to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX
asming o‘rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish
mnnosabatlarini tadqiq etdilar. Ulaming fikricha, erkin xo‘jalik faoliyatida
shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S. Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma’lum shart bilan) 4
bosqichni ajratadi: 1-bosqich XVII asr oxiri — XVIII asr boshiga to‘g‘ri
keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta’limotining xatolari yoritib beriladi
va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber
bir-biridan bexabar qiy-
matning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning
manbayi va o‘lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish
uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi.
Boylik va farovonlik
muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko‘rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o‘rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va
A.Tyuigolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi.
Sof mahsulot (milliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e’tibomi
mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahUlda ishlab
chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to‘la ajratib qo‘yilgan.
2- bosqich.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to‘g‘ri kelib, A.Smit
asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalarda aks etgan.
3- bosqich.
XIX asming 1-yarmiga to‘g‘ri kelib, fiansiyalik J.B. Sey
va F. Bastiya, inglizlar D. Rikardo, T. Maltus va N. Senior, amerikalik
G. Keri va boshqalar asarlaridagi g‘oyalar bilan bog‘liq.
4- bosqich.
XIX asming 2-yarmiga to‘g‘ri keladi va J.S. Mill g‘oyalarida
o‘z nihoyasiga yetadi. K.Marksga ham shu bosqich vakili sifatida qara
ladi lekin, fikrimizcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. Bu bosqichlaming
xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: