‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə130/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

«aralash
iqtisodiyot
»ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal 
qiluvchi o‘rin egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo‘q. 
Keynsning iqtisodiy g'oyalari birinchi navbatda «buyuk inqiroz» ta’siri 
ostida paydo bo‘ldi. 1929-1933-yillardagi bu buyuk inqiroz Amerikani 
larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga (50%)ga qisqardi. 17 mln 
odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana shunday 
sharoitda iqtisodiyotni qutqarishning muhim yo‘li - hukumat xara­
jatlari ekanligi ko‘rsatib berildi.
18.2. Keynchilar va neokeynschilar
J.M.Keyns g‘oyalari uning izdoshlari tomonidan davom ettirildi va 
uch oqimga ajraldi, biz oqimlami keynschilik deb ataymiz.
Keyns ta’limoti, ayniqsa, AQSHda katta shuhrat qozondi. Garvard 
universiteti professorial! E.Xansen (1887-1975), S.Xarris, J.M. Klark- 
laming asarlarida bu g‘oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, 
keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan 
to‘liq qabul qilindi, ammo, masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya 
nazariyasi bilan to‘ldirildi.
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama- 
qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufayli- 
dir. Davlat xarajatlarini o'stirish uchun soliqlami oshirish taklif etiladi, 
ulaming fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq 
sifatida olish, shuningdek, «me’yordagi inflyasiya» ham taklif etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiya- 
sini to‘ldirdilar. Multiplikatorlar ta’siri keyingi qator davrlarda ham 
bo'ladi, ya’ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar.


Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o'sishni 
tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multi plikator prinsipini 
akseleratsiya
prinsipi bilan to‘ldirdilar. Akselerator investisiya o‘sishi- 
ning daromad o'sishiga, ya’ni investisiyadan keyingi va undan oldingi 
daromadlaming farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Multiplikator va akselerator g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning 
uzluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. Uning asosida davlat kapital 
qo‘yilmalari yotadi. Davlat budjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga 
solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiyot o'sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi. 
Davlat tolovlari esa, aksincha inqiroz davrida oshadi va o‘sish davrida 
kamayadi. Shu yo‘l bilan Xansenning fikricha, samarah talab hajmi 
me’yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo'yilmalarini tartibga solish va 
davlat xarajatlarini sharoitga qarab o'zgartirish chegaralari ham 
belgilanadi.
Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asming 40-yillari Keyns 
g‘oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g'oyalarini to'laligicha 
(G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo‘ldi. Ba’zilari 
(F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz deb hisobladilar, 
bundan ko‘ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda davlat yo‘li 
bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy manfaatlariga 
moslashtirish kerak deyiladi. Fransuz olimlari imperativ va indikativ 
rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv xarakterga ega 
(sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi asosiy 
maqsadlami belgilaydi va turli uslublar bilan tadbirkorlami ma’lum 
xatti-harakatlarga yo'naltiradi. Ular faqat davlat sektoridagi koixonalar 
uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya va boshqa bir qancha 
kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo'llaniladi). Uzoq muddatli 
prognozlar va rejalar tuzish keng qo'llanilmoqda (bu haqda to‘laroq 
ma’lumot quyida beriladi).
Keyinchalik yangi keynschilik o‘miga postkeynschilik vujudga keldi. 
Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik 
olimlar A.Eyxner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga 
kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg‘unligi konsepsiyasini 
tanqid qiladilar, Keyns g‘oyalarini dinamik, ya’ni harakatchan nazariya 
deb qaraydilar.
Postkeynschilar o‘z tadqiqotlariga ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, 
masalan, kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. Bu ta’limotda o‘sish


va taqsimot muammolari markaziy o'rinni egallaydi. Ishlab chiqarishda 
o'sish sur’atlari milliy daromadning taqsimotiga bog‘Uq, daromad va 
uning o'sishi esa jamg'armaga, umumiy jamg'arma esa ish haqi va 
foydadan jamg'arilgan jami summaga bog'liq.
Hozirgi davr keynschiligida ikkita tendensiya hukmron hisoblanadi: 
1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog‘liq amerika 
keynschilari; 2) fransuz tadqiqotchilari nomi bilan bog‘liq Yevropa 
keynschilari.
18.3. Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o‘sish 
nazariyalari
50-yillarda keynschilik g'oyalari rivojlantirilib, yangi g‘oyalar ilgari 
surildi. Ulaming asosiy mohiyati iqtisodiy o‘sish sur’atlari doimligini 
ta’minlovchi mexanizmlami aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda 
«multi plikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o‘zi- 
ga xos keynschilikning o'sish nazariyalari, jamg‘arish va iste’mol 
o‘rtasidagi o'zaro bog'lanish xarakteristikalaridan foydalanib, iqtisodiy 
dinamikani modellashtirish yuzaga keldi.
Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o‘sish nazariyalarining asosiy namo­
yandalari Massachuset texnologiya instituti professor Evsey Domar 
(1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890-1978) 
hisoblanadi. Xarrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo'yicha 
ayrim parametrlar, chunonchi, daromadlardagi jamg‘arma hissasi va 
kapital qo‘yilmalaming o‘rtacha samaradorligi uzoq davr mobaynida 
doimiy deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va 
doimiy o'sishga erishish avtomatik ravishda bo‘lmasligi, balki davlatning 
shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol 
ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Domar va Xarrod modellaridagi farq — boshlang‘ich pozisiyalardagi 
ayrim ko'rsatkichlardir. Masalan, Xarrod modelida investitsiya va 
jamg‘armalar tengligi g'oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) 
va ishlab chiqarish quwatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala 
olim shunga ishonchlari komilki, daromad o'sishini ta’minlashda 
investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quwatlarining oshirilishi faoldir. 
Bunda shu narsa ko‘zda tutiladiki, o'sish bandlikka yordam beradi, bu


esa korxonalaming yarim quwat bilan ishlashi va ishsizlikning ol­
dini oladi.
18.4. Keyns g‘oyaIarining hozirgi davrdagi ahamiyati
Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta’limoti inqirozlar, 
urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo'ldi, chunki 
favqulodda holatlar davrida davlatning roli kuchli bo'lishi kerak. Amalda 
esa, ayniqsa, II Jahon urushidan so'ng G ‘arb mamlakatlarini sotsia­
listik orientatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat budjeti 
qarzlari ko'payib, ishsizlik ham o‘sgan, inflatsiya kuchli. Bu ijtimoiy 
ishlami ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. 
Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish tarafdorlari 
ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish (inflatsiyaga olib kela­
di), ya’ni emissiya yo‘li ko'pchilikka oson ko‘rinadi. Bu konsepsiya 
ma’lum davr mobaynida inflatsiya bo‘lmagan holda minemal ishsizlik 
darajasini isbotlashga imkon beradi.
70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqti­
sodiyotga aralashuvi bo'yicha neoliberalizm g'oyalari asosiy bo'lib qoldi, 
chunki bu davrda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari 
doim voqeaga aylanib qoldi. Inflatsiya, davlat budjetining kamomadi, 
ishsizlik tobora kuchaydi. Neoliberallar keynschilami tanqid qilar 
ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning 
kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamay- 
ganligi ular g‘oyalarining sayozligidan dalolat beradi deb hisoblaydilar.
70-80-yillar neoliberal g‘oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini 
egallay boshladi. Ko‘p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya 
qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o'tildi). Buning oqibatida Buyuk 
Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispa- 
niya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 
minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.
Qisqacha xulosalar
1929- 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi awalgi «sof ta’Iimot» 
nazariyotchilarining fikriga qo‘shimcha kiritishni talab etdi. Iqtisodiy 
ta’limotlar tarixida Keyns inqilobi deb nom olgan o‘zgarish ro‘y berdi.


Agar awaUari «bozor iqtisodiyoti barcha muammolami avtomatik 
ravishda hal qiladi» degan g‘oya ustun bo'lsa, Keyns ularga boshqacha 
qarab, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini zarur deb hisobladi. Band­
lik, foiz, milliy daromad, investitsiyalar o'rtasidagi munosabatlar 
o'rganilib, «aralash iqtisodiyot», multiplikator tushunchalari kiritildi. 
Keynschi va Neokeynschilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
qo‘llab, «akselerator koeffitsiyenti»ni qo‘lladilar, unga ko‘ra daromad- 
laming investisiyalarga ta’sirini ko‘rish mumkin. Keynschilikning ayrim 
shakllarida indikativ rejalashtirish ham qo‘llab- quwatlanadi. Ishsizlik 
va inflatsiyani bandlik yo‘li bilan hal etish degan g‘oya ustundir.
Asosiy tushuncha va iboralar
Keyns, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, «Umumiy nazariya...», 
aralash iqtisodiyot, psixologik qonun, bandlik, milliy daromad, inves- 
titsiya, foiz, likvidlik, multiplikator, keynschilik, AQSHdagi keyns­
chilik, akselerator, Fransiya keynschilari, indikativ rejalashtirish.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Keyns ta’limotining mohiyati, «Bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi» asari to‘g‘risida nima bilasiz?
2. Davlat iqtisodiyotga nima uchun aralashuvi kerak?
3. Keyns ta’limotiga qanday shart- sharoitlar asos qilib olingan?
4. Keynsning «psixolok qonuni» nimani anglatadi?
5. Investitsiya, multiplikator koeffitsiyenti nima?
6. Foiz, likvidlikning mohiyati nimada?
7. Davlatning iqtisodiyotga arashuvi doiralari qanday?
8. Amerika va Yevropadagi keynschilik xususiyatlari nima?
9. Domar- Xarrodning iqtisodiy o‘sish nazariyalari nimani bildiradi?
10. Keyns ta’limotining hozirgi davrdagi ahamiyati nimadan iborat?


XIX b о b. NEOLIBERALIZM 
19.1. Neoliberaliznming umumiy xususiyatlari
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘ldi va
XX asming 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va 
amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma’lum 
darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g‘oyasining 
ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol 
aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning 
nisbatan passiv tartibga solishini qo'llaydi. Keynschilik modellarida 
iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyurtma va 
xaridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo‘yicha 
davlat chora- tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning 
o‘ta keng qo‘llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma’lum bo‘lgan 
davlat budjeti kamomadi va inflatsiyaga olib kelishida ko‘rinadi.
Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho 
shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk 
va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo‘lishini qo'llaydilar.
Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va 
Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi 
vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago 
maktabi, uni «monetar maktab» deb ham ataydilar (yetakchi vakillari 
L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi 
vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g'oyalaming taniqli vakillari sifatida iqtisod­
chilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalami keltirish mumkin. Bu olimlar 
o‘sha davrdayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun 
harakat boshladilar. 1938-yiU Parijdagi konferensiyada neoliberalizm­
ning asosiy prinsiplari xalqaro ko‘lamda e’lon qilindi. Bu neoliberallar- 
ning yig'ilishi (forumi) «Lippman kollokviumi» deb ham ataladi. Bu­
ning sababi shuki, o'shayili amerikalik iqtisodchi A. Uolter Lippman 
«Erkin shahar» kitobini e’lon qildi va undagi g'oyalar neoliberal prin-


siplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo'llab-quwatlangan neoliberal 
umumiy prinsiplaming mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin 
raqobat qoidalarini qaytarishga g‘amxo‘rlik qilishlari va ulami barcha 
xo'jalik subyektlari tomonidan bajarilishini ta’minlashlariga ko‘maklashuvi 
so'raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustuvorligi sharti, bitimlar erkinligi va 
bozorlar erkinligi davlat yo'li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, 
falokat va b.) holatlardagina qayta ko‘rilishi mumkin deb hisoblanadi.
19.2. Ijtimoiy bozor xo‘jaligi konsepsiyasi
II Jahon urushidan so‘ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G'arbiy 
Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu 
yerda 1948-yildan boshlab bu g‘oyalar Adenauer-Erxard davlat 
doktrinasi statusiga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis 
nazariyotchilari V.Rebke, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va 
insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishining barcha 
ko'rinishlarini tanqidiga boshchilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari 
Frayburg universitetida 1948-yildan «Ordo» nomli yillik to‘plamni chiqara 
boshladilar, bu jumal barcha davlatlar uchun neoliberalizning nazariy 
minbari rolini o'ynaydi. V.Oyken tomonidan tanlangan «Ordo» so'zi 
yig‘ma bo‘lib. erkin bozor xo‘jaligining «tabiiy tizimi» ma’nosini beruvchi 
mazmunga ega edi. Neoliberalizm G‘aibiy Germaniya doktrinasi «Oyken 
maktabi» ta’siri ostida hatto «Ordoliberalizm» deb atala boshlandi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin