‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Fransua Mari Sbarl Furedir


səhifə118/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Fransua
Mari Sbarl Furedir 
(1772-18^7). U Bezanson shahrida savdogar 
oilasida dunyoga kelib, butun hayoti mobaynida savdo bilan shug‘ullandi. 
Bo‘sh vaqtlarida mustaqil ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari 
bilan shug'ullandi, ijtimoiy tadqiqotlami amalga oshirdi.
Shari Fure o‘zining 
«To‘g‘ri harakat va mushtarak taqdirlar
nazariyasi», 
«Umumiy 
birlik nazariyasi», «Savdo qallobligi haqida»,
«Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo» 
nomli asarlari va qator 
maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli 
jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, inson 
o‘zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi 
lozim, shunday ijtimoiy tuzum o‘matish kerakki, bu tuzum insonning 
kamol topishiga, ehtiroslarini to‘liq namoyon qilishiga, ehtiyojlarini 
qondirishga imkoniyat bersin. F.M.Sh. Fure kishilik jamiyatining tarixiy 
rivojlanishini o‘rganishga o‘zining katta hissasini qo'shdi.
F.Engels 
«Anti Dyuring» 
asarida shunday degan edi: «
(Xtmishning
asosiy etap (bosqich)larida Sh.Furening genialligi keng namoyon bo4di.
U jamiyat o‘z rivojlanis'hida yowoyilik, patriarxalchilik, varvarlik va
sivilizatsiya (madaniyat) bosqichlarini bosib o'tganligini ko'rsatib berdi».
U aholining ayrim qismi behuda, parazit hayot kechirib, ezilgan 
mehnatkash xalqning ekspluatatsiya qilinishi hisobiga yashayotganini 
aytish bilan birga, bunday jamiyat aholining barcha qatlamlarini to'liq 
ta’minlash imkoniga ega emas degan xulosaga keldi. Sh.Fure, ayniqsa,


kapitalistik savdo nuqsonlarini, undagi tovlamachilik, olibsotarlik va 
muttahamlikni fosh etadi. Sh. Fure klassik iqtisodiy maktab vakillari 
yuqori baho berayotgan erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotni va 
klassiklami ham keskin tanqid qiladi. Sh. Fure sivilizatsiya jamiyatning 
kamchiliklari deb quyidagilami belgilaydi: ijtimoiy xaos; aholi nufusini 
ortib borishi; kambag‘allikni kuchaytiruvchi industrializm va boshqalar. 
Lekin Sh.Fure islohotlar yo‘li, tashviqotni kengaytirish bilan eksplua­
tatsiya, adolatsizlikka qarshi kurashib, «odil jamiyat» sari bormoqchi 
bo‘ldi. Kelajak jamiyatning asosiy yacheykasi bir necha ishlab chiqarish 
assotsiatsiyalaridan iborat falanganing har bir a’zosi mehnat qilish 
huquqiga ega bo'lib, mehnat zavq bag'ishlashi, kishilaming ehtiyojiga 
aylanishi kerak. Sh.Fure o‘sha paytda mashaqqat deb hisoblangan 
mehnat qanday qilib inson uchun huzur-halovatga aylanishi mumkin 
degan masalani o‘rtaga qo‘yadi. U buijua huquqi sistemasini tanqid 
qihb, mehnat qilish huquqini birinchi o'ringa qo‘yadi, mehnat qilish 
huquqi bo‘lmasa, qolgan hamma huquqlaming qadri yo‘q deb hisob­
laydi.
Angliya — sanoat to‘ntarishini amalga oshirgan birinchi mamlakat 
bo‘lib, kapitalizm u yerda tez va dadillik bilan rivojlandi. Bu hoi tabiiy, 
Angliya xayoliy sotsializmining o‘ziga xos xususiyatini belgilab berdi. 
U xususiy mulkchilikning barcha ko‘rinishlarini inkor etib, fransuz 
sotsialistlarining industriallar jamiyati, turli uyushmalariga moyilligi 
yo‘q edi. Siyosiy iqtisodni proletariat manfaatlariga xizmat qildirishga 
harakat kommunistik jamoalar tashkil etish tajribalarini qo'llash va 
nihoyat, tinch yo‘l bilan yangi «odil jamiyat»ni qurish imkoniyatlarini 
isbotlashga urinish bu maktabga xosdir. Angliya xayoliy sotsializmining 
vujudga kelishi va rivojlanishi 
Robert Ouenning (1771-1858 yy.) hayoti 
va ijodiy faoliyati bilan bog'liqdir.
R.Ouenning 
«Jamiyatga yangicha qarash yoki xarakterni 
shakllantirish haqida tajribalar», «Yangi axloqiy dunyo kitobi», 
«Adolatni almashuv bozori», «Ulug‘ milliy hunar ittifoqi» asarlarida 
uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan. U kapitalistik jamiyatni 
tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha 
mulkni umumning mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo‘qoladigan, 
mehnat jafo-zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik 
jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga xalaqit beradigan uchta


to‘siq bor. Bu uchta Шаг: xususiy mulk, din va burjuacha nikoh ekan­
ligini aytadi. Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan 
bo‘lgan. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati 
shundan iboratki, u buijua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz 
xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‘z nazariyalarini yaratishda 
Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan 
keyin mehnatni qiymatning asosiy manbayi deb hisobladi. Xususiy 
mulk bilan bir qatorda pul mehnat bilan kapital o'rtasidagi qarama- 
qarshiliklar sababchisi deb hisoblandi.
R.Ouen qiymatning sun’iy o‘lchovi bo'lmish puldan voz kechib, 
mehnat xarajatlarining ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etish- 
ni taklif etadi. U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib «ishlab 
chiqarish uyushmalarini» tashkil etishga harakat qildi.
12.3. Sotsialist-rikardochilarning (T.Godskin, J.Grey, J.Brey) 
iqtisodiy qarashlari
XIX 
asming 20-30-yillarida Angliya hunarmandlari va ishchilari ora­
sida sotsialistik g'oyalar shakllandi. Bu g‘oyalami o‘rganish bilan yan- 
gicha yo‘nalishni tashkil qilgan olimlar 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin