arzon xomashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni qo'llab-quwatlash;
4) import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori)
tariflar; 5) eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag'batlan-
tirish; 6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi
sonining o'sishi. Shak-shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti
sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g‘oyasining
yuragi edi.
Ulaming mohiyati quyidagilardan iborat:
• Tahlil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi
muammolarini o'rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish
muammolari bilan bog‘lab o‘rganish butunlay inkor etiladi;
• Tahlil uslubi sifatida, asosan, empirizm (tajriba)dan foydalaniladi,
bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko‘rinishlarigina ta’riflanib,
iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga olgan ma’lum tizim asosida
tahlil etish istisno etiladi;
• Pulning kashf etilishi insonlaming sun’iy kashfiyoti oqibati deb
hisoblanadi, pulning o‘zi esa aynan boylik deb qaraladi;
• Pul qiymati kelib chiqishini oltin va kumushning «obyektiv (jonli)
tabiati»dan va ulaming mamlakatdagi miqdori bilan belgUanadi;
• Mehnatga taklifning o‘sislii ish haqining yuqori emas, past bo‘lish
zarurati bilan bog‘lanadi;
• Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o‘sishga mamlakat pul
boyligining ko‘payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va
savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon,
ko‘p va sifatli xomashyo hisobiga ro‘y berdi, tayyor mollar esa o‘sha
va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan.
Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada
Angliya yuksak yutuqlami qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb
olsak, u o'zidan 120 marta katta bo'lgan yemi koloniyaga aylantirgan
va undan ustalik bilan foydalangan.
Demak, merkantilizm bo'yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha
pul ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini
davlat hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm
buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo‘ldi va XVI asming
o'rtalarigacha (asosiy oltinlar yig‘ib olinguncha) yashadi.
Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada
Yüklə
Dostları ilə paylaş: