R.KantOon (1680-1734) va
D.Yum (1711-
1776)lar ham merkantilistlar g‘oyasining noto‘g‘ri ekanligini isbotlab
berdilar. Sof avtomatik mexanizmlar savdo qilayotgan davlatlar o‘rtasidagi
«pul metallarining tabiiy taqsimlanishi»ga va ichki baholar darajasining
shunday o‘matilishiga olib keladiki, har bir mamlakat eksporti uning
importiga teng boiadi. Aloliida mamlakatda har bir qo‘shimcha oltin
qazib olish hajmlari boshqa mamlakatlarga nisbatan ichki baholar
darajasini oshiradi. Importning eksportdan ortiqligi oqibatida oltinning
oqib ketishi bilan qoplanishi kerak. Bu jarayon savdo qilayotgan barcha
davlatlarda eksport va import o‘rtasida oltinga yuqoriroq talabga mos
bo‘lgan yangi tenglik paydo bo‘lguncha davom etadi. Tashqi savdo va
oltin, tutash idishlardagi suv bir sathda bo‘lishga intilgani kabi, aktiv
savdo balansi ortidan quvish o‘z-o‘zini inkor etadi.
1690-yil
Jon Lokk baholarning muomaladagi pulning miqdoriga
ma’lum proporsiyada o‘zgarishini aniq ko‘rsatib berdi. Lekin import
kapital ko‘proq qo‘llaniladigan xomashyo va yarim fabrikatlardan, eks
port va mehnat intensiv qo‘llaniladigan oxirgi mahsulotdan bo‘lishi
umumiy qoida sifatida qabul qilingan, chunki mehnatning sof eksporti
mamlakat ichida aholini ish bilan bandligini qo‘llaydi va chet el manba-
laridan foydani ko‘paytiradi. Merkantilistlar o'zlarining yuqoridagi yax
shi ma’lum g‘oyalariga harbiy va strategik sohani hamda hali mustahkam
oyoqqa turmagan sanoatni himoya qilish kerakligini ham qo‘shadilar.
Shunday qilib, klassik iqtisodiy maktab vakillari (
V.Petti, P.Buagilber, A.Smit va boshqalar) merkantilizmni qattiq tanqid ostiga oldilar va bu
hukm asrlar davomida saqlanib keldi.
«Pul savdoni rag‘batlantiradi» doktrinasini eng yuqori darajaga
ko‘targan qog‘oz pul merkantilisti