‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Isaak Nyutondir 
(1643- 
1727), 
Tomas Gobs 
(1588-1679) ingliz faylasufi, mexanistik materializm 
sistemasining asoschisi sifatida katta ahamiyatga ega. Uning fikricha
jamiyat mexanizmga o‘xshash narsa, uning oddiy elementi inson degan 
g‘oya yotadi. «Inson insonga bo‘ri» iborasi shu olimga tegishli, uningcha 
egoizm insonni harakatlantiruvchi kuchdir. Bu olimda tarixga zid fikrlar 
mavjud bo‘lishiga qaramay, uning fikricha, ijtimoiy hayotda ham xuddi 
tabiatdagi kabi obyektiv qonuniyatlar mavjud. Ana shunday sharoitda 
klassik iqtisodiy maktab shakllandi va rivojlandi. Bu davrda merkantilizm 
ta’limoti talabga javob bermay qo‘ydi va uning buzilishi ro‘y berdi.
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala 
sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm 
o‘miga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlaming ichki 
iqtisodiy aloqalarini o‘rgandilar va o‘z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqa­
rish sohasiga ko‘chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan 
boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta’Iimot ishlab 
chiqarishdagi bozor munosabatlarming ichki aloqadorligini o'rganadi 
va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisidir. 
Angliyada 
V.Petti,
Fransiyada 
P.Buagilber
shu maktabning boshlovchilari 
bo‘lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo'nalishi bo‘lgan fiziokratlar 
vujudga keldi (F.Kene, A.Tyurgo) va u 
ASmit, D.Rikardolar
bilan 
yakunlanadi. Bu davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo‘l ochib berdi. 
RXeylbronerv

L. Turoulaming
fikricha («
Экономика для всех»),
ishlab 
chiqarish omillari vujudga keldi: mehnat, yer va kapital tovaiga aylan­
tirildi, bungacha ular tovar bo'lmagan. Hoziigi davr tili bilan aytganda, 
bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi.
Yangi ta’limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab shuki
hoziigi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko‘pgina nazariya va metodologik 
qoidalaming haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi. Mana shu maktab 
namoyandalarining xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan 
darajasiga ko‘tarildi. Erkin xususiy tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab 
berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta’Iimot to‘la laisser faire (ya’ni 
tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga o‘tishga 
va voqealaming boshqacha rivojiga olib keladi va faqat XIX asming oxiiiarida 
deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy ftmksiyalarining doimiy 
kengayishi ro‘y berdi. Bu ta’Iimot namoyandalari Angliyada V.Pettidan


to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX 
asming o‘rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish 
mnnosabatlarini tadqiq etdilar. Ulaming fikricha, erkin xo‘jalik faoliyatida 
shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S. Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma’lum shart bilan) 4 
bosqichni ajratadi: 1-bosqich XVII asr oxiri — XVIII asr boshiga to‘g‘ri 
keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta’limotining xatolari yoritib beriladi 
va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiy- 
matning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning 
manbayi va o‘lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish 
uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik 
muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko‘rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o‘rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va 
A.Tyuigolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. 
Sof mahsulot (milliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e’tibomi 
mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahUlda ishlab 
chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to‘la ajratib qo‘yilgan.
2- bosqich.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to‘g‘ri kelib, A.Smit 
asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalarda aks etgan.
3- bosqich.
XIX asming 1-yarmiga to‘g‘ri kelib, fiansiyalik J.B. Sey 
va F. Bastiya, inglizlar D. Rikardo, T. Maltus va N. Senior, amerikalik 
G. Keri va boshqalar asarlaridagi g‘oyalar bilan bog‘liq.
4- bosqich.
XIX asming 2-yarmiga to‘g‘ri keladi va J.S. Mill g‘oyalarida 
o‘z nihoyasiga yetadi. K.Marksga ham shu bosqich vakili sifatida qara­
ladi lekin, fikrimizcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. Bu bosqichlaming 
xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin