‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə14/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

«Nikomaxov ahloqi» 
va 
«Siyosat» 
kitoblarida mavjud. 
U: 
«Qul

tirik qurol, qandaydir tirik mulk», -
degan edi. Uning fikricha
jamiyatning quldor va qullarga bo'linishi - tabiiy va qonuniy holat bo‘lib, 
odamlaming tabiatan turli-tumanligidandir. U «haqiqiy boylik» (tabiiy) 
ni tan olgan, uni iste’mol qiymatlarining yig‘indisi deb bilgan va bu 
bilan bog'liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli soha deb bilgan. Quldorlik 
xo‘jaligini mustahkamlash uchun o‘rtacha ta’minlangan quldorlar sinfini 
yuksaltirish kerak, buning uchun davlat tomonidan odil almashinuvni 
ta’minlash zarur. Olim masalani ahloqiy tomondan hal etishga urinsa- 
da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va qiymatning mehnat 
nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlaming almashuv qiymati tovar 
bahosining yaratilish shakli ekanligini tushunib yetdi. K.Marksning 
formulalarini qo‘llaydigan bo‘lsak, T-T munosabati T-P-T ga aylanadi 
va 5 ta «loja» 1 uyga yoki ma’lum miqdordagi pulga tenglashtirilishi mumkin. 
Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengroq va chuqurroq 
anglab etdi. Ammo u tovar ishlab chiqarishining rivojlanmaganligi va 
qiymatni to‘la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir-biri bilan 
solishtirilishi mumkin degan xato xulosalarga keldi. Natural xo'jalik 
tarafdori bo‘lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan 
(talabni qondirishga mo‘ljallangan holat), savdo va sudxo'rlik tabiatga


zid bo'lib, bulami pul qilish san’atiga xos narsa deb bilgan va uni 
xrematistikaga tegishli degan.
Aristotel uchun ideal (bekam-u ko‘st) xo‘jalik - bu uncha katta bo‘l- 
magan dehqonchilik xo'jaligi (unda, albatta, qullar ishlagan) bo‘lib, u 
deyarli keraldi barcha mahsulotni yaratuvchi (natural xo‘jalik) bo'lishi 
shart edi. Ayrim yetishmagan narsalami esa qo'shnilardan «odil almashuv» 
asosida olish kerak. Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan bo‘lib 
iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini berdi va ma’lum darajada ular 
o‘rtasidagi o‘zaro bog'lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan 
ASmitning «Xalqlar boyligi» asaridagi fikrlar hamohangligini ko‘rish, 
qiymat qonunining hosil bo'lishi mexanizmini tushunish mumkin.
Qiymat
iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Tarixan 
uni talqin etishda ikki yo'nalish bor. Birinchi yo'nalishda tovar qiymati 
obyektiv bo‘lib, uning manbayi shu tovami ishlab chiqarish uchun 
sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo'nalishda qiymat tushunchasi 
subyektiv narsa bo‘lib, odamlar tomonidan tovaming foydaliligi boshqa 
biron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi.
Aristotelning g‘oyalarida ikkala yo'nalish kurtaklari mavjud. U qiymat 
qonuni muammosini qo‘yadi, lekin unga to‘la javob topa olmaydi. U 
almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko‘radi. «Nikomaxov 
ahloqi» asarida u shunday fikr yuritadi: 
«Jamiyat ikki vrachdan tashkil
boHmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman, bir xil va teng
bo4maganlardart tashkil topadi. Ana shunday odamlami bir-biriga
tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha
narsalami tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror
narsa bilan o4chanishi kerak. Etikdoiz mahsulotining dehqon mahsulotiga,
dehqon mahsulotining etikdo'z mahsulotiga bo4gan to'gri munosabati,
to'gri tenglamasi topilishi kerak».
Lekin o‘sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. 
Savolga javob izlab u o‘z fikrini shunday davom ettiradi: 
«biz nima uchun
almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening tovarim
kerak»,
degan oddiy qisqacha xulosalaiga keladi. Tovarlaming tengligi 
pul tufayli amalga oshadi, deydi u. Hamma narsa biron narsa bilan 
o‘lchanishi kerak. Bu, awalo, ehtiyoj, u barcha narsani bog‘lovchi 
asos. Ehtiyojni almashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul - 
chaqa paydo bo‘ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm 
g‘oyalari yotadi, ya’ni tovarlaming foydaliligi asosiy o‘ringa chiqadi.
Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama- 
qarshi qo‘yishi xarakterUdir. U o‘ylab topgan «xrematistika» matni


«xrema» so‘zidan olingan bo‘lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel 
iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo‘lgan mah- 
sulotlar (iste’mol qiymatlari) ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
tabiiy xo‘jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik 
va mayda savdo). Bu almashuvni ham o‘z ichiga oladi, ammo zarur 
shaxsiy talab-ehtiyojlami qondirish chegarasidan chiqmasligi кегак. 
Bu faoUyat chegaralari ham tabiiy soha bo‘lib, insonning ongli shaxsiy 
iste’moli doirasida bo‘lishi кегак.
«Ekonomiya»
so‘zi dastlab uy xo'jaligini yuritish san’ati sifatida 
yuzaga kelgan bo‘lsa, keyingi davrda u ko‘proq va asosan «ekonomika» 
ma’nosida qo‘llaniladi va xarajatlami qisqartirish, ma’lum resurslami 
sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu atama ko'proq 
quyidagilami anglatadi:
1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo‘ja- 
ligi (masalan, jahon iqtisodiyoti, 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar).
2. Xalq xo‘jaligining, to‘la ishlab chiqarishning ayrim shart-sharoitlari 
va elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar 
(sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, ta’lim va boshqa­
lar) ni tadqiq etadigan ilmiy soha.
3. Ma’lum iqtisodiy tizimni tashkil etuvchi ishlab chiqarish, taq- 
simot, almashuv, iste’mol jarayonidan tashkil topuvchi odamlar o‘rta- 
sidagi ma’lum tarixiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin