Mo ‘tadil
(muvozanat)
baho talab va taklif nuqtalari kesishgan yerda o‘matiladi
(yuqorida aytildi). Shularga mos ravishda bozorda baholaming o'zgarishi
ro‘y beradi.
Daromadlar
nazariyasida kapitalga foiz, ish haqi maijinalistik nuq
tayi nazardan hal etiladi. Awalgi klassiklaming tovar qiymati sarflan
gan mehnat bilan o'lchanishi qat’iyan rad etiladi.
Foiz stavkasi darajasi
to‘g‘risida fikr yuritilib, foiz kamayishi bilan
insonlar kam jamg‘aradilar (va aksincha) degan xulosa chiqariladi.
Bu qoida keyinchalik uning shogirdi J.M.Keyns tomonidan keng
foydalanildi.
«Talab bahosi» rivojlantirilib, «talabning elastikligi» konsepsiyasi
ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) o'zgarishiga bog‘liqligi
ko‘rsatkichidir. 0 ‘rganilayotgan davr qanchalik kichik bo'lsa, talabning
bahoga ta’siri shunchalik kattadir, davr qanchalik katta bo‘lsa, ishlab
chiqarish xarajatlari (taklif)ning ta’siri asosiydir.
Bundan olim ikkita iqtisodiy qonun borligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi:
1) o‘sib boruvchi foyda va 2) doimiy foyda. Birinchisiga ko‘ra, mehnat
va kapital sarflari hajmi ortishi, odatda, ishlab chiqarishni tashkil etish-
ni mukammallashtirishga olib keladi, mehnat va kapitaldan foydalanish
samaradorligini oshiradi, proporsional (mutanosib) ravishda yuqoriroq
foyda keltiriladi. Ikkinchisiga ko‘ra, mehnat va boshqa xarajatlar mahsulot
hajmini proporsional o‘sishiga olib keladi. Olimning fikricha, real hayotda
bu ikki tendensiya doimo bir-biriga qarama-qarshi turadi.
15.2. J.B.Harkning iqtisodiy ta’limoti
Jon Beyts Klark (1847-1938) maijinalizmning «Amerika maktabi»
vakili bo‘lib, XIX asr oxirida iqtisodiy ta’limotlarda neoklassik yo‘nalish
shakllanishiga muhim hissa qo‘shdi. AQSHda tug‘ilgan bo'lajak olim
keyinchalik Yevropa universitetlarida ta ’lim oldi, Karl Knis
(Germaniyada «Tarixiy maktab» asoschilaridan biri) uning ustozi
bo'lgan. AQSHga qaytgach, o‘qituvchilik qildi. T.Veblen uning qo‘lida
ta’lim olgan. Klark Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasining tashkilotchisi
edi va 1893- 1895-yillarda uning uchinchi prezidenti bo‘lgan.
«Boylik falsafasi» (1886) va «Boylik taqsimoti» (1899) nomli asosiy
asarlarida (ayniqsa, 2-sida) iqtisodiyot fanining uch tabiiy bo‘limlari,
«ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumdorligi to‘g‘risidagi
qonun» masalalarining yoritilishi muhimdir. Klarkning yozishicha,
iqtisodiyot fanining predmeti jamiyatning barcha daromadlarini turli
shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat (ish haqi, foiz, foyda),
bular, o‘z navbatida, mos ravishda «ish bajaiganligi uchun», «kapitalni
berib turgani uchun» va «ish haqi va foizni koordinatsiya qilingani
uchun» olinadi.
«Ijtimoiy daromadlami taqsimlash» ijtimoiy qonun bilan tartibga
solinadi, bu qonun «eng mukammal erkin raqobat»da har bir ishlab
chiqarish omilini u hosil qilgan boylik summasi bilan ta’min etishi
mumkin. Albatta, bu boylik miqdoriy jihatdan inson farovonligini
ta’minlashdagi manbalari cheklanganligi bilan xarakterlanadi. «Har
bir ishlab chiqarish omili» ijtimoiy mahsulotda bevosita ishlab chiqaigan
boylik hissasiga ega.
Klark iqtisodiyotni statika va dinamika qismlariga bo'ladi (mexanika
fani kabi). Awalgi tadqiqotlarda statika qo'llanilgan bo‘lsa, endilikda
tabiiy-dinamik usul taklif etiladi. U iqtisodiyot fanini uch qism
(bo‘lim)ga bo'ladi: 1) boylikning universal hodisalari; 2) ijtimoiy-
iqtisodiy statika (boylik bilan keyin nima bo'lishi to‘g‘risida gap
yuritiladi); 3) ijtimoiy-iqtisodiy dinamika (agar jamiyat faoliyat shakli
va usulini o'zgartiradigan bo‘lsa, bu sharoitda boylik va jamiyatning
farovonligi bilan nima ro‘y berishi haqida fikr yuritiladi).
Klark fikricha, xayoliy statik ijtimoiy ishlab chiqarishga opera-
tsiyalaming o‘zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimo awalgi texnologik
jarayonlarda yaxshi ma’lum boyliklar yaratilaveradi, boylik hajmi bunda
o'smaydi va kamaymaydi. Yer ham bir xil mehnat qurollari yordamida
ishlanadi, o‘sha hosil olinadi, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish
oiganizmi o‘z shaklini o'zgartirmaydi. Demak, bu holatda harakat yopiq
tizimda boradi, iqtisodiyot barqaror va muvozanatda bo'ladi. Klarkning
yozishicha, «iqtisodiy dinamikada» jahonning nonnal boyligi ko'proq
bo‘ladi va ish haqining tabiiy darajasi hozirgidan ancha baland bo'ladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qarshi bo'lgan dinamik shart-
sharoitlar keltiriladi: 1) aholi o‘sishi; 2) kapital o‘sishi;3) ishlab
chiqarish metodlarining yaxshilanishi; 4) sanoat korxonalari shak-
lining o'zgarishi; 5) nisbatan past unumli korxonalar o‘miga nisbatan
yuqori unumli koixonalaming yashovchanligi va boshqalar. Hatto har
bir omil o'zicha jamiyatni dinamik holatda saqlash va ijtimoiy tarkibga
ta’sir etish qudratiga ega bo‘lar ekan.
Klarkning yuqoridagi metodologik g'oyalari keyinchalik N.Kon-
dratev (Rossiya), Y.Shumpeter va boshqa olimlar tomonidan to‘l-
dirilgan.
Ыагк tadqiqotida «eng yuqori unumdorlik qonuni» muhimdir. Bu
qonun erkin raqobat sharoiti, iqtisodiy muvozanat holatida amal qiladi.
Ishlab chiqarish omillari bir xil samaradorlikka ega bo‘lgan sharoitda
eng yuqori unumdorlikning pasayib borishi masalasi marjinal
prinsiplarda qarab chiqiladi.
Kapital bilan ta’minlanganlik o‘zgarmas deb olingan taqdirda,
mehnatinng eng yuqori unumdorligi har bir yangi ishga jalb etilgan
xodim bilan pasayib boradi va aksincha. Xodimlar soni o'zgarmas
boigan holatda mehnatning eng yuqori unumdorligi faqat kapital bilan
ta’minlanganlikning o‘sishi natijasidagina yuqoriroq bo'ladi.
Qimmatni taqsimlashdagi hissalar oxirgi unumdorlikka bog‘liq
bo'ladi, ya’ni foiz kapitalining so‘nggi o‘sishidan hosil bo‘lgan
mahsulot bilan aniqlanadi, ish haqi esa mehnatning ohirgi oshuvidan
hosil bo‘lgan mahsulot bilan belgilanadi.
15.3. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi
Vilfredo Pareto (1848-1923) iqtisodiy ta’limotning neoklassik
yo'nalishini davom ettirgan yirik italyan vakili hisoblanadi, u
marjinalizmning «Lozanna maktabi» ana’nalariga sodiq edi. Bu olimni
iqtisodiyot bilan birga siyosat va sotsiologiya sohalari ham qiziqtirgan,
bu uning yozgan asarlaridan ma’lum. Paretoning asosiy asarlari: ikki
jildli «Siyosiy iqtisod kursi» (1898), «Siyosiy iqtisod ta’limoti» (1906)
va «Umumiy sosiologiya bo‘yicha risola» (1916). Paretoning iqtisodiy
tadqiqotlarida L.Valras, O.Kumo, F.Edtuort va boshqa olimlaming
g‘oyalari ta’siri katta bo‘lgan. 1892-yil L.Valras Lozanna universitetidagi
kafedra mudiriligini V.Paretoga topshiradi va shu dargohda yuqorida
ko'rsatilgan asarlar yaratiladi. V.Pareto V.Valras kabi umumiy iqtisodiy
muvozanat muammolari tadqiqotiga katta ahamiyat berdi. Shu bilan
biiga, Pareto iqtisodiyotda muvozanatning shart-sharoitlari va omillarini
o‘rganishdasifat jihatidan yangi prinsiplami ilgari surib, neoklassik
iqtisodiy g'oyalami yangi «ikkinchi to‘lqini»ni boshlab berdi. Bular
quyidagilarda namoyon boladi.
V.Pareto funksional yondashuv asosida almashuvning birdan bir
sababi naflik (ehtiyoj) degan qoidadan voz kechib, iqtisodiy tizimni
butunligicha izohlashga o‘tdi, bunda talab (iste’mol) va taklifga iqti
sodiyotda muvozanat elementlari sifatida qaraladi. Shu bilan birga,
«sof» iqtisodiy nazariyaga asoslanib, daromadlar tengsizligi ulami
sinflar o'rtasida taqsimlash bilan bog'liqligini inkor etadi.
L.Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat modelida shu muvo-
zanatga erishuvning mezoni naflikning maksimumi (uni hisoblash
mumkin emas) deb hisoblangan bo‘lsa, Paretoda bu mezon boshqa-
siga, ya’ni konkret individning afzal ko'rish nisbati o‘lchovi bahosiga
almashtiriladi.
Pareto naflikning an’anaviy miqdoriy o‘lchashga usullaridan voz
kechib, «ijtimoiy maksimal naflik» tushunchasini izohlab beradi, bu
tushuncha hozirgi davrda «Pareto optimumi» deb nomlanadi. Bu
tushuncha shunday o‘zgarishlarga baho berish uchun foydalaniladiki,
unda barchaning farovonligi yo yaxshilanadi yoki bozoming biror
odam o‘z ahvolini boshqa odamning ahvolini yomonlashtirmasdan
yaxshilay olmaydi.
Bu tovar va resurslarining eng yaxshi taqsimotini xarakterlaydi.
Keyinchalik umumiy bozor muvozanati bozoming Pareto optimal
holati ekanligi isbotlab berildi. Xo‘sh, bu nima degani? Bu bozor
ishtirokchilarining hammasi o‘z foydasi uchun intilib, o‘zaro manfaat
va foydalar muvozanatiga erishishidir. Bunda qoniqish (umumiy foyda
lilik) funksiyasi o‘z maksimumiga yetadi. Boshqacha qilib aytganda,
A. Smit tomonidan ilgari surilgan mashhur «ko'rinmas qo‘l» to‘g‘ri-
sidagi g'oyalar amaliyotda isbotlab berilgan.
Qisqacha xulosalar
XIX
asming 70-yillaridan boshlab iqtisodiy ta’limotlarda prinsi-
pial yangi yo‘nalish — maijinalizm g‘oyalari ustunlik qildi. Awalgi
klassik maktab vakillarining fikrlari keskin tanqidga uchradi, chunki
amaliy iqtisodiyotda o'zgarishlar ro‘y berdi. XX asming boshlarida esa
neoklassik (ya’ni yangi klassik) g'oyalar shakllana boshladi. Bu
maijinalizm g'oyalari rivojining 2-bosqichi deb qaralishi mumkin.
«Siyosiy iqtisod»dan ancha farq qiluvchi «Ekonomiks» tushunchasi
kiritildi va iqtisodiyotga yondashuv keskin o'zgardi.
Neoklassik yo‘nalishning asosiy mafkurachisi A.Marshall hisob
lanadi. U «Ekonomiks» iborasini birinchi bo‘lib muomalaga kiritdi.
Iqtisodiyot fanining asosiy vazifasini «insoniyatning normal hayot
faoliyati to‘g‘risidagi ta’Iimot» deb baholaydi. Klassik maktabning prin-
sipial g‘oyalari himoya qilinadi (erkin baho, raqobat, davlatning iq
tisodiyotga aralashmasligi va b.), ammo unga maijinalistik qoidalar
qo'llaniladi. Qimmat va baho shakllanishi nihoyatda original ravishda
ko'rsatib berilgan, «qaychi tig‘i» effekti muhimdir. Talab va taklif
chiziqlarining kesishgan joyida baho aniqlanishi, «Marshall hochi»
nihoyatda katta ahamiyatga ega va bu qoida hozir ham qo‘llaniladi.
«Iste’mol ortiqchaligi», mo'tadil baho, talabning elastikligi,
to‘g‘risidagi g‘oyalar fundamental ahamiyatga ega. Amerikalik
J.B.Klarkning qarashlarida fanning asosiy predmeti «jamiyatning barcha
daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratishdan iborat» deb
qaraladi. Fanni statika va dinamikaga ajratadi, «eng yuqori (chegara)
mehnat unumdorligi qonuni»ni kiritadi.
Italiyalik V.Pareto iqtisodiyotda umumiy muvozanat muammolari
tadqiqotiga e’tibor beradi. Matematik apparatdan unumli foydalanib,
«befarqlik egri chizig‘i»ni yaratdi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Neoklassika, A. Marshall, «ekonomiks», baho, talab, taklif, talab
elastikligi, «Marshall xochi», «iste’mol ortiqchaligi», J.B. Klark,
«chegaraviy naflik», «eng yuqori unumdorlik», statika va dinamika,
V.Pareto, «befarqlik egri chiziqlari», «Pareto optimumi».
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. A. Marshall bo‘yicha bozor bahosi nima?
2. Baho, talab va taklif o‘rtasidagi bog'lanish qanday?
3. Taklif elastikligi deganda nima tushuniladi?
4. «Marshall xochi»ning mazmunini izohlab bering.
5. Ishlab chiqarish hajmlari o‘sishi va nisbiy ishlab chiqarish
xarajatlari o'rtasidagi bog'lanish nima?
6. Doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlami izohlang.
7. J.B.Klarkning statik va dinamik iqtisodiyot to‘g‘risidagi g‘oyalari
nimani anglatadi?
8. «Eng yuqori unumdorlik qonuni»ning asosiy xususiyatlari.
9. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi mohiyati
nimadan iborat?
10. Naflikni maksimumga yetkazish uchun nima asos qilib olingan?
11. V.Paretoning «befarqlik egri chiziqlari» nimani bildiradi?
12. Pareto optimumini izohlang.
XVI
b о b. IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH
KONSEPSIYALARI. IQTISODIY TA’LIMOTLARDAGI
INSTITUTSIONAL YO‘NALISH
16.1. Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari
XIX
asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo‘lib o‘tgan aniq ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlaming salohiyati
keskin o‘zgardi, ilgari ilg‘or bo'lgan davlatlar 2-o‘rinlarga (Angliya,
Fransiya), nisbatan qoloq bo‘lgan davlatlar esa 1-o‘rinlarga chiqib
olishdi (AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda
erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko'pincha monopolistik
(mono-bir) iqtisodiyotga o'tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi
monopol foyda olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy
ta’sir qila boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo‘llash g‘oyasi
ilgari surildi, bu birinchi AQSHda ro‘y berdi. Keyinchalik (va hozirda)
barcha davlatlar bunday chorani qo'llaydilar.
Antitrest siyosati yo‘li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazoratning
turlicha metod (usul)lari qo'llanila boshlandi. Ana shu usullaming
nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy ta’limotlardagi institutsionalizm yo‘nalishi AQSHda XX
asming 20-30-yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asming
oxirlarida vujudga kelgan (T.Veblenning 1899-yilda chiqqan «Bekorchi
sinflar nazariyasi» asari bilan bog‘liq). Bu yo'nalish nomi (lotincha
«institute») — urf-odat, ko‘rsatma, muassasa so‘zidan olingan (sanoat
va moliya monopoliyalari, korxonalaming yiriklashuvi va boshqalar),
chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan awalgi davr
ta’limotlari bilan izohlash mumkin bo‘lmay qoldi.
Bu ta’Iimot yo'nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat
rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib xizmat qiladi. Bu
tushuncha tagida ijtimoiy hodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya,
kasaba uyushmalari va boshqa muassasalar yotadi, ya’ni jamoat ruhining
namoyon bo'lishi, yurish-turish va o'ylash usulini xalqning ma’lum
gumhlari uchun odatiy, an’anaviy, shuningdek, huquqiy, axloqiy va
boshqa ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalish mafkurachilarining
fikricha, iqtisodiy kategoriyalar bo'lgan xususiy mulk, soliq, pul,
kredit, foyda, savdo va boshqalar jamiyat ruhining paydo bo‘lish
shaklidir. Demak, ular obyektiv iqtisodiy qonunlaming mavjudhgini
to‘la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining evolutsiyasini tahlil etadilar.
Institutsionalizm ma’lum ma’noda neoklassik yo‘nalishga muxolifdir.
Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o‘zini-o‘zi boshqara oladigan
(A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsio
nalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlanishining harakatlantiruvchi
kuchlari moddiy omillar bilan birga, tarixiy kontekstda qaraladigan
ma’naviy, axloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog'liq deb o‘y-
laydilar.
Demak, bu yangi yo‘nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy-
iqtisodiy, shu bilan birga, noiqtisodiy muammolami tahlil etish ilgari
suriladi.
Tarixiy va ijtimoiy muhit omillarining hisobga olinishi tarixiy maktab
bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to'la yakdillik yo‘q. Yangi yo‘nalish
neoklassiklaming maijinalizm g'oyalariga asoslangan matematik va
ekonometrik prinsiplarini keng qo'llaydilar.
Institutsionalizmga xos bo‘lgan uslubiy xususiyatlar quyidagilardir:
1) neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi, ayniqsa, baho
nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik;
2) iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga
intilish yoki fanlararo yondashuv ustuvorligiga ishonch;
3) klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyanish)
yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o'tkazishga
chorlash.
Institutsionalizm evolutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo‘lish mumkin:
1. XX asming 20-30 yillarida institutsionalizmning keng tarqalishi.
Bu davming bosh mafkurachisi
T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.
Kommons (1862-1945), U.MitcheU (1874-1948), J.Gobson (1858-
1940),
U.Gamlltonlar faol himoya qildilar.
2. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafku-
rachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklami izohlab berish bilan
birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan «Yangi kurs» islohotlarini
amalga oshirish bo‘yicha tavsiyanomalami ham ilgari surdilar. Ular
demografiya va antropologiyani o‘rgandilar, ishchilar harakatining
kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50-yfflarda J.M.Klark
«Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi», A.Berli «Mulksiz hoki-
miyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» kitoblarini chop etdilar,
G.Minz o‘zining maqolalarida aksionerlar soni ortishi, kapital
mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini qayd etdi.
3.
60-70-yillarda ijtimoiy-institutsional yo‘nalish, ya’ni neoinsti-
tutsionalizm paydo bo‘ldi. 60-yillardagi institutsionalizm asoslari
amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal
tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-institutsional
yo‘nalish ta’limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom
ettirilgan.
Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlar-
ni industriya rivoji va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘lamoqda-
lar, shuningdek, bu jarayonlaming borishini tushuntirishda jamiyat
ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy-
institutsional yo'nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga keldi.
Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy:
1. Ijtimoiy-psixologik;
2. Ijtimoiy-huquqiy;
3. Empirik yoki konyunktur-statistik oqimni ajratish mumkin.
16.2. T.Veblen g‘oyalari
T.Veblen iqtisodiy jarayonlami shakllangan an’analar sifatida tahlil
etadi. Ana shunday an’anaviy harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga ota-
onalar his-tuyg‘usi, usta instinkti, ya’ni yaxshi ishlashga intilish,
ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning fikricha, dastlabki
instinkt awal oilaga g‘amxo‘rlikda namoyon bo‘ladi, keyinchalik esa
jamiyat va butun insoniyatga bo‘lgan g‘amxo‘rlikka aylanib boradi.
Darvinning tabiiy tanlanish ta’limoti ijtimoiy hodisalarga mexanik
ravishda ko'chiriladi. Insonning ongli harakatiga yetarlicha baho bermas-
dan, odamlaming yurish-turishi g'ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt,
fe’l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. Jamiyat rivoji biologik qonu-
niyatlar bilan bir xil deb qaraladi.
Veblen zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi
bo‘lib hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e’tibor beriladi va unga
barcha ishlab chiqaruvchilar va birinchi navbatda, muhandislar va
ishchilar kiritiladi. Industriya olami mehnat unumdorligini о‘stilish,
ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni
bosh maqsad qilib qo‘yadi. Biznes olami deganda u moliyachilar, trest
tashkilotchilari va tadbirkorlami tushundi. Uningcha, biznes imkoni
boricha yuqori foyda uchun intiladi va shu sababli uni beayov tanqid
qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit nayranglari, turli aksioner
jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to'la bo‘ysundirilgan. Shu sababli
sanoatni biznes ta’siridan «ozod» qilish kerak, deydi u.
Mavjud tizimni o'zgartirish to‘g‘risida gapirib, bu masalani Veblen
ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya
qo‘liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha injener-
texnik xodimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar
ulaming shartlariga ko‘nishga majbur bo‘ladilar. Kapitalizm transfor-
matsiyasi «texniklar kengashi» vositasida bajariladi, intelUgensiyaning
roli birinchi o‘ringa qo‘yiladi, ya’ni biznes olamini injener- texnik
intelligensiya yenga oladi.
Sanoat mutaxassislariga yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning
asosiy maqsadi texnikadan foydalanishni takomillashtirishdir. Demak, ^
Veblen yangi jamiyatni «texnokratik» ko‘z bilan ko‘radi.
16.3. Jon R.Kommons qarashlari
J.Konunons ijtimoiy-huquqiy institutsionalizm yo'nalishining asosiy
vakili hisoblanadi. Uning asosiy g‘oyalari Amerika tred-yunionizm
mafkurasini ifodalaydi. Uning ta’limoti jamoat institutlari faoliyatini
(oila, ishlab chiqarish korporatsiyasi, savdo birlashmalari, tred-yuni-
onlar, davlat va yuridik huquqiy munosabatlar) tadqiq etish bilan bog‘liq.
Kommonsning asosiy g'oyalari
«Kapitalizmning huquqiy asoslari»
(1924), «Institutsional iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi о‘mi»
(1934), «Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi» (1950) asarlarida
o‘z aksini topgan.
Olimning iqtisodiy qarashlari iqtisodiyotda yuqori naf nazariyasi va
yuridik konsepsiyalar to‘g‘risidagi qoidalaming o‘zaro qorishmasidan
iborat.
Kommons kapitalizmda sinflar mavjudligini inkor etadi. Marksizm-
ning sinfiy kurash nazariyasiga «sotsial nizo» (konflikt) ta’limotini
qarshi qo‘yadi, bu nizolar antagonistik xarakterga ega emas. Mutaxa-
ssislar bir-birlari bilan kurashishi emas, hamkorlik qilishlari kerak.
Kommons nazariyasi kapitalizmni islohotlar yo‘li bilan yaxshilash
usulini taklif etadi. Bu esa huquqiy, yuridik me’yorlami takomil-
lashtirish orqali amalga oshiriladi. Ishchi va kapitalist o‘rtasidagi
munosabat jamiyatning teng huquqli a’zolari orasidagi yuridik bitim -
kelishuv hisoblanadi, chunki ular ma’lum qonun-qoidalari asosida
tuziladi. Bu kelishuv ishtirokchilari orasida jamiyatning muhim insti-
tutlari: oila, tadbirkorlar ittifoqi va hatto davlatning o‘zi ham bo'lishi
mumkin. «Kelishuv» uch o‘z ichiga oladi: nizo, o‘zaro ta’sir, yechim.
Yuridik va huquqiy vositalar bilan har qanday ichki qarama-qarshilik,
barcha konfliktlar o‘z yechimini topishi mumkin. Jamiyatda ijtimoiy
qarama-qarshiliklar kuchayishi konfliktlarni yuridik hal qilish
mexanizmining kamchiliklari bilan belgilanadi. U jamoat fikri bilan
hisoblashuvchi va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarishni amalga
oshiradigan hukumat tuzish zarurligiga ishongan. Iqtisodiy islohotlar
doirasida davlatning qonuniy qarorlari jamiyatdagi qarama-qarshilik va
konfliktlarni tugata oladi, bunda ma’muriy kapitalizm bosqichiga o‘tiladi.
Yuqorida keltirilgan T.Veblen va J.Kommonslaming g‘oyalari
amalda, 1929-1933-yillardagi iqtisodiy inqiroz davrida AQSH preziden-
tining «yangi kurs» siyosatida amaliy tasdig‘ini topdi.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |