
0 ‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo‘li o‘mi va eksport potensialiga
e’tibomi qaratsak, Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi 0 ‘zbekiston
hududiga qiziqish awaldan ma’lum va bu har tomonlama (siyosiy,
iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‘lgan. Tarixiy va hozirgi ma’lumotlarga
ko‘ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‘mi, qazilma
boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining
mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr
qo‘yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar
hammani qiziqtiigan. Kitob yozish (hattotlar), miniatura san’ati yuqori
darajada bo‘lgan. Shu sababli kitob savdo-sotig‘i yetakchi o‘rinni egallagan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma’lum.
Otlar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, trans
port vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o‘ynash, kabilarga nihoyatda
qadrlangan va otlar eksportda yetakchi o‘rin egaUagan.
Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish va ipdan olinadigan mah
sulot asosiy o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik),
bog‘dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish
Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan,
uzum va beda yetishtirishni o‘rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako‘1 ten beradigan qo‘ylar parvarishi
muhimdir. Ulaming terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan.
Dostları ilə paylaş: