Renta to‘g‘risidagi nazariyasi
D.Rikardonikidan farq qilmaydi,
ammo differensial renta bilan absolut renta ham borligi aytiladi. So‘nggi
renta qishloq xo'jaligidagi kapital organik tuzilishini pastligi (S/V) va
yerga xususiy mulk borligi bilan izohlanadi.
Hozirgi davrda marksizmga bo'lgan munosabat salbiy hisoblanadi.
Ammo bu ta’limotning muholiflari ham, ayniqsa, Kart Marksning
(1818-1883) iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan buyuk hissasini tan
olmoqdalar (masalan, R.Xeylbroner, L.Turou.
«Экономика для
всех»). Umuman, iqtisodiyot g'oyalari tarixida uch shaxs - A.Smit,
K.Marks va J.M.Keyns ta’limotlariga alohida e’tibor beriladi. Shuning
uchun, odatda, K.Marks va
Fridrix Engelsning (1820-1895) kapita
lizmga bo‘lgan munosabatlariga baho beriladi. Bu ikki olimning ta’limoti
bir-biri bilan chambarchas bog'lanib ketgan bo‘lib, bu yagona ta’limot
marksizm deb ataladi, shuning uchun ko'proq K.Marksning nomi
tilga olinadi. Bu olimning iqtisodiy qarashlarini tushunish uchun ulami
boshqa tadqiqotchi - A. Smit g'oyalari bilan solishtirishni o'rinli deb
hisoblaymiz.
A.Smit kapitalizmni tartibga solish va taraqqiyotining me’mori edi.
K.Marks esa bu jamiyatning illatlari va bo‘lajak o‘limi, tashbehchisi
bo‘lgan. Ulaming qarashlarida tarixga bo‘lgan turU munosabat ochiq-
oydin bo‘lib qoladi. A.Smitning fikricha, insoniyat ovchilar va
baliqchilaming ilk va sodda jamiyatidan oliy kommersiya jamiyati sari
boradigan yo‘lni bosib o‘tdi. K.Marks esa insoniyat tarixi sinflaming
to‘xtovsiz kurashi, barcha davrlarda ezuvchi va eziluvchilar o‘rtasidagi
antogonistik raqobati hisobiga rivojlanishini aytadi. A.Smit va ko‘pgina
boshqa olimlar kapitalistik tizim oxir-oqibatda jamiyatdagi barcha
taraflarning shaxsiy manfaatlari bilan ijtimoiy manfaatlarining
uyg'unligi (garmoniyasi)ni, bu jarayon abadiy yoki juda uzoq vaqt
davom etishini bashorat qiladilar. Marks esa sinfiy kurash ziddiyat va
antagonizmni vujudga keltiradi va kapitalistik tizimning umri qisqa,
ish haqi va foyda o‘rtasidagi qarama-qarshilik kapitalizmni o‘zgartiradi
va uni yakson etadi, degan fikmi bildiradi.
Smitning fikricha, ayrim shaxslar va jamiyat manfaatining mos
tushishi «Ko‘rinmas qo‘l» orqaU (tabiiy Qonunlar va raqobat nati
jasida) tartibga solib turiladi. Vaholanki, Marks bo'yicha, ishlab chiqa
rish vositalari markazlashuvi va mehnatning ijtimoiylashuvi kapitalizm
ni inqilobiy yo‘l bilan boshqa jamiyatga o‘tishini taqozo etadi. Smit
xususiy mulkni himoya qilsa, markschilar umumxalq (davlat) mulkini
afzal deb hisoblaydilar.
Markschilar kapitalizmni rivojlanayotgan tizim, deb qaradilar va
boshqa hali to‘la aniq bo‘lmagan jamiyat sari ketayotganligini aniqladilar
(buni ba’zilar sotsializm deb qaraydilar). Marks iqtisodchi sifatida
bozomi kapital va boylik jamg'arishning kuchli vositasi sifatida biladi.
Ammo bu jarayonni Smitdan boshqacharoq tahlil qiladi. Agar Smit
bo'yicha bozor o‘zini-o‘zi boshqara olsa, Marksda bu o'sish turli
to'siqlar, inqirozlar orqali ro‘y beradi. Marks jamg‘arilish jarayonini
biznesmen nuqtayi nazaridan o'rganadi: asosiy masala shundaki,
ma’lum kapital (bankdagi pul yoki korxonaga qo‘yilgan mablag‘) foyda
keltirishi kerak. Marks iborasi bo‘yicha P (pul summasi) undan kat-
taroq PI ga aylanishi kerak. Bunga Marksning javobi quyidagicha:
kapitalistlar o ‘z pullarini tovar va ishchi kuchini sotib oUshga ishla-
tadilar, shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni uchun asos solinadi,
kerakli xomashyo, yarim fabrikatlar olinadi, ishlab chiqarish quv-
vatlari va ishchi kuchi yollanadi. Bu bosqichda hamma narsani haqiqiy
bahoda olish qiyinchiligi yuzaga keladi. Real hayotda (masalan, mehnat
qimmat tursa) P o‘zgarmas holda qoladi va jamg‘arilish jarayoni
boshlanmaydi.
Agar yuqoridagi birinchi bosqich muvaffaqiyatli o‘tsa, pul kapitali
yollanma ishchi kuchi va moddiy ne’matlar zaxirasiga aylansa, ya’ni
pul mehnat jarayoni bilan materiallar, xomashyo, yarim fabrikatlar
orqali qo‘shilib ketsa, keyingi bosqichga o'tiladi.
Xuddi shu yerda fabrika sexlarida foyda yuzaga keladi, uning manbayi
shundaki, kapitalistlar ishchi kuchiga ular tomonidan ajratilgan
qiymatdan kamroq haq to'laydilar. Foyda, ya’ni P va PI orasidagi
farq amalda haq to‘lanmagan mehnat bo‘lib chiqadi. Bu Marksning
qo‘shimcha qiymat nazariyasi foydaning manbai sifatida kapitalizmni
tahlil etishda juda muhimdir.
Bu qo'shimcha qiymat, odatda, ikki yo‘l bilan vujudga kelishi mumkin:
1. Ish soatlarini cho'zish (absolut).
2. Zaruriy ish vaqtini qisqartirish (nisbiy) yoki mehnat unumdor-
ligini oshirish.
Marksning fikricha, ish kuni ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi
zaruriy ish vaqtida ishchi va ishlab chiqarishga ketgan sarf-xarajatlar
to‘la qoplanadi va qolgan vaqtda (qo‘shimcha ish vaqtida) qo‘shimcha
qiymat hosil bo‘ladi, ya’ni haq to‘lanmagan ish vaqti kapitalist
tomonidan o'zlashtiriladi (odatda, ish kunining yarmi yoki ma’lum
qismi o‘shanga sarflanadi). Kapitalist awalgi davrlarda ish soatlarini
ko‘paytirish yo‘U bilan qo‘shimcha ish vaqtini cho‘zgan bo‘lsa, keyingi
paytlarda zaruriy ish vaqtini qisqartirish yo‘lini qidiradi va bu ko'pincha
ishlab chiqarishga mashinalashtirish, avtomatika, telemexanikani
kiritish bilan amalga oshiriladi.
Marks kapitalizmning to‘g‘ri tizim emasligini, uning turli inqirozlar,
siklik o‘zgarishlarga moyilligini ko'rsatib berdi. Haqiqatan ham, Smit
ning fikridan farqli ravishda kapitalizm tizimining kibemetik kafolat-
langan jarayondan ancha uzoqligi aniq. Kapital jamg‘arilishi mehnat va
kapital manfaatlarining noaniqligi, qarama-qarshiligini yengishi kerak
bo‘lgan bozor tizimi bilan bevosita bog‘liq. Biznesning asosiy maqsadi
boylik to‘plash bo‘Isa ham, bu maqsadga erishish har doim ham amalga
oshavermaydi.
«Kapital» asarida kapitalizmning turg‘un emasligi oxir-oqibatda
tizimning qulashiga olib keladi, degan xulosalar chiqariladi.
Ilgari surilgan iqtisodiy munozara asosan kapitalizm oxir-oqi-
batda o‘zini o‘zi vayron eta oladimi, degan masalaga borib taqaladi.
Kapitalizmning ichki qarama-qarshiliklarining chuqurlashuvi tufayli
bozor mexanizmi ulami tartibga sola oladimi, degan va boshqa savollaiga
aniq javob berish qiyin. Marks tanqidchilari to‘la ishonch bilan
kapitalizm vayron bo'lmadi, ishchilar sinfi qashshoqlashmadi, foyda
normasining pasayishi va boshqa prognozlari tasdiqlanmadi, demoqdalar.
Uning tarafdorlari esa buning aksini isbotlamoqdalar. Ulaming
fikricha, kapitalizm XX asming 30-yillari deyarli vayron bo‘ldi,
odamlaming «proletarlashuvi» tobora ortib bormoqda, masalan, 1800-
yilda 80 foiz amerikaliklar yollangan holda ishlagan bo'lsalar, ular
hozir 10 foizga kamaygan, Marks aytganidek, firmalar hajmi tobora
yiriklashmoqda, kapitalistik tizim nokapitalistik Osiyo, Janubiy Amerika
va Afrikaga tobora kirib bormoqda.
Bu borada o‘z fikrimizni bildirmoqchi bo‘lsak, shuni aytib o‘tish
kerakki, marksizm g'oyalari o‘sha davr uchun ko‘p jihatdan to‘g‘ri
edi. Kapitalizm shakllanayotgan va rivojlanayotgan davrda ishchilaming
ahvoli keskin yomonlashdi, ekspluatatsiya kuchaydi, inqilobiy vaziyat
yuzaga keldi va bu qisman amalda ro‘y berdi. Ammo inqirozlar girdobiga
uchragan yetakchi kapitalistik mamlakatlar ahvolni to‘g‘rilash uchun
o‘z iqtisodiy siyosatlarini keskin o'zgartirishga majbur bo'ldilar,
ijtimoiy bozor elementlaridan foydalanish yo‘liga o'tdilar. Bunda sobiq
SSSR va boshqa «sotsialistik» deb atalgan davlatlaming ta’siri ham
kuchli bo'ldi. Bu davrda kapitalizm yangi davrga moslashdi va aslida
«sotsializm» elementlarini hayotda qo‘llay boshladi. Hozirgi XX asr
kapitalizmi XIX asrdagidan keskin farq qiladi.
Olimlar Marksning otashin demokrat bo‘lganligini tan olgan.
12.6. Markscha iqtisodiy ta’limotning tarixiy taqdiri
Markscha g‘oyalar davr sinovidan o'tdimi? degan o‘rinli savol
tug‘iladi. Umuman, o‘z davrida sotsialistik va konkret Sovet davlati va
dunyoning 1.5 mlrd. aholisini o‘z ichiga olgan sotsialistik lager deb
atalgan mamlakatlardagi ijtimoiy tuzumning mazmuni nimadan iborat
edi, hozirda bu yo‘lni davom ettirayotgan davlatlaming istiqboU
qanday? kabi muammolar bugungi kunda oz emas. Bu murakkab
savollarga baholi qudrat o‘z fikrimizni bildiramiz.
Imperializm sotsialistik inqilob arafasi ekanligi dastlab Rossiyada,
keyinroq qisqa vaqt bo'lsa ham, Germaniya (Bavariya), Vengriya,
Mongoliya va II Jahon urushidan keyin ba’zi davlatlarda isbotlandi. Lekin
bu inqilob yuksak rivojlangan, ishchi sinfi ko'pchilikni tashkil etgan
joylarda emas, nisbatan o‘rta yoki kam rivojlangan davlatlarda ro‘y berdi.
Markscha ta’Iimot asoschilarining umumxalq mulkini yaratish,
xususiy mulkchilikni yo‘q qilish, iqtisodiyotni qat’iy rejalashtirish,
raqobatni yo'qotish, ya’ni bozor iqtisodiyotini bekor qilish to‘g‘risidagi
g'oyalari (sobiq Sovet davlati va boshqalarda) o‘zini oqlamadi.
Rossiyadagi inqilob (chet el intervensiyasi bejiz emas), sotsializm
yo'lini birinchi bo'lib tanlagan davlatlar - SSSR, Mongoliya va boshqalar,
II Jahon urushi, yangi sotsialistik yo‘ldan borishni istagan davlatlar,
mustamlakachilik sistemasining yemirilishi, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar
kapitaUstik davlatlar oldiga yangidan yangi muammolami qo'ydi. Katta
tajribaga ega bo'lgan buijuaziya ilmiy-texnika progressidan unumU
foydalandi, ishlab chiqarishni o‘stirdi, foyda oshdi, ishchilar sinfi va
xalqning moddiy turmush darajasini oshirishga va sotsial tenglikni
yumshatishga erishdi. Masalan, AQSHda milliy boylikning 60 foizi 1
foiz aholining qo‘Uda, bunga xalq jim qarab tura oUnaydi. Shuning uchun
bu sistema yo‘qolish xavfining oldini oUshga majbur edi (SSSR tajribasi).
Shu vaqt davomida SSSR deb atalgan sobiq mamlakatda rivojlanish
tobora susayib bordi, sotsial tanglik kuchaydi, bunga bir qancha sabablar
bor. Awalo voqealami sun’iy tezlashtirishga urinildi. 1928-yildan boshlab
yangi iqtisodiy siyosat vazifalari inkor etUdi. Vaholanki, bu jiddiy va
uzoqqa mo‘ljallangan siyosat edi. Kapitalistik munosabatlaiga chek qo'yishga
shoshildik, ma’muriy-buyruqbozlik usulini joriy qiUb, ayniqsa qishloq
xo‘jaligida majburiy koUektivizatsiya kabi yirik xatolarga yo‘l qo‘ydik,
dehqonlar va ishbUarmonlaming faoUyatiga sun’iy to‘siqlar yaratdik.
Ikkinchi besh yillik oxirida sotsializm qurib bitkazilganligini e’lon qildik
va AQSHga yetib oUsh va undan o‘zib ketish vazifasini belgiladik. II
Jahon urushi oqibatlari va undan keyingi voqealar, sovuq urush,
quroUanish poygasi (40-50 foiz xarajat), boshqa davlatlaiga beg'araz
yordam, ilmiy-texnika taraqqiyotiga e’tiboming kamligi (kibemetika va
genetikani dastlab inkor etish) iqtisodiyotda qo'pol xatolar va yomon
oqibatlaiga oUb keldi. Ayniqsa, og‘ir sanoatning ustun rivojlanish qonuni
katta ziyon keltirdi. 1953-yilda Stalin vafotidan so‘ng G.M.Malenkov
tomonidan xalq iste’mol mollarini ko‘proq ishlab chiqarish g‘oyasi
zararU deb e’lon qilindi. Ayniqsa, N.S.Xrushchevning iqtisodiy siyosati
xalq xo‘jaUgini keskin og‘ir ahvolga soUb qo'ydi.
Ilg'or kapitaUstik davlatlarda qayta qurish (agar shimday deyish
joiz bo‘Isa) ancha ilgari boshlandi. Masalan, AQSHda 1929-33-yillar
buyuk inqiroz davrida 17 mln. ishsiz bo‘lgan paytda sotsializatsiya rejalari
tuzildi, insonning manfaatlarini ta’minlamay, himoyalamay, halokatga
uchrash mumkinligi ayon bo‘lib qoldi (buning uchun 200-250 yil
kerak bo'ldi).
II Jahon urushidan keyin Germaniyada L.Erxard tomonidan
ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotga yo‘l ochildi, Shvetsiya va bir qancha
mamlakatlarda davlat tomonidan sotsial himoya kuchli qilib qo'yildi.
Yuqorida aytilganidek, bir qancha davlatlar sotsializm g‘oyasidan
voz kechmagan. XXRda sotsializm asoslarini qurish 50-100 yillik vazifa
qiUb belgilangan, KXDR, Kuba va Vyetnam sotsialistik respublikasida
ham bu jamiyatni qurish uchun harakat bor.
Markscha ta’Iimot tarix sinovidan o'tmadi. Uning taqdiri kelajak
tarixi hukmiga havola etiladi.
Qisqacha xulosalar
Sen-Simonizm ta’limoti o‘z rivojida to‘rtta bosqichni bosib o‘tdi.
Birinchi bosqich uning 1815-yilgacha yozilgan asarlarida yoritilib,
olimning ijtimoiy-iqtisodiy tafakkuri endi shakllanib borayotgan edi.
Ikkinchi bosqich Sen-Simon hayotining so'nggi o‘n yilligida yozilgan
asarlami o‘z ichiga olib, ularda kapitalizm tabiiy va abadiy degan fikrdan
qaytib, yangi, qarama-qarshilik va raqobat o‘rniga birodarlik va
hamkorlikka asoslangan jamiyat vujudga kelishi ko‘rsatiladi.
Bu almashinuv tinch yo‘l bilan, «industriallar jamiyati»ning
rivojlanishi va feodallami tugatish asosida olib boriladi. Sen-Simon,
umuman, xususiy mulkchilikka qarshi chiqqan emas, u faqat jamiyatda
ma’lum nazorat o'matilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Uchinchi bosqichga Sen-Simonning vafotidan keyin olti yil ichida
uning shogirdlari yaratgan asarlar hamda ulaming tashviqot va amaliy
faoliyati kiradi. Bu bosqichda Sen-Simonizm sotsialistik ta’limotga
aylanib, xususiy mulkchilikni bartaraf etishni, boylikni har kimning
mehnati va layoqatiga qarab taqsim qilishni, ishlab chiqarishni esa
rejalashtirishni talab qiladi.
Ular qiymat shakllarini, ish haqi, foyda va yer rentasining
xususiyatlarini o‘rganishni maqsad qilganlari yo‘q. Balki, siyosiy iqtisod
fani oldiga yangi vazifalami: kapitalistik ishlab chiqarish usulining
vujudga kelishi va rivojlanishi, undagi qarama-qarshiliklar, nima uchun
va qanday ko‘rinishda sotsializmga o‘rin bo‘shatishi kerakligini
o'rganishni qo‘yadi.
1831-yilda boshlangan to'rtinchi bosqich Sen-Simonizm inqirozi
bosqichidir. Ishchilar orasida mustahkam o‘rin egallamagan Sen-
simonchilar dastlabki revolutsiyalar davrida o'zlarini ancha yo‘qotib
qo‘ydilar. Natijada ular orasida kelishmovchiliklar vujudga kelib, ikkiga
bo‘linishga, keyinchalik esa Sen-Simonizmning oqim sifatida butkul
tarqalib ketishiga sabab bo‘ldi.
Sen-Simon yangi jamiyatning umumiy qiyofasini, ya’ni eskizini
yaratgan bo‘lsa, Fure, o‘z navbatida, undagi mehnatni va hayotni
tashkil qiluvchi alohida yacheykalaming mohiyatlarini o'rgandi. Fure
asarlari va g'oyalarining ahamiyati shundan iboratki, olimning o‘zi
kapitalizm qonuniyatlarini o'rganishga harakat qildi. Uning mehnatni
tashkil qilish, mehnatni tabiiy zarurat o‘mida bilish va musobaqalar
to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi davrda ham katta ahamiyatga egadir.
XayoUy sotsiaUstlar ichida Ouen birinchi bo‘Ub klassik iqtisodiy
maktab prinsiplari asosida kapitalizmga qarshi xulosalar chiqardi. U
o‘z qarashlarini Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi asosida
yaratib, ayrim hoUarda Buagilber qarashlaridan ham keng foydalandi.
R.Ouen tashviqotlaridan ruhlangan klassik iqtisodchilar Smit va
Rikardo ta’Umotlari bUan yaqindan tanish bo'lgan va siyosiy iqtisodda
ishchilar manfaatlarini birinchi bor ifoda etgan kishilar sotsiaUst-
rikardochilar edi. Ulaming iqtisodiy g'oyalari Ouennikiga nisbatan ancha
mukammal bo‘Ub, Rikardo ta’limotini ilmiy rivojlantirishga urindUar.
XIX asming oxiri va XX asr boshida kapitalizmning monopoUyalash-
gan davrida leninizm ta’limoti yuzaga kelgan bo‘Ub, marksizm to'ldirildi
va rivojlantirildi. Bu ta’limotga ko‘ra kapitalizmning yemirilishi va inqi
lob nisbatan past rivojlangan, imperializm zanjirlari bo‘sh bo‘lgan ay
rim mamlakatlarda ham ro‘y berishi mumkinUgi ko'rsatildi.
Bu bashorat XX asr boshida qisman Rossiya, MongoUya, II Jahon
urushidan keyin bir qancha Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida
oqlandi. 70 yildan ortiq davom etgan «sotsialistik» jamiyat qurish
tajribasi o‘zini to'la oqlamadi. Ayniqsa, sof bozor munosabatlaridan
voz kechish, davlat mulkining yetakchi bo‘lib olishi ma’muriy-
buyruqbozlik asosidagi iqtisodiyotni keltirib chiqardi, erkin bozorga
zid iqtisodiyotni vujudga keltirdi. Oqibatda sobiq SSSR va boshqa «sot
sialistik» deb atalgan mamlakatlarda iqtisodiy va siyosiy inqiroz ro‘y ber
di, ular parchalandi va bozor iqtisodiyoti yo'liga o'tishga majbur bo‘ldi.
Asosiy tushuncha та iboralar
Nobozor iqtisodiy g'oyalar, assotsiatsiya, yacheyka, falanga, xaos,
pamflet, xartiya, chartizm, Marksning qo‘shimcha qiymat nazariyasi,
kapitalizmning taqdiri, asosiy aylanma kapital, kapitalning organik
tuzilishi, aholining absolut va nisbiy qashshoqlashuvi, kapitalizmning
o‘limi haqidagi g‘oyalaming asossizligi, monopolistik kapitalizm,
«sotsiolistik» deb atalgan g'oyaning tarixiy taqdiri.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Xayoliy sotsializm vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar.
2. Xayoliy sotsializmning haqiqiy rivojlanish davri qaysi daviga to‘g‘ri
keladi?
3. XayoUy sotsiaUstlar adolatU jamiyatga o‘tish yo'Uarini qanday
ko‘rsatdilar?
4. Sen-Simonning iqtisodiy qarashlari haqida nimalami bilasiz?
5. Sen-Simon fransuz ma’rifatparvarlaridan nimasi bilan farq qUadi?
6. Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi qanday edi?
7. Sh.Furening iqtisodiy qarashlari haqida nimalami bilasiz?
8. Sen-Simon va Sh.Furening iqtisodiy g‘oyalari bir-biridan nimasi
bilan farq qUadi?
9. R.Ouenning iqtisodiy konsepsiyasiga xos xususiyatlar nimalardan
iborat?
10. R.Ouenning qanday asarlarini bilasiz?
11. Sotsialist-rikardochilar (J.Grey, T.Godskin, J.Brey)ning
iqtisodiy qarashlariga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
12. Sotsialist-rikardochilar qanday iqtisodiy masalalarga ahamiyat
berdilar?
13. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida sotsialist-rikardochilaming tutgan
0‘miva ahamiyati.
14. Marksizm vujudga keUshining tarixiy shart-sharoitlari nimalardan
iborat?
15. K.Marks va F.Engels iqtisodiy ta’limotining asosini nimalar
tashkil etadi? Qo'shimcha qiymat nazariyasi nima?
ХШ b о b. GERMANIYADAGI TARIXIY MAKTAB
IQTISODIY G‘OYALARINING MOHIYATI
13.1.Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari
Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asming 60-yillarida
Yevropa q it’asida klassik iqtisodiy maktabga muqobil nazariy
maktablarning shakllanishini ta’minlaydigan haqiqiy intellektual
inqiroz sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina o‘zining muqobil
modelini taklif qilganini alohida ta’kidlaydi (Блауг М. Экономическая
мысл в ретроспективе. Дело ЛТД, 1994, стр, 275). Haqiqatan ham,
tarixiy maktab nazariyotchilari XIX asr Germaniyasi taraqqiyotiga va
ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. «Tarixiy usul» jozibasi keyingi
avlod iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga
sabab bo‘ldi.
Barcha tarixiy maktablarning mualliflari klassiklami tanqid qilishda
bir fikrda edilar. Ular klassiklar abstraksiya va umumiy xulosalarga
berilib, kerakli fakt va kuzatishlarga e’tiborsiz qarashayotganliklarini,
shuningdek, iqtisodiy liberalizm negizlarini mutlaq holda ko‘rsa-
tayotganliklarini tanqid qilib, voqelikni haqqoniy tadqiq qilish
maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
Yangi davr talablarini F.List va keyinchalik tarixiy maktab vakillari
hal etishga harakat qildilar. F.List o‘z qarashlari bilan nafaqat iqtisodiy
nazariyani rivojlantirishga intildi, balki endi rivojlanayotgan davlatning
iqtisodiiy siyosatini tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Uning milliy
xo‘jalik tizimi ilg‘or nemis buijuaziyasi manfaatlarini ifoda etib, indus
trial rivojlanish yo‘llarini izladi.
Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo‘lishi
mumkin, degan fikrlarga asoslanib, siyosiy iqtisodda tarixiy usul o'mini
ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod
orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog‘liq holda
rivojlanadigan milliy xo‘jalikni o'rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib
qo'ydilar.
13.2. F.Listning iqtisodiy qarashlari
Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen
shahrida boy hunarmand oilasida tug‘ildi. List 1819-yilda Germaniya
iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «
Yüklə Dostları ilə paylaş: |