sarfinigina emas, balki shu xizmatdan foyda keltiruvchi har qanday
harakat, faoliyat va kuch tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bo'lib
qoladiki, qimmat yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas,
balki kapitalist va yer egalari ham katta «xizmat» ko'rsatadilar. Kapi
talistning «xizmati» unga foiz olish imkoniyatini berishini F.Bastia
shunda ko‘radiki, kapitahst kapitalni avans yoki ssuda tarzida sarflab,
iste’molni orqaga suradi va uni kapitalistning «qurboni» deb hisoblaydi.
Bu yuqorida biz keltirgan Senioming tiyilish nazariyasining o‘zidir.
«Tiyilish» so‘zi o‘miga «orqaga surish» so‘zi qo'yilgan, xolos.
Mehnat va kapital o‘rtasidagi uyg'unlik, ya’ni garmoniyani yanada
to‘laroq isbotlash maqsadida Bastia o‘zining kapital jamg'arilishi
«qonuni»ni yaratdi va unda Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga
qarama-qarshi ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotini
inkor etishga harakat
qildi. F.Bastianing bu «qonuni»ga ko'ra, mehnat va kapital manfaatlari
oliy darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining
maoshi bir vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto ishchilaming
hissasi kapitalistlamikidan tezroq o‘sar ekan, demak, oqibatda kapita
listning foydasi nisbatan kamayadi. U bu fikmi isbotlashga urinib ham
o‘tirmaydi. Uningcha, foyda normasi va kapitalistlaming milliy daro-
maddagi hissasi masalalarini qorishtirib yuborgan.
Foyda normasining
pasayib borish tendensiyasi ishchilami ekspluatatsiya qilishning
kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak kapitalistlaming milliy
daromaddagi hissasi ham oshib borishini kutish mumkin.
F.Bastia o‘zining bu nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer egalari
o'rtasidagi qarama-qarshilildami hal etadi.
U yer rentasini yer
egasining yoki uning ota-bobolarining shu yemi ishlash va yaxshilash
xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib, kapital
va yer egaligi o‘rtasidagi uyg‘unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi
yerga qo‘yilgan kapital foizining bir ko‘rinishiga aylantiriladi. Bunday
izohlash yer rentasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatini
inkor etadi. uning foydadan hech qanday farqi qolmaydi. Ishlanmagan
yerlardan olinadigan renta umuman bu sxemaga mos kelmaydi.
Demak, Bastianing izohi bo'yicha o‘sha
davrdagi burjua jamiyati
turli sinflar o'rtasidagi o‘z xizmatlari bilan almashib turuvchi
«uyg'unlashgan hamkorlik» jamiyati tarzida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy
erkinlik bu xizmatlar almashuvining ekvivalentligining garovi
hisoblanadi, chunki bu yerkinlik nomutanosib harakatlaming oldini
oladi. Proteksionizmni cheklanmagan erkin raqobat bilan almashtirish
esa sotsialistlaming jamiyatni mukammalroq
iqtisodiy jamiyatga
aylantirish to‘g‘risidagi chaqiriqlariga qarama-qarshi qo'yiladi.
1775-85-yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya
o'rtasidagi kurashda qozonilgan g‘alaba tufayU AQSH davlati vujudga
keldi. Hokimiyat tepasiga yangi sinf - buijuaziya o‘tirdi. AQSH bur-
juaziyasi ingliz buijuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQSHdagi
hukmron sinf 1865-yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz siyosiy
iqtisodiga zid ravishda o‘z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor edi. Biroq
AQSHda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi. Buning sa-
babi shuki, XIX asming 20-30-yillarida
AQSHda kapitalizmning
nisbatan tez rivojlanishi ishchilar harakatining vujudga kelishiga va tez
o‘sishiga olib keldi.
Ayni vaqtda ish tashlashlar bo‘lib turdi. Siyosiy kurashning keskin-
lashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan tashqari
klassik siyosiy iqtisod AQSHda qulchilikning saqlanib qolishini tanqid
qilar edi. Shu sababli AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr
klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g'oyalar Genii Charlz Keri (1793-
1879) tadqiqotlarida o‘z aksini topdi.
Yirik noshiming o‘g‘U bo‘lgan G.Keri kommersiya sohasida katta
yutuqlarga erishdi.Yirik fabrikantga aylanib, iqtisodiy tadqiqotlarga ki-
rishdi.
1837-40-yillarda
uning
Yüklə
Dostları ilə paylaş: