Knis Karl
(1821-1892) — nemis iqtisodchisi,
uningcha,
iqtisodiy
qonunlar yo‘q va tabiiy qonunlar bor. U xususiy mulk va kapitalizmni
abadiy deb hisoblagan. Iqtisodiy siyosatga katta o‘rin bergan.
Gildebrand Bruno
(1812-1878) - nemis iqtisodchisi, iqtisodiy
hodisalami tadqiq qilishning o‘z tarixiy usulini ilgari surdi (natura,
pul, kredit), uningcha, qiymat - foydalilikdir va xususiy mulk abadiydir.
Sen-Simon Klod Anri
(1760-1825) — Fransiya xayoliy sotsializmi
ning vakili, ammo S.S. xususiy mulkni saqlab qolish tarafdori bo'lgan.
Fure Fransua Mari Shari
(1772-1837) — Fransiya xayoliy sotsia
lizmining vakili, kelajakni sinfsiz ko‘rgan, uningcha,
jamiyat ishlab
chiqarish birlashmalari
falangalardan iborat bo‘ladi («Ish rohat
bag‘ishlashi zarur»).
Ouen Robert
(1771-1858) — ingliz
xayoliy sotsializmining vakili,
kelajakda xususiy mulkni inkor etgan, barcha sog‘ odamlar uchun
mehnat
zarur deb hisoblab, «har kimdan qobiliyatiga yarasha va har
kimga mehnatiga yarasha» prinsipini ilgari surgan.
Marks Karl (1818-1883), Engels Fridrix (1820-1895)
- ilmiy
sotsializm nazariyasining asoschilari. Kapitalizmning o‘miga sotsia
lizm kelishini bashorat etganlar. Xususiy mulkni inkor qilishgan.
Umumxalq mulkini asosiy deb qarashgan.
XIX asrning oxiri va XX asming boshlari
— yangi tarixiy maktab
va «sotsial yo‘nalish» paydo bo‘ldi. Uning vakillari G.Shmoller (1838-
1917), L.Brentano (1844-1931) va KByuxerlardir (1847-1930).
Dostları ilə paylaş: