‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə63/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Qisqacha xulosalar
XVII-XV1I1 asrlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab 
kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g‘oyalar V.Petti 
nomi bilan bog‘liq (buijua inqilobi, manufaktura va savdoning 
rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlaming chegaralanishi, 
mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy 
sharoitlar).
Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi awalgi g'oya — 
merkantilizmdan prinsipial farq qiladi. Agar merkantilizmda boylik­
ning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da 
vujudga keladi deb qaralgan bo'lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida 
vujudga keladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni
erkin tadbirkorlikni, kapitalistlami himoya qildi, xususiy mulkni 
«muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi.
U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlami, ya’ni abstrakt usullami qo‘llab, 
har bir masalaning ichki bog'liqligiga asosiy e’tibomi qaratdi, matematik 
va statistik usullardan keng foydalandi. V.Petti «tabiiy baho» (qiymat), 
«siyosiy baho» tushunchalarini kiiitdi, tovar qiymatining unga sarflangan 
mehnat miqdori bilan o'lchanishi g‘oyasiga, ya’ni qiymatning mehnat 
nazariyasiga asos soldi. «Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir» 
degan fikmi bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida 
tushundi. Ish haqi ishchilaiga tirikchilik uchun zarur bo‘lgan jismoniy 
minimum, ya’ni «yashash, mehnat qilish va ko'payish» uchun kerak 
darajada to'lansa bas, degan g‘oyani ilgari surdi.
Kapitalistlaming foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilaming 
soliq to‘lashlarini zarur deb bildi. Pulning roU va uning mamlakatdagi 
miqdori masalalarini asosan to‘g‘ri hal etdi, ya’ni pul miqdori ishlab


chiqarilgan mahsulot miqdoriga to‘g‘ri, pulning aylanish oborotiga esa 
teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning me’yorda bo‘lishini qo'llab- 
quwatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi 
va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to‘g‘ri 
hal etmadi).
Petti «Siyosiy arifmetika» va boshqa asarlarida statistika, aniqrog‘i 
demografik statistika faniga asos soldi. «AhoU - boylik asosi» masalasini 
to‘g‘ri qo‘ydi. Milliy daromad masalasini qo'ydi va uni qisman hal etdi. 
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber 
ham muhim g'oyalami ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan 
ancha farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. 
Agar Petti ko'proq sanoat va savdoni qo‘llagan bo‘lsa, Buagilber 
asosan qishloq xo‘jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muhim 
xulosalarlarini chiqardi.
Qiymatni aynan iste’mol qiymati shaklida tushundi. «Proporsional 
baholar» tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baholami 
qo‘lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to‘g‘ri tushuntirib berdi, 
pulga salbiy munosabatda bo‘ldi, oltin va kumushlami yovuzlik sababi 
deb bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo'llab-quwatladi, 
sanoat va savdoga kam e’tibor qildi.
Buagilbeming iqtisodiy islohotlari bo'yicha takliflari o‘z davri uchun 
nihoyatda ahamiyatlidir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin