Monetaristlaming fikricha, iqtisodiy hayotga umuman aralashmaslik
prinsipi qo‘llab-quwatlanadi.
Ayrim fikrlar bo'yicha neoklassik sintez
faqat iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy
muvozanatni modellashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Ayrim olimlaming
aytishicha (A.B.Anikin), Samuelsonning neoklassik sintezi, awalo,
klassik mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo‘shilishi deb
qaraladi. Yuqorida keltirilgan qarashlami uch qismga bo‘lish mumkin:
ulaming birinchisi iqtisodiyotda to‘la bandlikni ta’minlash va bu
prinsipm erkin bozor iqtisodiyoti elementlari bilan biigalikda (iqtisodiy
liberalizm), shuningdek, erkin bozor
stixiyasini chegaralovchi
keynschilik konsepsiyasi elementlari ham qo‘llanilishi mumkin. Ayniqsa,
davlat siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda «ishsizlikning
tabiiy normasi» (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflatsion imko-
niyatlar, hamda Eixard-Ryopkelaming «Ijtimoiy bozor xo‘jaligi» prin-
siplari birgalikda harakat qiladi. Ikkinchi qarashlarda XIX asming
oxirida neoklassiklar tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat)
nazariyasida eski va yangi qiymat nazariyalari yoki xarajat nazariyasi
va eng yuqori foydalilik nazariyasi yotadi. Bu yerda maijinalistlaming
ikkinchi to‘lqini vakili A. Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi
to‘g‘risida gap bormoqda. Bu yerda V. Paretto va boshqalaming baho,
talab va taklif hamda umumiy iqtisodiy muvozanat masalalari ko'zda
tutiladi.
Uchinchi qarash bo‘yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi
modeli bir vaqtning o'zida makro va mikroiqtisodiy tadqiqotlarga
asoslanadi. Bu tadqiqotlarda awalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal
raqobat qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste’mol
sohalarini bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi.
Bu qarashlarda
Keynsning «Psixologik qonuni», ya’ni daromadlaming iste’molga
nisbatan tezroq o'sishi, «Veblen Effekti» va boshqa noiqtisodiy omil-
laming ta’siri ham hisobga olinadi.
20.3. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g‘oyalar
Pol Antoni Samuelson (1915) Chikago universitetida ta’lim olgan.
(1932-1935) Garvard oliy maktabida A.Xansen, V.Leontev, Y.Shum-
peterlardan ilm o‘rgandi. 1941-yildan Massachusets texnologik
institutida ishlay boshladi (dastlab professor assistenti). Amerika iqtisodiy
assotsiatsiyasi (1961), Ekonometrik jamiyat (1951). Xalqaro iqtisodiy
assotsiatsiya (1965-1968) prezidenti bo‘lib saylangan. Olim naza-
riyotchi bo'lish bilan birga,
AQSH prezidenti yordamchi, «News
week» jumalida faol ishtirokchi ham edi. Biz bu olimni, asosan, «Eko
nomiks» kitobi muallifi sifatida yaxshi taniymiz. Samuelsonning bu
kitobi dastlab 1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, ho-
ziigi iqtisodiy ta’limotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualliflikda nashr
etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga ag‘darildi.
Samuelson eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunni daromadlar
pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli deb
hisoblaydi. U davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni
va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni
kamaytirish usuli sifatida
qo‘llab-quwatlaydi. «Ekonomiks» asarida tarixiy-iqtisodiy ekskurs
mavjud bo‘lib, XVII asr oxiridagi Maltusning aholi nufusi nazariyasi
eslanadi; A- Smitning «Ko'rinmas qo‘l» haqidagi g‘oyalari tahlil etiladi.
Asarda o‘tgan davrdagi deyarli barcha doktrinalar qarab chiqiladi (bular
to‘g‘risida yuqorida o‘qishingiz mumkin).
Uning fikricha, hozirgi davr iqtisodchilari «neoklassik sintez»ga
erishish uchun samarali kredit-pul va fiskal siyosatni Smit va
Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini
aniqlash bo‘yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish,
ikkala
yondashuvdagi barcha sog‘lom fikrlami jamlashtirishga harakat
qilmoqdalar.
Olim iqtisodiy taraqqiyot omillariga baho berib, uni to‘rtta deb hi
soblaydi:
1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy).
2. Tabiiy resurslar.
3. Kapital.
4. Texnologiyalar.
Olimning bu omillari «taraqqiyotning to'rt g‘ildiragi» deb yuritiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: