‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


səhifə97/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

Qisqacha xulosalar
Klassik maktab rivojining bu bosqichida D.Rikardo, J.B. Sey, 
T. Maltus va boshqalaming g‘oyalari muhimdir.
Rikardo Smitdan keyin yashaganligi sababU fabrikaning ahamiyatini 
to‘g‘ri tushundi. Klassik g‘oyalami to‘la qo'llagan holda, uning o‘ziga 
xos fikrlari mavjud. Masalan, renta nazariyasi hoziigacha ahamiyatini 
yo‘qotmagan. Uning mehnat taqsimoti va tashqi iqtisodiy aloqalar 
g‘oyasi nisbiy afzallik prinsipiga asoslanadi. Savdoda fritrederlik qo‘l- 
lab-quwatlanadi, «Sey qonuni»ni ma’qullaydi.
Bu davrdagi iqtisodiy qarashlarda J.B.Sey alohida o‘rin egallaydi, 
uning «bozorlar qonuni» deyarli bir asr hukmronlik qildi, uning 
ishlab chiqarishni uch asosiy omillari hozirgacha ahamiyatini 
yo‘qotmagan.
T.Maltusning «aholi nufusi nazariyasi», arifmetik (tirikchilik 
ne’matlari o‘sishi) va geometrik (aholi soni) progressiyalari, «tuproq 
unumdorUgi pasayib borish qonuni» katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. 
Maltusga xos xususiyat shuki, u inqirozlar bo‘lishini tan oladi, ammo 
ular vaqtincha bo‘lishini ko‘rsatadi.
Senioming «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalari sohibkorlar 
(kapital egalari) va mehnatkashlar o‘rtasida hech qanday ziddiyat 
yo‘q degan muammoni yechishga bag'ishlangan. Xuddi shunday fikrlar 
fransuz Bastia va amerikalik Keriga tegishli, ular iqtisodiyotda to‘liq 
uyg'unlik mavjud degan g‘oyalami ko‘tarib chiqadilar.
Asosiy tushuncha va iboralar
Rikardo, nisbiy afzallikprinsipi, differensial renta, fritrederlik, Sey, 
«bozorlar qonuni», ishlab chiqarishning uch asosiy omili, foydalilik, 
Maltus, arifmetik va geometrik progressiya, «aholi nufusi nazariyasi», 
tuproq unumdorligi pasayishi qonuni, inqirozlar, senior, tiyilish, 
so'nggi soat nazariyalari, Bastiya, Keri, iqtisodiy uyg‘unlik.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. D.Rikardoning asosiy asaridagi iqtisodiy g‘oyalar nimadan iborat?


2. Nima uchun Rikardo fabrika davrining mafkurachisi deb 
hisoblanadi.
3.Nisbiy afzallikprinsipi nimani anglatadi?
4. «Proteksionizm» va «Fritrederlik»ning o‘zaro farqi nimada?
5. J.B.Seyning asosiy qonuni nimani bildiradi? Izohlab bering.
6. Seyning fikricha, inqirozlar bo'lishi mumkinmi?
7. T.Maltusning «ahoU nufusi nazariyasi»dagi asosiy g‘oya nima?
8. «Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni» oqibatlari qanday 
bo'lishi mumkin?
9. Nima uchun «Uchinchi shaxslar nazariyasi» vujudga keldi?
10. Senioming «tiyilish» va «so‘nggi soat» nazariyalarining mohiyatini 
ochib bering.
11. Bastia va Kerining iqtisodiy uyg'unlik g‘oyalarida qanday 
umumiyliklar bor?



Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin