XV b о b. YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK)
YO‘NALISHNING SHAKLLANISHI
15.1. Alfred Marshallning iqtisodiy ta’limoti
A.Marshall (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik)
yo‘nalishning yetakchi vakili, maq'inalizmning «Kembrij maktabi»
lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida o‘qidi, uni tugatib, shu yerda
butun hayoti davomida siyosiy iqtisod fanidan (1863-yildan to 1908-
yilgacha) dars berdi. 1902-yildan boshlab yangi «Ekonomiks» fanini
kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin siqib chiqarildi.
Marshall
maijinalizm g‘oyasini ijobiy ravishda (Jevonsni bilmagan holda) aniq-
ladi.«Ekonomiks prinsiplari» (1890) A.Marshallning bosh asari bo‘lib,
olti jilddan iborat.
Bu kitob doim to'ldirib borildi va olim hayoti davomida 8 marta
qayta nashr etilgan (ruschaga - «Принципы экономики» deb taijima
qilingan). Kitobning boshidayoq fanning predmeti to‘g‘risida fikr
yuritiladi. Bu fan jamiyatning normal hayot faoliyatini tadqiq qilish
bilan shug‘ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlaming farovonlikning
moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan sohani
o‘rganadi. Mashhur «Ekonomiks» kitobining muallifi P.Samuelsonning
bu fan predmeti nomi «iqtisodiyot» bo‘lib, iqtisod yoki maksimal-
lashtirishni bildiradi. Unda ishlab chiqarish hajmlari optimal bo‘lganda,
sof foyda maksumumga erishuviga katta e’tibor qaratilgan.
Tadqiqot usulida klassik maktab g'oyalariga vorislik mavjud bo‘lib,
ularyanada rivojlantiriladi. A. Marshall insonlaming iqtisodiy faoliyatini
«sof» iqtisodiy nazariya pozitsiyasida turib, «mukammal raqobat» tufayli
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xo'jalikning ideal (benazir) modelini, tadqiq
etdi. Ammo bir qancha iqtisodiyotning mo‘tadilUgi (muvozanati) bilan
bog‘liq marjinal g'oyalar orqali u bu fanni «xususiy» hoi, ya’ni firma,
soha (mikroekonomika) darajasida qaraydi.
Bunday yondashuv olim
yaratgan «Kembrij maktabi» va XIX asr oxiri - XX asr boshidagi
ko‘pchilik neoklassiklar uchun xosdir. Ammo shuni alohida ta’kidlash
kerakki, A. Marshall o'zidan oldin o‘tgan ortodoksal klassiklardan
farqli ravishda, iqtisodiy kategoriyalami «isbot» talab etuvchi u yoki
bu asosiy chegaralanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Olimning tadiqotlarida bozorda
erkin bahoning shakllanish
muammosi asosiy o‘rin egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona
organizm sifatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar chaqqon va bir-biri
to‘g‘risida yaxshi ma’lumotga ega deb qaraladi.
Bozor bahosiga «eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi
va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan
taklif bahosining kesishish
natijasi» deb qaraladi. Bu «Marshall xochi» deb yuritiladi, u talab va
taklif chiziqlarining kesishgan grafik shaklidir. Chiziqlar kesishgan
joyda ular orasidagi muvozanat, ya’ni
muvozanatli, mo‘ta’dil baho
o'matiladi.
Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to‘g‘risidagi g'oyasi
xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab
chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig‘i) birdek faoldir. U qaychini
misol sifatida keltirib, qog‘oz qirqqanda qaychining qaysi (ustki yoki
pasti) tig'i asosiy rol o'ynashi haqidagi savolni aytadi.
Marshall «iste’mol ortiqchaligi» tushunchasini kiritadi,
bu xaridor
olishi zarur bo'lgan ilojsiz narsa uchun to‘langan va amalda to‘layotgan
baholar o‘rtasidagi farqdir, ya’ni xaridoming qo‘shimcha talabini
qondirishning iqtisodiy o'lchovidir.
Ilk marjinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillaming funksional
bog'lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab
ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif
pasayishi (baho ortishi bilan taklif ortishi)ni ko‘rsatib berdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: