‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


«Pul to‘g‘risida bir necha ogiz so‘z»


səhifə56/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

«Pul to‘g‘risida bir necha ogiz so‘z»
(1682) kitobida u merkantilizmdan butunlay voz kechdi. Boshida u 
faol (aktiv) savdo siyosatini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
qo‘lladi, bu ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam berishi kerak, 
degan fikrda bo‘lgan. U boylik va qashshoqlikka baho berib, bu hayotning 
abadiy va o‘zgarmas, shafqatsiz qonunidir, degan qisqacha xulosaga 
keldi. «
Ba’zi odamlaming boshqasidan ko‘proq qashshoqligi doim bo‘l-
gan va doim bo‘ladi»,
- degan edi u. Ammo Petti ortiqcha zeb-ziynatga 
berilishdan tiyilish zarur deb bilgan.
Merkantilizm nuqtai nazaridan amaliy, aniq masalalami yechish 
borasida u o‘z asarlarida bo‘layotgan voqealami ta’riflashga ko'proq 
o'rin bergan. Ammo iqtisodiy jarayonlami tadqiq qilish davomida 
hodisalaming ichki mohiyatiga kirib bordi, ulami izohlashga urindi, 
iqtisodiyotda tabiiy fan metodlarini qo'lladi, ayniqsa matematikani keng 
tatbiq etdi. U o‘zining tadqiqotlarida ayrim odamlaming fikri, hohishi 
va ehtirosiga oid barcha narsalami chetda qoldirib, iqtisodiy hodisalaming 
salbiy bog‘liqligini ko‘rsatishga intildi. Shu yo‘l bilan u iqtisodiyotda 
ilmiy abstrakt metodni qo‘llashda dastlabki qadamni qo‘ydi. Shunday 
qilib, V.Petti iqtisodiy tahlilda statistik metod, yangi metodologiyani 
qo‘llay boshladi. Shunisi diqqatga sazovorki, V.Petti iqtisodiy 
masalalami yoritganda tabiiy fanlar, ayniqsa tibbiyot, anatomiya 
matnlari va o‘xshatmalaridan ustalik bilan foydalangan. U masalani 
yechish uchun to‘g‘ri yo‘lni topish, «siyosiy jonivor»ning sog‘ligini 
ta’minlash uchun faqat uning anatomiyasini o‘rganish orqali hal 
etish mumkinligini isbotlab berdi. U merkantilistlar kabi iqtisodiy 
tekshirishlami muomala sohasidagi voqealami umumlashtirish bilan 
cheklash mumkin emas degan qisqacha xulosalaiga keldi. U xo'jalikning


asosini ishlab chiqarish jarayoni hal etadi, jamiyat boyliklari moddiy 
ne’matlar yaratish davomida yuzaga keladi, deydi. Savdogarchilikni 
unumsiz kasblar qatoriga qo‘shadi. Pettining fikricha, ular hech qanday 
mahsulot tayyorlamaydilar va faqat qishloq xo'jaligi va sanoat 
mahsulotlarini xuddi insondagi vena va arteriyalaiga o'xshab jamiyat 
tanasidagi qon to‘yintiruvchi sharbatlami taqsimlagandek taqsimlaydilar. 
Ishlab chiqarishni xo'jalikning asosi sifatida o‘rganib, bahoning 
tabiatini, ish haqi va yer rentasi, yer bahosi miqdorini belgilovchi 
sabablarni aniqlashga intildi. V. Pettining pulga bo‘lgan munosabatini 
ко‘rib chiqadigan bo'lsak, u qimmatbaho metall va toshlarni boshqa 
tovarlarga solishtirib, ular aynimaydi va o'zgarmaydi, har yerda va 
har qachon boylik sifatida saqlanadi, degan. Shu sababli bunday 
tovarlami ishlab chiqarish va savdo qilish kerak, chunki bu boshqa 
ishlab chiqarish va savdodan qulayroqdir. Shu bilan birga olim har 
qanday yo‘l bilan oltin va kumush, ya’ni pul to'lashga qarshi edi.
1682-yilda yozilgan «Pul to‘g‘risida bir necha ogjz so‘z» kitobi 32 
ta savol va javob tariqasida Angliyada pul chaqasini qaytadan zarb etish 
masalasiga bag'ishlangan. Bu aslida kichik bir parcha pul nazariyasining 
ustuni edi. Unda Petti merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni 
umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi maxsus tovar deb hisoblaydi. 
Pulning qiymati ham boshqa tovar kabi sarflangan mehnat miqdori 
bilan aniqlanadi, almashuv qiymati esa qimmatbaho metall qazib olishga 
ketgan mehnat sarflari bilan belgilanadi. Eng muhim masala, bu 
mamlakatdagi pulning miqdori, ya’ni muomaladagi pul masalasi edi.
Muomaladagi pulning miqdori tovar-to‘lov oborotlari yoki oxir- 
oqibatda realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ulaming bahosi (to‘g‘ri 
proporsiya) va pulning muomala chastotasi (teskari proporsiya) bilan 
aniqlanadi. 0 ‘sha davrda qimmatli metallardan qilinadigan chaqa pullar 
bank tomonidan chiqariladigan qog‘oz pullar bilan (ma’lum chegarada) 
almashtirilishi mumkin degan to‘g‘ri qisqacha xulosalar chiqariladi.
Uning fikricha, pul inson oiganizmidagi yog‘ga o‘xshaydi, chunki 
yog'ning ortig'i ham, kami ham ziyondir, ya’ni uning me’yorda 
bo'lgani yaxshi.
V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ham e’tibor berdi, bu 
aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat 
iqtisodiyotdan uzoq bo'lishi kerak. Uning fikricha, vrach kasalni 
davolaganda iloji boricha sun’iy dorilardan kamroq foydalangani,


ko‘proq obyektiv omillami ishlatgani ma’qul (davlat aralashuvi zarur 
holda va me’yorda bo‘lgani yaxshi).
V.Petti o‘zining tabiiy baho to‘g‘risidagi ta’Umotida 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin