mehnatga dushman bo'lgan. U qul mehnatini to‘g‘ri tashkil etishga
alohida ahamiyat beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan
holda, qullar ishlashga majbur etilgan. Kasallangan ho‘kiz davolangan,
qulni esa «eski arava» sifatida sotib yuborish tavsiya etilgan.
Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo‘layotganligini
ko‘rgan Katon yaylov xo‘jaligini, keyinchalik savdo va sudxo‘rlikni
qo‘llab-quwatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va
uni to‘la ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shgan (xato fikr).
«Yuqori foyda olish uchun yuqori baholar kuni kelishini bamaylixotir
kutish kerak»,
- deydi u.
Dehqonlar qo'lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga
kela boshladi, eridn Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yeisizlandi.
Bu holat yirik yer egalari -
patritsiylar
va dehqon-plebeylar o'rtasidagi
qarama
-qarshilikni
kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka
Grakxlarning
agrar islohotiga sabab bo‘ldi. Ular yersiz yoki kam yerli dehqonlaming
yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya qildilar.
Ammo bu ishni
quldorlik tuzumini saqlagan holda va yirik yer egalarini cheklash yo‘li
bilan hal etmoqchi bo'ldilar. Yer egalarining qo'lidagi yeming bir qismini
kesib va davlat fondidagi yerdan foydalanib,
kam yerli dehqonlardan
ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko‘zda tutilgan, eng muhimi, bu
toifa quldorlaming ishonchli tayanchi bo'lishi kerak edi.
Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo‘yicha, davlat
yeridan foydalanuvchilaming har biri 500 yuger (125 gektar), har
o‘g‘li uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha
yer olish taqiqlangan. Undan ortiq yerlar musodara qilingan va 30
yugerdan bo'linib, kambag‘al fuqarolarga berilgan, lekin bu yemi birovga
sotish man etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga
yirik yer egalari va senat qarshilik qildi. Tiberiy Grakx m.a. 132-yilda
ataylab o‘ldirildi. Gay (ukasi) Grakx m.av. 123-122-yillardabu islohotni
amalga oshirish
uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik
o‘zgarishlami amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80
ming fuqaro yer uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi,
m.av. 111 -yilda davlat yerlarini sotishga yo‘l berildi, yerlar xususiy mulkka
aylandi (m.av. 121-yilda Gay ham jangda halok bo‘lgan).
Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan davrda
rimlik agronomlar
Yüklə
Dostları ilə paylaş: