Maltusning «Nufus nazariyasi» XIX asrda juda keng tarqaldi va
mashhur bo‘lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltus-
chilar G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning «ikki
progressiya» to‘g‘risidagi dastlabki qarashlarini biroz o'zgartirib,
«aholining qarib borishi», «aholining eng maqbul miqdori», «qimmatli»
va «arzon» kishilar kabi turli-tuman g'oyalami ilgari surmoqdalar. Bu
konsepsiyalarda ilmiy-texnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni
muhofaza qilish bahonasi bilan, Yer kurrasida «ortiqcha» odamlar
ko'payib ketdi, deb ulaming sonini turli yo‘llar bilan kamaytirish
rejalari taklif qilindi.
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istiqomat
qilmoqda (1945-yilda aholi soni 2,5 mlrd. edi) va bu ko‘rsatkich tobora
ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam
rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o'sish tez bo‘lib, aholining 75 foizi
shu davlatlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi
hozirda ham nihoyatda dolzarbdir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: