abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim
iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo'jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi qo‘llab-
quwatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan
Hindistonda «buyumning qiymati»ni «ish kunlari» bilan belgilab,
mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o‘rtasidagi farq
aytilgan, foyda masalasi ko'tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning
iqtisodga aralashuvi qo'llab-quwatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g‘oyalar ancha rivojlangan bo‘Ub, tabiiy huquq
nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli,
xalq boyligi va hukmdorlar mulki o'rtasidagi bog‘lanish, iqtisod va
qonun masalalariga tegib o'tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko‘proq patriarxal shaklda bo‘lsa, antik dunyoda
u klassik ravishda ro‘y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik
xo‘jaligi qo'llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo‘rlik ham qo'llab-
quwatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg'arish)
fiinksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, boylik
jamg‘arish zararli deb hisoblangan. «Ekonomika», «Xrematistika»
tushunchalari kiritilgan, ular bir-biriga qarshi qo‘yilgan, qiymat
kategoriyasi, tovarlaming almashuv tamoyillari (ilk yo‘nalish) keltirilgan,
ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.
Rimda quldorlik yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi
(Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro‘y bergan). Qulchilikka
munosabat o'zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo‘lib qoldi,
dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo‘rlik faoliyati
qo‘llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni, islohotlar
(Grakxlar) yo'li boshlandi.
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato
ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.
Qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy
g‘oyalarda natural xo'jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: